Xolboеv B. E. “Agrokimyo” fanidan O’quv uslubiy majmua


Download 373.5 Kb.
bet21/50
Sana17.06.2023
Hajmi373.5 Kb.
#1545793
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
portal.guldu.uz-“AGROKIMYO” fanidan O’QUV - USLUBIY MAJMUA (1)

Ma'ruza matnlar


Sizga tavsiya etilayotgan “Paxtachilikda agrokimyo” fani bo’yicha ma'ruza matnlari tasdiqlangan namunaviy datsur asosida yozilgan bo’lib, ushbu fanga doir asosiy tushunchalar va ma'lumotlar qisqacha etilgan.
Fanni chuqur va mukammal egallash uchun ko’rsatilgan adabiyotlardan foydalanishni tavsiya etamiz.
Ma'ruza matnlari talabalar, aspirantlar, ilmiy xodimlar va o’quvchilar uchun mo’ljallangan.
I-Mavzu:Kirish. Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari, va rivojlanish tarixi. (2 soat).
Reja:

  1. Kirish

  2. Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti.

  3. Evropada agrokimyo fanining rivojlanishi, tarixi va rus omillarining agrokimyo fanining rivojlanishiga kushgan hissalari.

  4. O’zbekistonda agrokimyo fanining rivojlanish tarixi va hozirgi davri.

  5. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Adabiyotlar 1.2.3.4.14.

Tayanch iboralar: Agrokimyo, mineral o’g’it, organik o’g’it, moddalar aylanishi, vegetastion uycha, lizimetr
«Qishloq xo’jaligi zarur mineral o’g’itlar o’simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlashni nafaqat tubdan o’zgartirish, balki agrokimyo qoidalariga kat’iy amal qilishga talabchanlikni oshirish, ularni qo’llash madaniyatini yuksaltirish» lozim.
I.Karimov
1. Ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishni jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo’li bu – dehqonchilikni kimyolashtirishdir.
Jahon tajribasidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, ekinlar hosildorligi tuproqga kiritilayotgan o’g’itlar miqdori bilan uzviy bog’liq. O’g’itlar samaradorligi odatda ekinlardan olinadigan qo’shimcha hosil miqdori bilan belgilanadi. Respublikamizda amalga oshirilgan ilmiy izlanishlarning natijalariga ko’ra 1 st mineral o’g’it hisobiga don 1- 1,3 t/ga, paxta 0,6-0,8 t/ga, kartoshka 5-7,5t/ga, sabzavot va poliz 10-12 t/ga miqdorda qo’shimcha hosil olish mumkin ekanligini ko’rsatmokda.
Ekinlardan olinadigan hosilning qariyib yarmi mineral o’g’itlar hisobiga olinadi. Akssariyat ekinlarda o’g’it qo’llash bilan bog’liq 1 sumlik sarf - harajat 2-3 sum bo’lib hosil bilan kaytadi, g’o’zani o’g’itlashda esa bu ko’rsatkich 8-9 sumni tashkil etadi.
O’g’itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproq iqlim sharoitlari, o’g’itlarning me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari bilan bog’liq. Mineral o’g’itlardan foydalanish faqat XIX asrning ikkinchi yarmidangina boshlandi. Keyinchalik ulardan foydalanish yildan yilga ortib boradi. Shunga ko’ra ularni ishlab chiqarish ham ancha ko’paydi: 2000 yilga kelib dunyo bo’yicha 307,2 mln. tonna mineral o’g’it jumladan 170 mln tonna kaliyli o’g’it ishlab chiqariladi. Lekin shunga qaramay go’ng qishloq xo’jaligida muhim o’g’itlardan biri bo’lib qolmokda chunki uning tarkibida o’simliklar uchun zarur oziq elementlari bor, demak u qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshishiga kuchli ta’sir etadi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va qishloq xo’jalik ekinlariga ishlatish shu bilan birga atrof muhitni ifloslanishining oldini olishga juda katta ahamiyat beriyapdi. I.A.Karimov o’zining «O’zbekiston XXI asr busagasida» asarida o’g’itlarni ishlab chiqaruvchi kambinatlari kurilishini taxlil qilib, kurilgan kambinatlardan O’zbekistondagi bo’lgan fosforit konlaridan to’liq foydalanilmayapti deb ko’rsatib o’tdi.
O’zbekistonda fosforit o’g’itlar-ammofos va ammoniylashtirilgan supyer fosfort ishlab chiqaradigan juda katta korxonalar barpo etilgan. Shu bilan birga aniklangan zaxiralari 300 mln. tonnaga yaqin bo’lgan fosforit konlaridan amalda foydalanilmayotir.
O’zbekistonda juda katta kaliy tuz konlari mavjud, bo’lar Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat va Surxandaryo viloyatidagi Xujaykon konlaridir. Taxminiy hisoblarga qaraganda kaliy tuzlari 100 yildan ko’proqga etadi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 6 ta (Chirchiq, Olmalik, Navoiy, Samarqand, Fargona, Kukon) o’g’it ishlab chiqarish kimyo zavodi ishlab turibdi va quyidagi o’g’itlar ishlab chiqarilmokda: mochevina, ammofost, amiyakli, selitra, ammoniylashtirilgan supyer fosfat, supyer fosfat, ammoniy sulfat. O’g’it ishlab chiqarishning o’sishi asosan, yuqori konstentrastiyali va kompleks o’g’itlar hisobiga amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda o’g’itlardan foydalanishni tashkil etish va nazorat qilishda Respublika loyiha qidiruv agrokimyo stanstiyasida va boshqa tashkilotlar katta ishlarni amalga oshirmoqdalar.
2. Agrokimyo-tuproq, o’simlik va oziq moddalarning o’zaro aloqasini tekshirib turli o’g’itlarni ishlatish yo’li bilan ekinlardan tobora yuqori va sifatli hosil olish haqidagi fan.
Agrokimyodan o’rganiladigan uchta asosiy ob’ekt o’simlik, tuproq va o’g’itlar bir biri bilan dealiktik o’zaro aloqada bo’lib, bir biriga ta’sir etib turadi. Bu bog’lanishlar sistemasini D.N.Pryanishnikov uchburchak ko’rinishda tasvirlaydi, uning uchta uchi o’simlik,tuproq va o’g’itni ifodalaydi. «O’simlik, tuproq va o’g’it orasidagi munosabatlarni o’rganish-deb yozgan edi: D.N.Pryanishnikov-hamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy vazifasi bo’lib kelgan». U faqat agrokimyoni tuproq unumdorligi va Qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun tegishli o’g’itlarni yuqorida aytilgan o’zaro ta’sir etadi deb uchta omilni nazarda tutib ishlatishga doir bilimlarni tarkib topshirish bilan shugullanadi deb ta’kidlagan edi. Agrokimyoning unga yaqin fanlaridan (O’simliklar fiziologiyasi, dehqonchilik, tuproqshunoslik va boshqalardan) farqi ham ana shunda.
Shunday qilib agrokimyo, dehqonchilikda moddalarning aylanishi, o’simliklarning oziqlanish jarayonida o’simlik, tuproq va o’g’it orasidagi o’zaro ta’sirlarni shuningdek, hosilni oshirish, uning sifatini yaxshilash maqsadida qishloq xo’jalik ekinlarining oziqlanishi boshqarish usullarini o’rganadi.
O’simliklarning oziqlanishi va o’simlik, tuproq hamda o’g’it orasidagi o’zaro ta’sirlarini o’rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Nazariy asoslarni bilish o’g’itlarni ishlatishga doir amaliy masalalarni ijodiy hal etishga imkon beradi, bunday masalalarni agrokimyo fani ishlab chiqadi. O’g’itlarning eng samarali shakllari, miqdorlari va nisbatlari, ularni har xil tuproqlarda turli ekinlarga solishning optimal muddatlari va usullari, o’g’it solishni tuproqga ishlov berish, almashlab ekish, sugorish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda birga qo’shib olib borish ana shunday masalalar jumlasiga kiradi.
Agrokimyoda nazariy va amaliy masalalarni o’rganishda tekshirishning turli xil usullari qo’llaniladi, chunonchi:

  1. O’simlik tuproq va o’g’itlarning laboratoriya analizlari (kimyoviy va fizik kimyoviy analizlar) o’tkaziladi;

  2. Sun’iy sharoitda (vegetastion idishlar, lizimetr qurilmasi) o’simliklar bilan vegetastion va lizmetrik tajribalar olib boriladi;

  3. Har xil tuproq iqlim sharoitida o’g’itlar bilan dala tajribalar o’tkaziladi;

  4. Katta maydonlarda ishlab chiqarish tajribalari o’tkaziladi.

Dala tajribalari va ishlab chiqarish tajribalarining natijalari asosida o’rganilayotgan o’g’itlar hamda ularni ishlatish usullarini iqtisodiy samaradorligi baholanadi va shunga qarab ishlab chiqarishga amaliy tavsiyanomalar beriladi.
Agrokimyoning q ishloq xo’jaligi amaliyotiga tadbiqi asosan sanoatda ishlab chiqariladigan va mahalliy o’g’itlardan samarali foydalanish xususida amalga oshiriladi. Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning asosiy nazariy asosi hisoblanadi.
3. O’simliklarning oziqlanishi haqida ba’zi taxminlar XVI-XVIII asrlarda paydo bo’lgan, lekin ular yetarli darajada baholanmagan.
1761-1766 yillarda shved olimi Valyerius «Gumus nazariyasini» ilgari surdi. Bu nazariyaning tarqalishi ommalashib ketishiga XIX asrning birinchi yarmida nemis olimi Teyer ayniqsa katta hissa qo’shdi. Bu nazariyaga qo’shilmagan fransuz olimi fiziolog va agrokimyogar Bussengo oziqlanish va o’g’itlanishning azot nazariyasini ilgari surdi.(1836). U dehqonchilikda azotning birinchi darajali ahamiyati borligini ko’rsatdi va anik dala tajribalari o’tkazib almashlab ekishda dukkakli ekinlar (beda) azot balansining yaxshilanishiga va boshqa ekinlar hosildorligi ancha ortishiga olib kelishini ko’rsatib berdi.
1840 yilda taniqli nemis ximigi Yu.Libix hosildorlikni saqlash uchun tuproqni o’g’itlash nazariyasini ilgari surdi, bu nazariya tuproqdan olingan barcha mineral moddalarni tuproqga qaytarish lozimligiga asoslangan edi. Bu qoida keyinchalik «Minimum qonuni» degan nom oldi. Shu munosabat bilan
K.A.Temiryazov quyidagicha yozgan edi: «qaytarish zarurligi haqidagi ta’limotning ahamiyatini cheklashga har qancha o’rinishdan qat’iy nazar, bu ta’limot fanning eng buyuk yutuqlaridan biri bo’lib qoladi».
XIXasrning 60-70 yillaridan boshlab o’simliklarning oziqlanishi va o’g’itlar ishlatishga doir ilmiy tekshirishlar sistemali ravishda o’tkazila boshlandi. A.N. Engelgardt, D.N.Mendeleev, P.A.Kostichev, K.A.Timiryazevning ishlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Agrokimyoning nazariy asoslarini yaratishda K.A.Timiryazevning fotosintezga va o’simliklarning mineral o’g’itlanishiga doir klassik tadqiqotlari hamda uning vegetastion tajribalar usulini ilmiy amaliyotga kiritishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Mutaxassislar tayyorlash sohasida esa D.N.Pryanishnikovning «Agrokimyo» deb atalgan fundamental asaridan hozirgi paytga qadar foydalanilmoqda.
4. O’zbekistonda mineral o’g’itlar samaradorligini tekshirish yuzasidan ilk ishlar XX asr boshlarida R.R.Shredyer, M.M.Bo’shuev, I.K. Negodnevlar tomonidan boshlangan bo’lib, bu ishni keyinchalik, B.P.Machigin, M.A.Belousov,
P.V.Protosov, G.I. Yarovenko, I.Madraimov, B.M.Isaev, T.Piroxunov, T.S.Zokirov, J.Sattorov, N.N.Zelenin, I.Niyazaliev va boshqa agrokimyogarlar tomonidan rivojlantirildi.
O’zbekistonda agrokimyo fanining rivojlanishida 1920 yilda O’rta Osiyo Davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Tuproqshunoslik instituti va 1929 –30 yillarda ochilgan o’g’it bo’yicha ilmiy–tadqiqot institutlari o’ziga xos o’rin to’tadi.
Ishlab chiqarish sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash va agrokimyo fanini yuksaltirishda Toshkent Davlat agrar universiteti alohida o’rin to’tadi. 1918 yilda Turkistonda xalq universiteti qoshida qishloq xo’jalik fakulteti tashkil etilgan bo’lib u 1930 yilning aprelida O’rta Osiyo qishloq xo’jalik institutiga aylantirildi. 1943 yilda Toshkent qishloq xo’jalik instituti, 1990 yildan esa Toshkent Davlat agrar universiteti deb yuritildi. Universitet kafedra va laboratoriyalarida S.A.Kudrin, B.P.Machigin, T.V.Protasov, M.Z.Koziev, I.N.Niyozaliev, T.S.Piroxunov kabi taniqli agrokimyogarlar-olimlar faoliyat ko’rsatdilar.
1949 yilda Toshkent Davlat universiteti tarkibida ochilgan agrokimyo kafedrasida S.N.Rijov, N.P.Malinkin, J.S.Sattorov, K.B.Saakyani, G.A.KaminyerBichkov kabi tadqiqotchilar paxtacxilikning bir kator muammolarini xal qilishga manosib hissa qo’shdilar.
Tuproq unumdorligi va ekinlar xususiyatini hisobga olgan holda turli tuproqiqlim mintakalarida o’g’itlardan ilmiy asosda foydalanishni tashkil etish maqsadida
1964 yilda Respublikamizda ixtisoslashtirilgan agrokimyo xizmati yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda, shuningdek, butun O’rta Osiyoda agrokimyo fanining taraqqiyoti ko’pgina tadqiqotchilarning nomlari bilan uzviy bog’liq.
5. Rus olimi akademik D.N.Pryanishnikov 1906 yildaqoq mustaqil agrokimyo fani bilan yaqin aloqada bo’lgan fanlarni sanab o’tgan edi. O’simlikshunoslik, dehqonchilik, tuproqshunoslik, fitopatalogiya, meliorastiya, sug’orish tizimlari, metyerilogiya, o’simliklar biokimyosi, agrofizika va boshqa bir kator fanlar shular jumlasidandir.
Agrokimyo fani barcha o’simliklarning o’g’itlarga bo’lgan munosabatini o’rganuvchi fan bo’lib, uning vazifasi o’simliklarning o’g’itga bo’lgan talabi, o’g’itlar etishmagan yoki ortiqcha bo’lgan xollarda ro’y beradigan kasalliklar belgilarini, hosildorlikni oshirish yo’llarini, shuningdek tuproq tarkibidagi o’simliklar uchun muhim bo’lgan azot, fosfor, kaliy vka bir kator mikroelementlarning miqdorini aniklashdan iboratdir.

Download 373.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling