Xolbekova mohichexraning "texnologiya" faniga oid


-Mavzu: Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi


Download 0.65 Mb.
bet40/140
Sana04.11.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1748348
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140
Bog'liq
Zbekiston respublikasi mmt vazirligi surxondaryo viloyati mmt bo-fayllar.org

13-Mavzu: Texnologiya darslarida amaliy darslarni tashkil qilish va o’tkazish metodikasi
Reja:
  1. Amaliy darsga tayyorgarlik.


  2. Joriy, oraliq va yakuniy yo'riqnomalarni o'tkazish tartibi.


  3. Dars jarayonida o'qituvchining vazifasi.


  4. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e'tibor berish va darsni yakunlash.




Tayanch iboralar:
Amaliy darsga tayyorgarlik. Joriy oraliq va yakuniy yo’riqnomalarni o’tkazish tartibi. Dars jarayonida o’qituvchining vazifasi. Xavfsizlik texnikasiga qoidalariga e’tibor. Darsni yakunlash.
Amaliy mashg’ulot - aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarib turiladigan, aniq bir topshiriqni bajarish uchun kerakli nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko’nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali didaktik harakatga aytiladi.
Amaliy mashg’ulot mehnat ta’limining tarkibiy qismi bo’lib, o’quv ustaxonalarida, laboratoriyalarda ish o’rnida joylashgan real vositalardan foydalanilgan holda o’tkaziladi.
Mehnat ta’limi tizimining xususiyati shuki, nazariya va amaliyot bir biridan alohida, ya’ni nazariy ta’lim o’quv auditoriyada, amaliy mashg’ulotlar ustaxona va laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Nazariy darsda kerakli maxsus bilimlar amaliy darsga nisbatan ilgariroq berilishi ta’minlanishi kerak. Amaliy mashg’ulotlarda ta’lim beruvchi ish o’rnida faqat ish topshiriqlariga tegishli qo’shimcha bilimlarni
Darsni rejalashtirish - kutilayotgan o’quv natijalariga erishish maqsadida o’quv jarayoniga tayyorgarlik ko’rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o’quv-didaktik vositalar tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda, bir marta tuzilgan rejada o’zgarishlar bo’lmasligiga harakat qilish kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o’quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo’l qo’ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo’lajak o’quv jarayoni to’g’risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo’lishi deganidir.
O’qituvchi navbatdagi mavzu bo’yicha mashg’ulotlarga tayyorgarlik jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarish jarayonida o’quvchilar mehnatini rejalashtirish va uyushtirish shuningdek mehnat jarayonini borishini kuzatish, unga tuzatishlar kiritish hamda ro’y beradigan xatolarni bartaraf qilishga jalb etiladi.
O’quvchilarni aqliy faoliyatida amaliy darslarda ishtirok etish alohida ahamiyatga loyiqdir. O’quvchilar ustaxonalarida amaliy darslarda hal qilinadigan texnik masalalarni ikki tipga: konstruktorlik va texnologik masalalarga ajratish mumkin.Konstruktorlik masalalarini turlarini ko’rib chiqamiz.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling