Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali


Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali


Download 0.74 Mb.
bet2/3
Sana07.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1176084
1   2   3
Bog'liq
CMM-54 Amirov Bekzod

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

Tijoriy XYuSlarning moliyaviy resurslari dastlab (birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo’yish va, shuningdek, boshqa shaxslar va tashki-lotlardan maqsadli moliyalashtirish va subsidiyalar ko’rinishida kelib tushgan pul mablag’lari qismi hisobidan shakllantiriladi.


Ta’sis kapitalining pul shaklida bo’lmagan qismi (sanoat va intellektual mulk ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli tushilmalar singari, agar ular pul ko’rinishida qo’yilmagan bo’lsa, ularni XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq emas.

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali

Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul doiraviy aylanishi jarayonining kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni (natijasi) sifatida XYuSning tushumi maydonga chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini davom etttirishni ta’minlovchi bir necha pul mablag’lari fondlariga bo’linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:

 

T = F аа + F мхм + F их + F ф

 

Bu yerda: T - tushum;

F аа - asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini tiklashga mo’ljallangan amortizatsiya ajratma- lari fondi;

F мхм - moddiy xarajatlarni (xomashyo, materi- allar, yoqilg’i, elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalash- tirish fondi;

F их - ish haqi fondi;

F ф - tovarlarni sotishdan olingan foyda

(soliqlar to’languncha va foydadan boshqa to’lanmalar amalga oshirilguncha).

 

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy resurslari va kapitali


Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritilmaydi.
Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday yondoshuvlarning noto’g’ri ekanligi shubhasiz.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling