Xolinesterazaga qarshi moddalar bilvosita m- va n- xolinomimetiklar


M-xolinomimetiklarning kimyoviy tuzilishi


Download 92,88 Kb.
bet4/7
Sana21.04.2023
Hajmi92,88 Kb.
#1367724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xolinesteraza salitsilat

M-xolinomimetiklarning kimyoviy tuzilishi
M-xolinomimetiklar a’zolar, mushaklar, bezlar, qon tomirlarda joylashgan M-xolinoretseptorlarni qо‘zg‘atib, me’da-ichak, bronx, qovuq, bachadonning silliq mushaklarini, qо‘z rangdor pardasini, radial mushaklarni qisqartiradi, yurakning о‘tkazuvchan sistemasida qо‘zg‘aluvchanlikning о‘tishini kamaytiradi, yurakning urishi sekinlashadi; bezlar faoliyati oshadi — sо‘lak kо‘p ajraladi, ter chiqadi, oshqozon shirasi ajralishi oshadi, bronxlarda shilliq kо‘payadi. Tibbiyotda asosan M-xolinomimetiklarni — pilokarpinni kо‘zga, atseklidinni kо‘z va me’da-ichak, qovuqqa ta’siri amaliy ahamiyatga ega.
Pilokarpin kо‘zga tomizilganda atsetilxolinga о‘xshab bevosita rangdor pardaning aylanma mushaklariga, kipriksimon mushaklarning M-xolinoretseptorlariga ta’sir kо‘rsatib, ularni qisqartiradi, shu tufayli kо‘z qorachig‘i torayadi, kо‘zning ichki bosimi pasayadi, akkomodatsiya qisqaradi (mexanizmlari atsetilxolin ta’siri ifodalanganda keltirilgan). Pilokarpin atsetilxolinga nisbatan davomliroq ta’sir etadi, chunki xolinesteraza bilan parchalanmaydi. Pilokarpin kо‘z tomchi sifatida kо‘zning ichki bosimi oshganda — glaukomada va boshqa kо‘z kasalliklarida qо‘llaniladi, ancha zaharli modda bо‘lgani uchun pilokarpin parenteral yо‘l bilan deyarli yuborilmaydi.
Atseklidin pilokarpinga nisbatan kamroq zaharli, pilokarpinga о‘xshash oftalmologiyada tomchi va malham shaklida hamda me’da-ichak, qovuq atoniyasida, tug‘ish faoliyati susayganda parenteral yо‘llar orqali yuboriladi. Atseklidinni 2 yoshgacha bо‘lgan bolalarga qо‘llash man etiladi. Umuman M-xolinomimetiklar bolalar amaliyotida kam qо‘llanadi: moddalar bilan о‘tkir zaharlanganda atropin va atropinsimon moddalar buyuriladi.
Yuqorida keltirilgandek, M-xolinoretseptorlar muskaringa sezuvchan retseptorlar, lekin muskarin о‘ta zaharli bо‘lgani uchun tibbiyotda dori modda sifatida ishlatilmaydi. Muskarin muxomor qо‘ziqorindan olinadi, shunday qо‘ziqorinlar iste’mol qilinsa, kattalar va bolalarda og‘ir zaharlanish rо‘y beradi. Bunda bradikardiya yuzaga keladi, nafas olish bronxospazm tufayli qiyinlashadi, qorin og‘riydi — ichaklar peristaltikasi oshgani tufayli ichak quldirashi masofadan eshitiladi, bemor qayt qiladi, ichi ketadi, teri tomirlari kengayadi, g‘araq-g‘araq terlaydi, «bemor о‘z terida chо‘miladi», kо‘z qorachig‘i torayib nina uchidek bо‘lib qoladi, akkomodatsiya spazmi, qо‘zg‘aluvchanlik oshib talvasalar rо‘y beradi. Bronx bezlarining faoliyati ortishi tufayli oldin shilimshiq, keyin suyuq balg‘am ajralishi kо‘paya boradi, nafas markazi falajlanishidan о‘lim yuz berishi mumkin. Bunda birinchi navbatda atropin yuborib yordam beriladi, atropin zaharlanish belgilarini bartaraf qiladi.

M-XOLINORETSEPTORLARNI FALAJLOVCHI MODDALAR. M-XOLINOLITIKLAR



Download 92,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling