Platifillin ham tabiiy alkaloid, keng bargli krestovnikdan (Senecio platyphyllus) olingan. M-xolinoretseptorlarni falajlash xususiyati atropinga nisbatan kamroq, gangliylarni о‘rta meyorda falajlaydi, bevosita miotrop — spazmolitik ta’siri bor, bu bilan birga qon tomirlarni qо‘zg‘atuvchi markazni tinchlantiradi. Platifillin asosan spazmolitik sifatida oshqozon, ichak, о‘t, qovuq, о‘t-safro yо‘llari qisqarganda, miya, toj tomirlari tonusi oshib ketganda — gipertoniya, stenokardiya hamda miya tomirlari qisqarganda qо‘llaniladi. Glaukomada, jigar, buyrak kasalliklarida platifillinni qо‘llash man etiladi.
Belladonnaning quruq ekstrakti spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi modda sifatida oshqozon yarasida, о‘t pufagi yallig‘langanda — xoletsistitda va boshqa silliq mushakli a’zolar qisqarishida qо‘llanadi.
Metatsin sintetik modda bо‘lib, atropindan kuchli xolinolitik xususiyatga ega; tо‘rtlamchi ammoniy birikma bо‘lgani uchun gematoensefalik tо‘sikdan о‘tolmaydi. Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etmaydi, faqat chetdagi M-xolinoretseptorlarni falajlaydi. Bronxlar, qizilо‘ngach, oshqozon, ichak silliq mushaklarini bо‘shashtiradi, sо‘lak va bronxial bezlar sekretsiyasini kamaytiradi, oshqozon, о‘n ikki barmoq ichak yaralarida, jigar va buyrak sanchyqlarida keng qо‘llanadi. Metatsin atropinga nisbatan kо‘z qorachig‘ini kamroq kengaytiradi.
Premedikatsiya uchun atropinga nisbatan metatsinni qо‘llash afzalroq, chunki bronx silliq mushaklarini atropinga nisbatan yaxshiroq bо‘shashtiradi, yurak urishini atropinga nisbatan kamroq tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |