Xokazo bilan davolash usullariga qiziqish ortib


Download 37.11 Kb.
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi37.11 Kb.
#1377754
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 - mavzu apiterapiya

ASAL - HAYOT SHARBATI. Saxovatli tabiatda qadim zamonlardan asalning shifobaxsh xosiyati ma’lum. Yunonistonlik mashxur olim Pifagorning (taxminan eramizdan avvalgi 580— 500 yillarda yashagan) ta’kidlashicha, boqiy umr muttasil asal iste’mol qilib turish tufaylidir. Qadimiy yunon faylasuf donishmandi Demokrit (eramizdan avvalgi 460—370 yillar) yuz yildan ortiq yashagan, uning gapiga qaraganda, uzoq umr ko’rish uchun “Ichni asal bilan ta’minlash, sirtdan moyli muolaja qilish zarur”. Taniqli Rim tabibi Jolinus hakim (130—200 yillar) asalni juda ko’p xastaliklar davosi sifatida tavsiya etgan. Abu Ali ibn Sinoning yozishicha (980-1037 yillar) asal mizojni tozalaydi, tomir yo’lini ravon qiladi, ho’llik va gazakni shimdiruvchi quvvati bor. U xo’llik va gazakni badan ning chuqur yerlaridan tortadi, go’shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, chirikli chuqur yaralarni tozalaydi. Asal ko’z xiraligini ketkizadi. Asalni tanglay bilan ezib so’rish va g’arg’ara qilish bo’g’madan xalos etishga yordam beradi, bodomcha bezlarning ozorlanishiga qarshilik qiladi. Asal -suvi me’dani kuchaytiradi, ishtahani ochadi, ovqat hazmini yaxshilaydi. Achchiqtosh bilan mushtaraklikda temiratkiga davo bo’ladi. Yosh—navqironlikni saqlash uchun asal yeb turish lozim. Ayniqsa, yoshi 45 dan oshgan kishilar asaldan tez-tez iste’mol qilib turishlari kerak. Muhammad Husayn ibn Muhammad al-Oqiliy o’zining “Max- zan-ul- ladviya” (“Davolar xazinasi”, 1777 yilda yozilgan) ki- tobida asalning xosiyatlari ustida to’xtalib, unga yuksak baho beradi.
Asal a’zolarni tozalaydi, tiqilmalarni ochadi, me’da-ichak devorlaridagi xiltlarni yo’qotadi, miyani ortiqcha va zararli narsalardan musaffo etadi. Asal falaj, istisqo, sa- riq kasalliklariga davo bo’ladi. Salomatlikni yaxshi saqlash uchun har kuni nahorga asalni suv bilan aralashtirib ichib turish lozim. Asal ko’krak va plevrani yaxshi
tozalaydi, taloq kasallik- larini davolashda foydalaniladi, asal yel hosil bo’lishini to’xtatadi, buyrak, qovuqdagi toshlarning erishiga yordam beradi, zo’riqib siyishda yengillik beradi va hokazo. Asalni suv bilan ichilsa, jinsiy quvvatni oshiradi, siydik ajralishini yaxgyilaydi, ichak va qovuqdagi yaralarning tuzalishi, tozalanishiga yordam beradi.
Asalni suvda eritib og’iz bo’shlig’i chayqalsa, tomoqdagi yiringli yaralarning so’rilib ketishiga yordam beradi, bodomcha bezlarning yalliglanishiga davo bo’ladi, og’izdagi jarohat va yaralarni, shuningdek, tanglay, til, xiqildoq, bodomcha bezlar, og’izdagi illatlarni tozalaydi, milk va tishlarni mus- tahkamlaydi, oqartiradi. Ayniqsa, tishga oy mobaynida uch- to’rt marta asal surtilsa, yaxshi bo’ladi. Ayniqsa, shuvoq, o’rmonzor asali jigarga juda foydali hisoblanadi, tiqinlar so’rilib ketishiga yordam beradi. Asalli choy balg’am ko’chiruvchi, shamollashga da vo omil, o’pka shamollashida eng yaxshi vosita. Bulardan tashqari, asal bedar- monlikda, sil kasalligida quvvat bag’ishlaydigan tabiiy davo. Buning uchun asalni har xil sabzi sharbati yoki sut bilan kun i ga 60-100 g dan iste’mol qilish koni foyda. Asal o’n ikki barmoq ichak yarasiga malham bo’ladi, me’da- ichak yo’li faoliyatini yaxshilaydi, jigar, buyrak, qovuq ka- salliklarida shifo.
Asal yurakka quvvat bag’ishlaydi. Ma’lumki, glyukoza mu- shak to’qimalariga energiya — quvvat beruvchi manba hisobla- nadi, u yurak mushaklarini mustahkamlaydi. Shu maqsadda be- morga ko’p mikdorda qaynoq choy bilan asal berish to’g’ri kel- maydi. Chunki yurak faoliyati keskin ortib ketadi, badan dan bemavrud ter ajralishi kuchayadi, natijada, ortiqcha harakat evaziga yurak zo’riqib qolishi mumkin. Yurak xastaligi bor bemorlarning asalni oz-ozdan iste’mol qilishi tavsiya eti- ladi (kuniga 2—3 mahal bir choy qoshiq yoki osh qoshiqdan iste’mol qilinishi lozim). Asalni sut, suzma, mevalar bilan yeyilsa yaxshi bo’ladi. Doimo oz- ozdan asal yeb yurilganda yurak faoliyati yaxshilanadi, odamning quvvati ortadi, qon tarkibi yaxshilanadi, gemoglobin oshadi va hokazo.
Asal buyrak kasalliklari ni davolashda ham foydali. Chunki asal tarkibida juda oz mikdorda oqsil bo’lishi bilan birga, unda ortiqcha tuzlar bo’lmaydi. Ar-Roziy buyragi xasta bemorlarga 50—100 misqoldan asal berib turishni tavsiya qil- gan. Buyrak xastaliklarida na’matakli damlama (15 g na’matak 0,5 l suvga) asal bilan yoki bir-ikki stakan mikdorida turp sharbati ga asalni aralashtirib ichiladi. Mabodo buyrakda qum, zarra toshlar bo’lsa, zaytun moyi, asal hamda limon sharbatini aralashtirib, bir osh qoshiqdan kun i ga 3 mahal ichish kerak. Asal qovuq bo’shlig’i hamda peshobni ushlay ola bil masli k- da foydali. O’zbek tabiblari bir necha yuz yillardan buyon shamollash kasalliklarida asalni sut bilan ichishni tavsiya etadilar, bir qoshiq asalni bir stakan issiq sutga aralashtirib ichishni tavsiya qiladilar. Bir dona limon sharbatini bir stakan asal ga aralashtirib iste’mol qilish ham yaxshi natija beradi. Tumov xastaligining oldini olish
uchun sarimsoqni po’stlog’idan tozalab, qirib, teng miqdorda asal bilan yaxshilab qorishtiriladi. Uxlash oldidan bir choy qoshig’ini qaynatilgan suv bilan 3—5 kun ichiladi.
Asal iste’mol qilib turilganda odam organizmining immunobiologik reaktivligi (ya’ni bir qator xastaliklarga nisbatan bardoshliligi) ortadi. Asal tashqi muolaja sifatida ko’z yallig’lanishi va oq tushishiga xotima beradi. Asal sharbati burun ga tomizilsa (tortilsa) surunkali tumovdan forig’ bo’li- shi mumkin. Qadimgi tabiblar yong’oq mag’zini maydalab ezib asalga qorib yeyishni quvvatbaxsh omil sifatida tavsiya etganlar. Toza asalning turp sharbati bilan omuxtasi ko’krakni yum- shatadi, balg’am ko’chishini osonlashtiradi. Turp yaxshilab yuvib, bandi uzib, ichini o’yib, to’ldirib asal solinadi, xona haro- ratida 5-6 soat qo’yib qo’yiladi. Bu sharbat dardga em bo’ladi. Abu Ali ibn Sino mizoj sustligida hamda befarzandlikda asalli muolajalardan foydalangan. Jumladan, u sholg’om, karam, gazandao’t, sarsabil, turp, yo’ng’ichg’a, kar’afs, zig’ir, indov, yalpiz, kunjut, makkai sano, sabzi urug’larini as il asalga aralashtirib iste’mol qilishni tavsiya etgan. Toza asal bilan sun’iy asalni ajrata bilish darkor. Mobodo bol arilar shakar bilan oziqlantirilgan bo’lsa, shifobaxshlik darajasi susayishi bilan birga ba’zi xastaliklarga (qandli diabet) salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Asal chipqon, xuppoz, sizlogich kabi aziyatlardan holi bo’lishda yordam beradi. Asal qon hosil qiluvchi a’zolarning ishini kuchaytiradi, jigar xastaliklariga malham bo’ladi, shuningdek, me’da osti bezi faoliyati ga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Asal gudak bolalar uchun, ayniqsa, ona suti kamligida foydali. Nemis shifokorlari semizlikda ozish maqsadida ozroq mikdorda yog’siz go’sht, pishloq, sabzavot va mevalar berilishi bilan birga kun i ga 300—400 g asalni mevalar yoxud suv bilan iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Bunday amal kishini nafaqat ozdiribgina qolmasdan, balki jigar faoliyatini yaxshilaydi, tanadagi ortiqcha daxmaza moddalardan qutulishga yordam beradi. Asal qabziyatdan holi etib, ichni mayinlashtiradi. Kuyganda toza asal surtish iztirobli og’riqqa chek qo’yishi bilan birga pursildoq, pufaklar hosil bo’lishidan saqlaydi. Mushak tortishishida har safar ovqatlanishda 2 choy qoshiqda asalni bir hafta iste’mol etib turilsa, azobdan holi qiladi.
Ispaniyalik shifokor Beatris Peres Anduxarning ma’lu- motlariga ko’ra asal bundan 900 yil muqaddam ko’hna yunon- olmon xalkdarida qizdirilgan sariyog’ bilan ko’krak yoshidagi bolalarning og’ziga ko’krak tutishdan oldin, bir necha tomchi asal solish odati bo’lgan. N. P. Ioyrishning yozishicha, bolalar ovqati tarkibi ga qo’shi- ladigan bir choy qoshiq asal 20—25 g qandga nisbatan afzal. Chunki asal tarkibida juda ko’p biologik faol moddalari bor. Bolalarga distrofiya hamda dispepsiyada shirguruchga 3% asal qo’shish natija beradi. Asalning ajoyib xususiyatlaridan biri - u oqsil, yog’lar hazm bo’lishini osonlashtiradi va sut tarkibidagi kazeinni oksidlab juda mayda bo’lakchalarga ajratadi. Shu tufayli oziqa moddalar go’dakning me’dasidan juda oz fursatda o’tib ketish
xususiyati ga ega bo’lib, antidipeptogen omil hisoblanadi. Bolalar qusganda, yuqumli kasalliklarida (ingibin), qabziyatida (bifidogenlik omili), anoreksiyada (xushbo’y moddalar hamda vitaminlar mavjud bo’lganligi tufayli) asal tavsiya qilinadi. Odatda, asal bolalarga choy qoshiqda (taxminan kuniga 30 g) ovqatlanishdan bir soat oldin, shuningdek, ovqatlanishdan ikki-uch soat keyin beriladi. Shunda bolaning a’zolari mustahkamlanib, ishtahasi ochiladi. Shuni qayd qilib o’tish kerakki, iloji boricha bunday muolajalarni shifokor maslahati bilan qilish kerak.

Download 37.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling