Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilini tashkil etish va uning oldiga qo’yilgan vazifalar


Download 1.79 Mb.
bet5/13
Sana09.01.2022
Hajmi1.79 Mb.
#264655
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
hisobot

Mehnat va ish haqi hisobi.

Hozirgi xo'jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko'tarish, ijtirnoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o'sib borish, xalq xo'jaligini jadal rivojlantirish yo'li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o'stirishdan iborat.

Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonini o'zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, korxonaning har bir xodirni bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Ish vaqtining to'g'ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.

2. Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o'z vaqtida va to'g'ri aks ettirish.

3. Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o'rtasida to'g'ri taqsimlash.

4. Ish haqi va mehnatga haq to'lashning ilg'or usullarini amalga oshirish.

5. Mehnatga haq to'lash fondining to'g'ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.

Xodirnlar bajaradigan ish turlariga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:

1. Ishchilar.

2. Xizmatchilar.

Xizmatchilar o'z navbatida quyidagi darajalarga bo'linadi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqalar.

Ishchilar tarkibiga moddiy ne'rnatlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko'chirish, yo'lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko'rsatish bilan band bo'lgan xodirnlar kiradi. Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodirnlar taalluqlidir.

Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo'linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodirnlar (direktor, uning o'rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.

Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo'lgan xodimlar kiradi.

Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlami tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo'jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabe1chilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.

MEHNAT HAQI HISOBINI HUJJATLARDA RASMIYLASHTIRISH

Xodimlarning ishga kelishi va sarflanishi ish vaqtini to'g'ri hisobga olish, mehnat intizomini mustahkmlashda muhim ahamiyatga ega. Ish kunining necha soat davom etishi korxona ma'muriyati tomonidan kasaba uyusbmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Sarflangan vaqt hisobi tabel asosida yuritiladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat haqi bo'yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarda ko'rsatib boriladi.

Hisob davri boshlanishi oldidan o'tgan oydagi tabeldan xodimning ismi sharifi ko'chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi.

Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki usulda amalga oshiriladi:

1. Barcha ishga chiqqan, kechikkan, biror sababga ko'ra ishga chiqmaganlar to'liq ro'yxatga olib boriladi.

2. Tabelda faqat kechikkaniar, ishga chiqmaganlai- ro'yxatga olinadi.

Har bir xodirnning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga ko'ra, ya'ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel bo'lim yoki sex boshlig'i tomonidan imzolanadi, so'ngra tabelchi tomonidan buxgalteriyaga ish haqini hisoblash uchun topshiriladi.

Mehnat va ish haqini hisoblash bo'yicha rasmiylashtiriladigan boshlang'ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo'limiga topshiriladi. U buxgalteriya xodirnlari tomonidan tekshiriladi, so'ngra qayta ishlash uchun mashina hisoblash byurosiga yoki mashina hisoblash stansiyalariga yuboriladi.

Boshlang'ich hujjatlarni qayta ishlash deyilganda ishchining bajargan ishini ishbay narxiga ko'paytirish yo'li bilan ish haqini hisoblash tushuniladi.

Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar bo'yicha guruhlanadi va ishchining ish haqi uning shaxsiy schyoti yoki varaqalariga yozib boriladi.

Ish haqi va boshqa hisob ishlari hisoblash mashinalari yordamida bajarilgan korxonalarda qayta ishlangan boshlang'ich hujjatJardagi ma'lumotlar asosida quyidagilar tuziladi:

1. Hisoblash vedomosti.

2. Hisoblangan ish haqini ishlab chiqarish schyotlari va xarajat moddalari o'rtasida taqsimlash vedomosti.

3. Ish haqi sarfi bo'yicha me'yordan chetga chiqish vedomosti va boshqalar.

6710-«Mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining analitik hisobi har bir xodim bo'yicha ayrim ochilgan shaxsiy schyotda yuritiladi va kategoriyalari hamda ishlagan joylari yuzasidan guruhlashtirilib boriladi.

Mehnatga haq to'lash bo'yicha quyidagi dastlabki hujjatlar to'lg'aziladi:

T-l shakli - «Ishga qabul qilish to'g'risida buyruq».

Unda xodirnning kasbi, mansab va ish haqi ko'rsatilib, kadrlar bo'limida bir nusxada to'lg'aziladi va mehnat daftarchasiga qayd qilinadi.

T-2 shakli - «Xodimning shaxsiy varaqasi».

Kadrlar bo'limi tomonidan har bir xodirnga ayrim to'ldiriladi va xodirn tomonidan imzo bilan tasdiqlanib keyingi o'zgarishlar kiritilib boriladi.

T-3 shakli - «Boshqa ishga o'tkazilganligi to'g'risida buyruq».

Xodimlar korxona ichida boshqa ishga o'tkazilganda ikki nusxada to'lg'azib 1-nusxasi kadrlar bo'limida, 2-nusxasi buxgalteriyada saqlanadi.

T-6 shakli - «Ta'til berish to'g'risida yozuv».

Har yilda va boshqa sabablar bilan ta'tilga chiqarishda qo'llaniladi va buxgalteriyaga ta'til haqini hisoblashga asos bo'ladi. Agarda haq to'lanmaydigan ta'tilga chiqarilsa, buxgalteriya tomonidan xodimga haq hisoblanmaydi.

T-8 shakli - «Mehnat shartnomasi tugatilganligi to'g'risida buyruq».

Bu buyruq xodimlar ishdan bo'shatilganda bir nusxada yozilib, unga asosan kadrlar bo'limi mehnat daftarchasiga ko'chiradi va buxgalteriya hisob-kitob qiladi.

T-12 shakli - «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish va ish haqi hisoblash tabeli».

Bu xodirnlaming ishga kelishini be1gilaydi va shunga asosan ish haqi hisoblanadi.

T-13 shakli - «Ish vaqtini hisoblash tabeli».

Bunda faqat xodimlaming ishga kelishi belgilanib boriladi. Bulaming hammasi mas'ul shaxslar tomonidan imzolanib, buxgalteriyaga topshiriladi.

ISHCHI VA XIZMATCHILAR BILAN HISOB-KITOBNING SINTETIK VA ANALITIK HISOBI

Ish haqi va ishlab chiqarish hisobi bo'yicha ishlab chiqarish sexiari, bo'linmalarida rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaga topshiriladi va ular qayta ishlangandan so'ng xodimlar toifalari va tabel raqamlari bo'yicha guruhlanadi. Guruhlangan hujjatlardagi ma'lumotlar ishchi yoki xodirnning ish haqini hisoblash shaxsiy varaqasiga yozib boriladi. Keyinchalik o'sha varaqdagi ma'lumotlardan ish haqini hisoblash vedomostida foydalaniladi. Bu vedomostda ishchi va xizmatchilarga ish haqi va undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Vedomost har bir sex bo'linmalaridagi xodimlaming toifalari bo'yicha alohida tuziladi.

Hisobot oyining birinchi yannida ish haqining ma'lum qismi bo'nak tariqasida beriladi. Ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarilgan mahsulot soni, sifati, ishchining ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan ish haqi, ushlab qolingan soliqlar hamda berilishi lozim bo'lgan ish haqi miqdori ko'rsatiladi. Ayrim korxonalarda esa aksincha, ish haqini hisoblash vedomosti bilan to'lov vedomosti alohida hisob registrlarida hisoblanib, bunday vaqtJarda to'lov vedomostidan ish haqi to'lashda foydalaniladi.

Ish haqini hisoblash - to'lov vedomosti korxonalarida avvaldan tayyorlanib qo'yiladi. Buning uchun ish haqini hisoblash byurosi operatorlari vedomostida xodimlaming ismi-shariflarini, razryadlarini, tabel raqamlarini va boshqama'lumotlarni qayd qiladi. Hisobot oyi tugashi bilan ish haqi hujjatlar asosida hisoblanib, vedomostga yoziladi.

Korxona ro'yxatidagi va ro'yxatda bo'lmagan xodimlarga mehnat haqi hisoblash, mehnat haqining harnma turlari - mukofot, yordam puli, ishlaydigan pensiy oluvchilarga hisoblangan pensiya, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha daromadlami to'lash passiv 6710-«Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashish l3 schotida hisobga olinadi.

Schyotning kreditida hisoblangan mehnat haqi, kasallik varaqalari bo'yicha nafaqalar, pensiyalar, ta'til summalari, debetida esa qonunda be1gilangan tartibda ish haqidan ushlab qolishlar va mehnat haqining kassadan berilishi aks ettiriladi.

\6710 - schyotidagi aloqalar quyidagicha aks ettiriladi:



-schyotning kredit operatsiyalari l0-jurnal orderda, debetli operatsiyalar 7-vedomostda aks ettiriladi. Kreditli oy oxiridagi qoldiq summasi korxonaning ishchi va xizmatchilariga bo'lgan qarzini bildiradi.


  1. Download 1.79 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling