Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid
Konstruksion texnologik tizim
Download 0.65 Mb.
|
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Mavzu:Texnologiya fanida o’qitish shakllari. Reja
- Tayanch iboralar
Konstruksion texnologik tizim. Bu tizim 30 yillarda kam mexonizatsiyalashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida yaratildi. Uning avvalgi tizimidan farqi shundaki, u yoshlarni kasblar hajmida mehnatga tayyorlash tamoyili asosida ko’rilagan..Bunda ta’lim ikki bosqich: dastlabki 3-5 texnologik operatsiyani boshqarishni mashq qilishi yo’li bilan dastlabki ko’nikma va malakalarni hosil qiladi, ilgari o’rganiladigan operatsiyalarni biror mehnat obekti (ko’pincha foydali mehnat mahsuloti) ishlash bilan, birlashtirishdan iborat bo’lar edi.
Ikkinchi ta’lim davrida o’quvchilar navbatdagi 3-5 texnologik opratsiyalarni ham huddi birinchi kabi o’zlashtiradilar va avvalgiga suyanadilar Ishlab chiqarish ta’limining metodik-tizimi.Ishchilar tayyorlashning bu tizimini Amerikalik injener Teyner yaratgan. 9-Mavzu:Texnologiya fanida o’qitish shakllari. Reja: Texnologiya fanida o'qitish shakllari. Dars (amaliy mashg'ulot). O'quv ishlab chiqarish brigadalari. O’quv sexlari. Usta nunarmandlarga biriktirib qo'yish. Ekskursiya, kichik guruhlarga bo‘lib o‘qitish, yakka taitibda, jamoaviy, aralash o‘qitish shakllari. Tayanch iboralar: Texnologiya fani, o'qitish shakllari, dars, nazariy va amaliy mashg'ulot, ishlab chiqarish, brigada, o’quv sexlari, ekskursiya, kichik guruhlarga bo‘lib, yakka taitibda, jamoaviy, aralash o‘qitish shakllari. O’qituvchining o’quvchilarni bilim ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi va o’quvchilar tomonidan ularni o’zlashtirish usullari o’qitish metodi deb yuritiladi. o’qitish metodini dars jarayonida qanday sharoitda turini qo’llab olib borilishiga o’qitish shakli deyiladi. Mehnat ta’lim o’qitish tizimida didaktik maqsadga erishishda bir qancha o’qitish shakllaridan foydalaniladi. Dars (amaliy mashg’ulot) o’quv ustaxonalarida reja asosida ma’lum o’quvchilar soni bilan olib boriladigan mashg’ulotning asosiy shaklidir. O’quv ustaxonalarida o’quvchilar soni 15-20 tadan ortsa o’qituvchi tomonidan boshqarish qiyin bo’lganligi sababli asosan sinf ikki guruhga bo’linadi. Xozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida o’quvchilar soni shahar maktablarida 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq bo’lsa, mehnat ta’limi darslari shu sinflarda o’quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda olib boriladi. Bundan tashqari maktab o’quv ustaxonalaridagi darslarni tashkil qilishning quyidagi shakllari mavjud. o’qitishni frontal tashkil qilish, bunda sinfdagi barcha o’quvchilarni bajarayotgan buyumlari bir xildadir.Lekin ma’lumki o’quvchining ish tempi har-xildir.Shuning uchun darsni frontal tashkil qilinadi. Mehnat vazifasiga kiruvchi har turli operatsiyalarni o’quvchilar bajarayotganini ko’ramiz. Muhimi shundaki o’qituvchi o’tayotgan darsni butun sinf uchun tushuntiradi. Bu esa o’qitishni birinchi bosqichlarida, bilim va malakalar hosil qilishda juda yaxshi natijalar beradi. o’qitishni zveno shaklda tashkil qilish. Bunda sinf 3-5 tadan zvenolarga bo’linadi va har biriga alohida mehnat vazifalari beriladi. o’z navbatida zveno a’zolari ham ayrim-ayrim ish operatsiyalarini o’zaro kelishib bajaradilar.Darsni bunday tashkil qilishda o’qituvchi o’quv materiallari yoki bajariladigan ish obektini hamma uchun tushuntira olmaydi,balki har bir zveno bilan alohida-alohida ishlaydi. O’quvchilar ma’lum darajada bilim, malaka bilan qurollangan bo’lganlaridagina bu shakldan foydalansa bo’ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling