Xo'jalik yo'llari va ularga qo'yilgan talablar
Reja va bo‘ylama kesim o‘lchamlari
Download 88.49 Kb.
|
xo\'jalik yo\'llari va ularga qo\'yilgan talablar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejadagi egrilik elementlari Rejadagi egrilik elementlari qiymatlari, m
- Ko‘ndalang kesim o‘lchamlari Yo‘l toifalari uchun ko‘ndalang kesim o‘lchamlari qiymatlari
- Xo‘jalik yo‘llaridagi muhandislik qurilmalari
- 19-rasm. Xo‘jalik yo‘llaridagi muhandislik qurilmalari
O‘tuvchi egrilikning eng kichik qiymati quyidagi 8-jadvalga asosan qabul qilinadi: 8-jadval
Xo‘jalik yo‘llari yo‘l poyi va qatnov qismi ko‘ndalang kesimi asosiy o‘lchamlari 9-jadval asosida qabul qilinadi: 9-jadval
Xo‘jalik yo‘llaridagi muhandislik qurilmalari O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishdagi etti guruhdagi: ogoxlantiruvchi, imtiyoz, ta’qiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ko‘rsatuvchi, servis, qo‘shimcha axborot yo‘l belgilari Venada 1968 yil qabul qilingan yo‘l belgilari Konventsiyasiga va bu Konventsiyani to‘ldiruvchi Jenevadagi 1971 yil Evropa kelishuvi talablariga to‘liq mos keladi. Xo‘jalik yo‘llarida yo‘l belgilarini o‘rnatish GOST 23457-86, ularning o‘lchamlari esa GOST 10807-78 talablariga javob berishi kerak. Xo‘jalik yo‘llarida yo‘l belgilari quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatilishi kerak: ko‘rsatuvchi (axborot-ko‘rsatuvchi); imtiyoz; servis va tablichkalar; ogohlantiruvchi; buyuruvchi; ta’qiqlovchi. Yo‘l belgi chiziqlari ikki guruhga bo‘linadi: gorizontal va vertikal. Xo‘jalik yo‘llarida yo‘l belgi chiziqlari Is toifali yo‘llarda aholi yashash joylarida va yo‘ldagi harakat miqdori 1000 avt/sutkadan oshganda qo‘llaniladi. Xo‘jalik yo‘llarida yo‘l to‘siqlari transport vositalarining, piyodalarning harakatini tartibga solish va yo‘l - transport hodisalarining oldini olish hamda ularning og’irlik darajasini pasaytirish uchun o‘rnatiladi. Yo‘l to‘siqlariga qo‘yiladigan talablar GOST 26804-86 “Ograjdeniya dorojniy, metallicheskiy barernogo tipa. Texnicheskiy usloviya” da keltirilgan. Yo‘l sharoitining o‘zgarishiga qarab yo‘l to‘siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari GOST 23457-86 “Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya”da keltirilgan. Yo‘l to‘siqlari qo‘llanish sharoitlariga qarab ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga “barer” konstruktsiyali (balandligi 0,75 m dan kam bo‘lmagan) va devorsimon (“parapet” shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo‘lmagan) yo‘l to‘siqlari kiradi. Bu guruhidagi to‘siqlar transport vositalarini yo‘l poyida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgich joylarida ushlab qolish va qarama-qarshi tomondan harakatlanayotgan transport vositalari to‘qnashuvining oldini olish hamda yo‘l mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga (yoritgich, ko‘prik tayanchlari, daraxtlar va h.k.) kelib urilishidan saqlash uchun o‘rnatiladi. Ikkinchi guruh to‘siqlariga setkalar, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m) kiradi. Ulardan piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo‘l qatnov qismiga chiqishining oldini olish maqsadida foydalaniladi. Yo‘naltiruvchi qurilmalar avtomobil yo‘llarida keng foydalaniladi. Yo‘naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi: yo‘naltiruvchi ustunchalar; sun’iy yoritgichli tumbalar; xavfsizlik orolchalari. Agarda ularga yo‘l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plenkalar yopishtirilgan bo‘lsa, yo‘naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo‘l to‘siqlari ham bajarishi mumkin. Yo‘naltiruvchi qurilmalar yo‘l yoqasining chetini, xavfli to‘siqlarni kechasi va yomon sharoitlarda ko‘rinishini ta’minlashi uchun qo‘llaniladi. Yo‘naltiruvchi ustunchalar avtomobil yo‘llarining yoritilmaydigan uchastkalarida yo‘l to‘siqlari o‘rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda o‘rnatiladi: Yo‘naltiruvchi ustunchalar yo‘l yoqasining chetidan 0,35 m dan kam bo‘lmagan masofada va yo‘l qatnov qismining chetidan 0,75 m dan kam bo‘lmagan masofada yo‘l yoqasiga joylashtirilib, ularning balandligi 0,75:0,8 m belgilanadi (19-rasm). 47 47 19-rasm. Xo‘jalik yo‘llaridagi muhandislik qurilmalari Download 88.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling