Xomashyoning turlari,materialiga,shakliga,detalning xizmat vazifasiga va mashinalarda yig'ilgan xolda ishlash shart sharoitlariga bog'likligi. Shakldor detallar tayyorlash jarayonida cho'zilish va egilish ta'sirida ishlatiladigan cho'yanlarni


Download 433.17 Kb.
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi433.17 Kb.
#1509889
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xomashyoning turlari materialiga shakliga detalning xizmat vazifasi

Kurs ishining maqsadi. Biz maktab o`quvchilariga Cho`yan po`lat va rangli metaldan tayyorlangan quymalarni o`rganish haqida ma`lumot berish, foydali taraflarini yoritip berish hamda amaliy darslar davomida qanday xomashyolardan foydalanish afzalliklarini tushuntirib o`tamiz.
Kurs ishining vazifasi. Maktab sharoitida o`quvchilarni texnalogiya fanlariga qiziqtirish ularning krayativligini oshirish Cho`yan po`lat va rangli metaldan tayyorlangan quymalarni o`rganish haqida ma`lumot berish hisoblanadi.
Kurs ishining obyekti. 10-11 sinflarda o'quvchilarga Cho`yan po`lat va rangli metaldan quymalar tayyorlanishi haqida yoritib berish.
Kurs ishining predmeti. Texnalogiya darslarida o'quvchilarni shu fanga qiziqtirish ularning darsdagi faol ishtirokini baholash va ularni ruhlantirishdan iborat.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, asosiy qism, 4 ta bob, 3 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I-bob. Cho`yan po`lat va rangli metaldan tayyorlangan quymalarni o`rganish



    1. Cho`yan va po`lat ishlab chiqarish

Oʻzbekistonda metallurgiya sanoati Bekobodda joylashgan boʻlib, u qora metallurgiya mahsulotlaridan choʻyan va poʻlat ishlab chiqarishga asoslangan. Choʻyan domna pechlarida suyuqlantirib olinadi. Uning hajmi 5000 m3 va balandligi 80 m gacha boʻlgan, ichki yuzasi oʻtga chidamli gʻisht terilgan, sirti poʻlat qoplama bilan qoplangan murakkab inshootdir. Pechning yuqori qismi shixta, teshigi esa koloshnik deyiladi. Eng keng qismi raspar, pastki qismi gorn deyiladi. Konveyr pechning ogʻiz qismi – koloshnik orqali ruda pechga tushiriladi. Pechning pastki qismidan issiq havo yuboriladi. Yonish va kerakli temperaturani saqlab turish uchun gorndagi maxsus teshik orqali issiq havo yuboriladi. Kislorod bilan boyitilgan puflanayotgan havo domnaning unumdorligini 3 marta oshiradi. Pechning pastki qismiga solingan koks koʻmiri issiqlik manbai hisoblanadi va kislorod oqimida u shiddatli ravishda yonadi. Pechning ichidagi ruda 13000C gacha qizdiriladi, natijada ruda suyuqlanadi va qaynay boshlaydi, uning tarkibidagi qoʻshimcha mahsulotlarni ajratib olish uchun flyuslar qoʻshiladi. Flyuslar bekorchi jinsni oson suyuqlanuvchan birikmalarga-shlaklarga aylantiradi. Bunda quyidagi kimyoviy jarayon roʻy beradi: 


Download 433.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling