Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Vektor va rastr ma’lumot, metama’lumotlar
Rastr formatdagi tasvir – bu kvadrat katakchalar toʻplamidan tashkil topgan
tasvirdir. Bu katakchalar ilmiy tilda piksel (pixel) deb ataladi. Rastr tasvirlar ikki
oʻlchamli koʻrinishda boʻladi, ya’ni X va Y koordinata sistemalaridan iborat.
Nafaqat geografik ma’lumot, balki kompyuterga kiritilgan pikselli har qanday tasvir
rastr tasvir koʻrinishida qabul qilinishi mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami
juda muhim ahamiyatga ega. Piksel oʻlchami qanchalik kichik boʻlsa, tasvir sifati
shunchalik yuqori boʻladi. Pikselning oʻlchami tasvirga berilgan sifat belgisidir.
Mana shu yerda tasvirning sifatini belgilab beruvchi birlik – tiniqlik atamasi paydo
boʻladi.
Piksellarning oʻlchami rastr faylning tiniqligi sifatida qaralishi mumkin.
Skanerlangan tasvirning sifati toʻgʻrisida gap ketadigan boʻlsa, unda dpi/ppi (dot per
inch/pixels per inch) atamasini qoʻllaymiz. Bu soʻzning ma’nosi 1 kvadrat dyuym
(1 dyuym – 2,54 sm) ga nechta nuqta yoki piksel toʻgʻri kelishini anglatadi. Masalan,
300 dpi sifatidagi tasvirning 2,54 sm kvadrat joyi ustun va qator boʻylab 300 ta
piksellar yoki kvadrat katakchalar joylashganini koʻrsatadi.
5-rasm. Vektor va rastr formatga misollar


Rastr formatning qulaylik taraflaridan biri – u raqamli relyef modeli (DEM)
ni hosil qilishi mumkin.
Rastrlash. Rastrlashni berilgan analog yoki qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni
raqamli koʻrinishga keltirib, raqamli tasvir olish jarayoni sifatida tushunish mumkin.
Bundan tashqari, vektor formatdan rastr formatga keltirish orqali ham rastrlash ishi
amalga oshirilishi mumkin. Qogʻoz koʻrinishidagi tasvirni rastrlashning eng keng
tarqalgan usuli bu skanerlash jarayonidir. Oldin ta’kidlanganidek, ishlatish
maqsadiga koʻra oddiy yoki maxsus skanerlardan foydalanish mumkin. Quyida
skaner yordamida rastrlash jarayonini tushuntirib oʻtamiz.
Skanerlash (scanning) – skaner yordamida analog tasvirni raqamli (rastr)
formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va kartografik
ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan bosqichlar amalga
oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli videokamera, fotoapparat va
grafoqurilma kabi moslamalar ham qoʻllanilishi mumkin.
GATda 
ishlatish 
uchun 
oddiy 
koʻrinishdagi 
mediama’lumotlarni
skanerlashning uch muhim sabablari mavjud:
 hujjatlar, jumladan bino-inshootlar plani, CAD chizmalari va binoni kadastr
hujjatlari asosida oʻrganish uchun ma’lumot saqlashni takomillashtirish hamda
ma’lumotlarni geografik jihatdan indeksatsiya qilish;
 negativ (fotoplyonka), qogʻoz kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar boshqa
ma’lumotlarga nisbatan geografik bogʻlanishi uchun skanerlanadi hamda
geokodlanadi (odatda bunga vektorlash misol boʻladi);
 kartalar, aerofotosuratlar va tasvirlar vektorlashdan va bazada fazoviy tahlil
qilinishidan oldin skanerlanadi.
GATda qatlamlarni hosil qilish uchun 8 bit (256 rangli) 400 dpi (16
nuqta/mm) xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki skanerlash jarayoni orqali
kartalarni skanerlash juda yaxshi tanlovdir. Fazoviy tahlil qilish uchun olinadigan
rangli aerofotosurat uchun 8 bit 900 dpi xususiyatiga ega boʻlgan skaner yoki
skanerlash (skanerni ichida moslab olsa boʻladi) koʻproq mos keladi. Skanerlash
natijasida hosil qilingan ma’lumotning sifati asl nusxa holati, skanerlovchi
qurilmaning sifati va skanerlash oldi tayyorgarligiga bogʻliq boʻladi. Skanerlashning
kamchiliklaridan biri bu ba’zida optik qurilmalarda tasvirning buzilib qolishi va
keraksiz tasvirlarning hosil boʻlishidir. Tasvirning tiniqligini oshirishimiz keraksiz
qoʻshimcha tasvirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar tasvirning tiniqligini
kamaytirsak, bizga kerakli boʻlgan kichik obyektlar tushmay qolishi mumkin.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling