Xo'jalik hisobi to'g'risida umumiy tushuncha va unga qo'yiladigan talablar. Хўжалик фаолияти


Download 0.55 Mb.
bet13/37
Sana12.08.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1666640
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Bog'liq
buxgalteriya javoblar

Uchinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga va passiviga ham ta’sir etib, ular summasini ko’paytirib yuboradi.
Тo’rtinchisi, shunday xo’jalik operatsiyalari sodir bo’ladiki, ular balansning aktiviga ham passiviga ham ta’sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi. Balansga ta’sir qiladigan bunday o’zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Хo’jalik faoliyatiny amalga oshirishda xo’jalik mablag’lari tarkibi va hajmi sodir bo’layotgan operatsiyalar ta’sirida uzluksiz o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar balansga, albatta, ta’sir etadi.
24.Xo'jalik sub'ektlarida bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari hamda etikasi
Xo’jalik sub’ektlarida bosh buxgalterning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari. Korxona buxgalteriyasi tarkibiga kiradigan bo‘limlarda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar bosh buxgalterga buysunadi. Uchyot ishlarini bajarish bo‘yicha bosh buxgalterni topshirig‘ini, buyrug‘ini buxgalteriyani barcha xodimlari bajarishga majburdirlar. Amaldagi qonunchilikka zid tarzda tuzilgan birlamchi hujjatlarni bosh buxgalter qabul qilmaydi. Agarda qonunga zid bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobda aks etish to‘g‘risida korxona rahbari yozma ko‘rsatma bersa, bosh buxgalter buni bajarishga majbur. Lekin qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan muddatlarda yuqori tashkilotga yoki davlatning tegishli nazorat idoralariga xabar berishi kerak. Bunda amalga oshirilgan operatsiyalarni noqonuniyligiga javobgarlik korxona rahbariga yuklatiladi.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari xizmat vazifasini umuman yoki sidqi dildan bajarmagan taqdirda harakatdagi qonunlar doirasida javobgardir. Jumladan:


Buxgalteriya hisobini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan soliq siyosati talablarini bajarmaslik, yoki, daromadlarni, xarajatlarni va soliq obyektlarini hisobga olishda yo‘l qo‘ygan xatoliklari uchun soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar;
Buxgalteriya hisobini olib borishda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan idoralar talabidan bo’y egganda hamda moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yganda yoki hisobotlarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda taqdim etmaganda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar;
Buxgalteriya hisobi xizmati rahbari ishdan ozod etilganda, buxgalteriya hisobiga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar yig‘ma jildlarini yangi tayinlangan bosh buxgalterga, yoki korxona rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan xodimga dalolatnoma bilan topshiradi.
1 Xo’jalik yurituvchi sub’ekt uzluksiz ishlaydigan. ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan sub’ekt deb hisoblanadi. Uning o’z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko’lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo’q deb taxmin qilinadi.
2 О‘zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risidagi Qonunning 4-moddasi.
3 O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2000 yil, 7-son, 42-modda (mazkur NizomgaO’zR VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan).
4 Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risidagi Nizom (mazkur Nizomga O’zR VM 28.08.2002 y. 305-son Qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan).
5 Qat’iy hisobdagi blanklarning yo’qotilishi va kamomadini hisobga olish Adliya vazirligida 23.07.2001 y., 1054-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan va Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001 yil 20 iyundagi 56, 2001-38, 4/1-son qarori bilan tasdiqlangan Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
6 Mazkur Standartga O’zR AV 20.11.2002 y. 486-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MV Buyrug’iga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling