Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilini tashkil etish va uning oldiga qo’yilgan vazifalar
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
Download 1.79 Mb.
|
hisobot
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi.
Asosiy vositalar - deb, o'zining tabiiy ko'rinishini uzoq muddatv saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o'z qiymatini o'tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga l-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo'ladigan, natural ko'rinishini o'zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo'ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlami asosiy vositalar qatoriga o'tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BXMS) asosida tartibga solinadi. Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo'linadi: 1. Sanoat 2. Qishloq xo'jaligi 3. Transport 4. Aloqa 5. Qurilish 6. Savdo va hokazolar Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: I. Yer va uni obodonlashtirish ll. Binolar Ill. Inshootlar N. Uzatuvchi moslamalar V. Mashina va asbob-uskunalar Shu jumladan: a) kuch mashinalari va asbob-uskunalar; b) ish mashinalari va asbob-uskunalar; d) o'lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya asbob-uskunalari; e) hisoblash texnikasi; d) boshqa mashina va asbob-uskunalar; VI. Transport vositalari VII. Instrumentlar VIII. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari IX. Xo'jalik inventarlari X. Ish va mahsuldor hayvonlar XI. Ko'p yillik o'simliklar XII. Yer holatini yaxshilash bo'yicha kapital sarflar (inshootlardan tashqari) XIII. Boshqa asosiy vositalar Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17- moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doirniy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo'lishlari mumkin». Yeming qiymatiga uni xarid qilishda ko'chmas mulk agentliklariga to'lanadigan kornission to'lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to'lovlari, drenaj qiymati, yemi tozalash va boshqa xarajatlar qo'shiladi. Yerni obodonlashtirish bo'yicha kapital sarflar tarkibiga yeming unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to'xtash joylarini barpo etish hamda shunga o'xshash boshqa xarajatlar kiradi. ImoratIar hamda binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binolari, omborxonalar, turar joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma'muriy-xo'jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi obyektlar, shuningdek, ulardan to'g'ri foydalanish uchun zarur bo'lgan jarni kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta'rninoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo'jaligi) kiradi. Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o'zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umurniy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan obyektlar (neft va gaz quduqJari, shaxta yo'llari, avtomobil yo'llari, ko'priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi. Uzatuvchi moslamalarga mashina-dvigateldan ish mashinalariga elektr, issiqJik, mexanik energiyani uzatishga, shuningdek, suyuq va gazsimon moddalarni bir obyektdan boshqa obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan qurilmalar (elektr uzatish yo'llari, quvur yo'llari, issiqlikva gaz tarmog'i hamda boshqalar) kiradi. Mashina va jihoziar asosiy vositalarning eng asosiy turi hisoblanadi va o'z navbatida quyidagi guruhlardan tarkib topadi: - kuch mashina va jihozlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan yoki uni mexanik harakat energiyasiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel mashinalar (qozonxonalar, bug' dvigatellari, turbinalar, kuch transformatorIari va boshqalar)dir; - ish mashinalari va jihozlari mehnat predmetlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo'sinda texnologik ishlov berishga, ulami ishlab chiqarish jarayonida qo' zg' atish, qazib oIish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan qurilmalar (stanoklar, apparatlar, agregatlar)dir; - o'lchov va rostlash asboblari hamda qurilmalari va laboratoriya jihozlari foydalaniladigan texnika ishidagi turli parametr (ko'rsatkich)lami o'Ichash, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta'siri va boshqalarni o'Ichashda ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherIik nazorati va boshqalar kiradi; - hisoblash texnikasi ma'lumotlarni elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlaydigan vositalardir. Ularga kompyuterlar, printerlar va boshqa kompyuter vositalari kiradi; - boshqa mashina va jihozlarga yuqorida sanab o'tilmagan mashina va jihozlar (o't o'chirish va boshqa maxsus mashinalar) kiradi. Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo'ljallangan harakat vositalari (temiryo'I, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo'lIari)dir. Asbob va uskunalar qo'l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektrodrellar, vibratorlar)dir. Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengiIlashtirishda ishlatiladi. U1arning tarkibiga bak:, konteyner, inventor idishlari kiradi. Xo'jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo'jalikni yuritishda zarur bo'lgan mehnat vositalaridir. Ish hayvonlari va mahsuldor chorva har bir yetilgan mol (ot, ho'kiz, sigir)lar bo'lib, alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks ettiriladi. Ko'p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog'dagi miqdori va yoshidan qat'i nazar ekilgan daraxtlar guruhidir. Boshqa asosiy vositalarga kutubxona vositalari, ijaraga oIingan asosiy vositalar, konservatsiyadagi asosiy vositalar va boshqalar kiradi. ASOSIY VOSITALARNING BAHOLANISHI VA HISOB VAZIFALARI Asosiy vositalar harakatdagi, zaxiradagi va foydalanilrnaydigan obyektlarga u yoki bu korxonaga qarashliligi nuqtayi nazaridan korxonaning o'ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarda bo'ladi. Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo'lib ularni baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar to'rt xii baholanadi: (5-BHMA 11-14-bandlari). 1. Dastlabki qiyrnati. 2. Tiklash qiyrnati. 3. Qoldiq qiyrnati. 4. Tugatish qiyrnati. Obyektlarning dastlabki qiymati - bu asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish boyicha qilingan haqiqiy xarajatlar yig'indisidir. Bunga to'langan soliqlar, to'lovlar, keltirish va rnontaj qilish, o'matish, foydalanishga topshirish va boshqa xarajatlar kiradi. Tiklash qiymati - asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish qiyrnatidan, ya'ni ularni rna'lum rnuddatga harakatdagi bozar baholari bo'yicha qurish yoki sotib olishdan iborat. Asosiy vositalarning qoldiq qiymati - ularning dastlabki qiyrnatidan eskirish sumrnasining ayirrnasiga teng. Tugatish qiymati - asosiy vositalarning foydali xizmat muddati oxirida - tugatilishi natijasida tugatish bilan bog'liq bo'lgan, kutilayotgan xarajatlami chiqarib tashlagandan so'ng olinadigan aktivlarning taxririy qiymati. Asosiy vositalar bo'yicha buxgaJteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: a) asosiy vositalarning harakati bilan bog'liq operatsiyalarni to'g'ri va o'z vaqtida rasrniylashtirish hamda tegishli hisob registrlarida umurnlashtirish; b) asosiy vositalarning eskirishi va arnortizatsiya sumrnalarini to'g'ri hisoblash; d) asosiy vositalarning ta'mir mablag'laridan to'g'ri va oqilona foydalanishni nazorat qilish; e) asosiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish; f) asosiy vositalarning xavfsizligini saqlashni nazorat qilish; g) ishlab chiqarish quvvatlaridan to'la foydalanish hisobiga mahsulot ishlab chiqarishni oshirishning ichki zaxiralarini aniqlash. Asosiy vositalaming harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: OS-I shakl. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. OS-2 shakl. Ta'mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan obyektlaming qabu1 qilish-topshirish dalolatnomasi. 0S-3 shakl. Asosiy vositalami tugatish to'g'risidagi dalolatnoma. OS-4 shakl. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi. OS-6 shakl. Asosiy vositalarni hisobga olishning inventor kartochkasi. 0S-7 shakl. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi ro'yxati. OS-8 shakl. Asosiy vositalarning harakatini hisobga olish kartochkasi. 0S-9 shakl. Asosiy vositalaming inventar ro'yxati. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling