Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
Download 244 Kb.
|
Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sub’ektiv tomonning zaruriy elementi
(O‘zR JK 191-moddasi)
Jinoyat ob’ekti – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning davlat tomonidan belgilangan shartlari va tartibini, xususan, ularga turli shaxslarning g‘ayriqonuniy ta’sir qilishi, birinchi navbatda, jinoyatlar sodir etish uchun qonuniy faoliyatga qonunga xilof ravishda kirishdan muhofaza qilish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning bevosita ob’ekti sir tutiladigan axborotni muhofaza qilish yo‘li bilan tadbirkorlar o‘rtasida normal raqobat kurashini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyat predmeti sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotdir. Sir tutiladigan axborot deganda, egasining ruxsatisiz oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan turli xususiyatdagi axborotlar tushuniladi. JK 191-moddasi 1-qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan axborot har qanday usulda to‘plangan paytdan e’tiboran jinoyat tamom bo‘lgan, deb topiladi. Jinoyat tarkibi formal: qandaydir oqibatlar paydo bo‘lishidan qat’i nazar, sir tutilayotgan axborotni to‘plash bo‘yicha harakatlarning o‘zi jazoga sazovor. Sub’ektiv tomondan sir tutiladigan axborotlarni to‘plash – bu to‘g‘ri qasddan sodir etiladigan jinoyatdir. Aybdor u to‘playotgan axborot uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga egaligini, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligini hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko‘rganligini biladi. Sub’ektiv tomonning zaruriy elementi mazkur jinoyatni sodir etish maqsadi – sir tutiladigan axborotni oshkor etish yoxud mazkur axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanish hisoblanadi. Jinoyat motivlari turlichadir. Bu axborot egasiga zarar etkazish istagi bilan bog‘liq bo‘lgan g‘araz, hasad yoki o‘ch olish bo‘lishi mumkin. Jinoyat sub’ekti – o‘n olti yoshga to‘lgan, sir tutiladigan axborot egasi bo‘lmagan va uni kasbiy yoki xizmat faoliyati bo‘yicha tarqatish yoxud undan foydalanishi mumkin bo‘lmagan har qanday aqli raso shaxs. Download 244 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling