Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi
Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi
Download 237.91 Kb.
|
Xondamir
2.Xom ashyo va tayyor maxsulot tavsifi.
Soya (Glycine hispida) – dukkaklilar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. Soya urug‘i urug‘ qobig‘i, mag‘iz, murtak, prokombial bezchalardan tashkil topgan. Soya urug‘ining o‘lchamlari: uzunligi – 5,0-10,5mm, eni – 4,0-7,0 mm, qalinligi – 4,5-8,0 mm gacha bo‘ladi. Hajmiy massasi 720-760 kg/m3. soya boshqa urug‘lardan oqsil saqlami juda yuqoriligi bilan farqlanadi. Soya oqsillari tarkibida 6-8% gacha albumin, 25-34% gacha globulin, 13-14% gacha glyutelin borligi uni to‘laqonli ozuqa va oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatidagi qimmatini asoslaydi. Soya oqsillarining 90% gacha miqdori suvda eruvchan oqsillarni tashkil etadi. Soyaning o‘ziga xos tomoni uning tarkibidagi ureaza fermentining borligi hisoblanadi. Ureaza 30-60 ºC harorat oralig‘ida faol ferment bo‘lib, mochevinani ammiakgacha parchalash xususiyatiga ega. U 70ºC dan yuqori haroratda o‘z faolligini yo‘qotadi. Soyadan odatda moy va 50% gacha oqsil saqlamiga ega shrot olinadi. Soyani urug‘ qobig‘idan ajratib qayta ishlanganda uning shrotini oziq- ovqat maqsadlarida ishlatish mumkin. Chorvachilik ozuqasiga esa soyani po‘stlog‘idan ajratmasdan qayta ishlanadi. Soya urug‘i saqlanish jarayonida uning namligi 11% dan oshmasligi talab qilinadi. Chunki soya tarkibida 50% gcha oqsillar mavjudligi uning yuqori namlik sharoitida tez buzilishiga olib keladi. Qayta ishlashdan oldin esa namlanadi, chunki tozalangandan so‘ng uni namligi texnologik jarayonlar uchun mos holatgacha etkaziladi. Buning uchun namlikni konditsiyalash amalga oshiriladi. Konditsiyalash soya urug‘ining namligi ularning mag‘iz namligiga qarab belgilanadi. Bu namlik quruq holat – 12 %, o‘rtacha quruq holati – 12-14 %, nam holati – 14-16 % va o‘ta nam holati – 16 % dan iborat. Qayta ishlash uchun esa uning maydalanishi yaxshilanishi uchun namligi 10,5% dan 12% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Texnologik nuqtai nazardan yog‘li urug‘lar ikki qismdan: mag‘iz va qobiqdan iborat. Ba’zi yog‘li urug‘lar masalan, paxta chigiti, kanop, kanakunjut va shunga o‘xshashlar faqatgina urug‘lik ustida qobig‘i bo‘ladi, ba’zi bir moyli urug‘lar masalan, pista, er yong‘oq, soya va shu kabi urug‘ ustidagi qobiqdan tashqari mag‘iz ustida yupqa urug‘ pardasiga ham ega bo‘ladi. Qaysi turdagi urug‘lik bo‘lishidan qat’iy nazar barcha moyli urug‘larning ustki qobig‘i luzga deb ataladi, faqat paxta chigitning qobig‘i sheluxa deb nomlanadi. Agarda moyli urug‘lar qobig‘i ajratilmay qayta ishlansa, bu holda olinayotgan o‘simlik moyi tarkibida qobiq tarkibida bo‘lgan yuqori malekulali uglevodlar, mum moddalar ko‘payadi. Bu hol olinayotgan o‘simlik moyini sifatini buzilishiga va aynan kislota soni oshishiga, rangining yuqorilab ketishiga hamda moyning loyiqalanishiga olib keladi. Ulardan tashqari qobiq ajratilmagan xolda urug‘lik qayta ishlansa, texnologik jarayonda qo‘llanilayotgan mashinalarning bir qism mahsuldorligi moyi nihoyatda kam bo‘lgan qobiqni yanchish, presslash, ekstraksiya qilish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi. Umuman olganda butun sexning maxsuldorligi susayadi. Lekin, soya urug‘ining qobig‘i va mag‘iz qobig‘i umumiy massaning kam qismini tashkil etganligi tufayli po‘chog‘i chaqilmasdan qayta ishlanishi mumkin. Download 237.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling