Xokazo bilan davolash usullariga qiziqish ortib
Download 37.11 Kb.
|
8 - mavzu apiterapiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Apiterapiya
Asalari suti ishchi arilarni allotrofik bezlaridan chiqadigan suyuklik bo’lib, har bir ari qurtchasini boqadigan va uni tez voya ga yetkazadigan ozuqa hisoblanadi. Insonning o’sib ulg’ayishi, sog’lom yashashi uchun aminokislotalar kerak. Ular organizmda ishlab chiqarilmaydi, tayyor holda olinadi. Ari sutida bebaho aminokislotalar bor (arginin, gistidin, valin, metionin, triptofan va boshqalar); biologik faol moddalar (atsetilxolin, xolinestraza), V, V2, V6, V12 S, N, RR, Ye, vitaminlari, foliy kislota, biotin, nikotin kislotasi bor. Biotin yog almashinuvini tartibga soladi. Vitamin V, Ye jinsiy holatni quvvatlaydi. Ari suti tarkibidagi mikroele- mentlar temir, rux, marganets, kobalt qon ishlab chiqarishi- ni mo’’tadillashtiradi va quvvatlaydi. Qizil qon tanalari- ning ishlab chiqarilishini tezlashtiradi. Pantoten kislota esa sochning o’sishini ta’minlaydi, kuygan joylarning, trofik yaralarning tuzalishini tezlashtiradi. Arining suti bakteriostatik va bakteriotsid hisoblanadi, unda 40—45% oqsil, 20% bo’sh aminokislotalar, 20% uglevod- lar, 13—15% yoglar mavjud. Asalari suti antimikrob, tonusni ko’taruvchi, radiatsiya nurini qaytaruvchi, qon bosimini mo’’tadillashtiruvchi, qon tomirlar holatini yaxshilovchi sifatida ta’sir ko’rsatadi. Nevrosteniya, asteniya, depressiya, stress, semirib ketish, ozib ketish, jarroxlik muolajalardan keyin, ayrim qon oqish holatlarida, tug’rukdan keyingi anemiya, gripp, pnevmoniyada 20 kun davomida 1 dona kapsulani har 8 soatda til ostiga qo’yib so’rish kerak. 2 haftadan keyin muolaja yana takrorlanadi. Kapsula so’rilib bo’lguncha 30-35 daqiqa yotib dam olinadi.
Gul changi. Ishchi arilar tashib kelib, uyaga kirishda oyokda- rini tozalab kirganda teshik atrofida yig’ilib qoladi. Gul changi arilar gul ga qo’n ganda ilashadi. Gul changiga allergiya bo’lmaydi. Gul changi 1 yil saklansa 25% quvvati ketadi, 2 yilda dorilik xususiyati yo’qoladi. Sovutgichda sakdanadi. 20 gramm gulni changi 1 kg go’shtdagi oqsilga teng. Gulni changini iste’mol qilayotganda go’sht kamroq iste’mol qilina- di. Gulni changi oliy sifatli ozuqa hisoblanadi. Gulning changida oqsillar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar, aminokislotalar, glyukozit-rutin, antibiotiklar, o’sish stimulyatori bor. Xalq tabobati va zamonaviy tibbiyotda gul changi ishtaha ochuvchi, kaxeksiya — ozg’in holatdan chiqaruvchi, me’da ichak xastaliklarida antibiotik sifatida ishlatiladi, organizmni umumiy holatini yaxshilaydi, nevrozlarni davolaydi. Bo’yni o’stirishda, nimjon bolalarni quvvatga kirishida yaxshi naf beradi, prostatitga davo bo’ladi. 3-5 yashar bolalar uchun 0,5 grammdan, 5-7 yoshli bolalar uchun 0,6 grammdan, katta yoshdagi odamlar uchun 1 famm gul changini 1:1 nisbatda asal bilan aralashtirib, bir sutkada 1 choy qoshikdan uch mahal iste’mol qilinadi. Apiterapiya - (asalari zahari) bilan davolash xalq tabobatida qadim zamonlardan qo’llanib kelinadi. Ayniqsa, nerv xastaliklari, teri, qon-tomir xastaliklarini davolashda keng qo’llaniladi. Ari zahari — ishchi arilarning alohida zahar ajratadigan bezidan chiqadigan suyukdik bo’lib, u arilarning himoya vosi- tasi ham hisoblanadi. Ari zahari murakkab ta’sirga ega, u arining chaqish soni, zahar miqdoriga va ari chaqqan joylarga, inson organizmini ari zahariga sezuvchanligiga bog’liq. Birdaniga ko’p ari chaqsa, odam og’ir holatga tushib qolib, bosh i aylanadi, ofiydi, ko’ngli ayniydi, so’lagi oqadi, hamma yeridan muzdek ter chiqib, ter bosadi, ichi ketib, qon bosimi tushib ketadi, bir oz vaqt o’tgandan keyin isitmasi ko’tarila- di. Siydik qizarib, qon aralash bo’ladi. Ayollar va bolalar ari zahariga sezgirroq bo’ladi, zaharlanish ularda og’irroq o’tadi. Shunday hodisada ko’p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Ari zahari oz miqdorda shifobaxsh dori. Qon aylanishini bir necha marta yaxshilaydi, uyqu yaxshilanadi, og’riq kamayadi, qon bosimi tushadi, siydik ajratishi tezlashadi. Ari zahari ganglioblokator sifatida ta’sir ko’rsatadi. Download 37.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling