Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Geofazoviy tahlil usullari


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Geofazoviy tahlil usullari. Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi
Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv
geografik axborot tizimi koʻrinishida boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari
qatoriga kiradi.
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal
kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp funksiyali
axborot kartografik tizimdir.
GAT orqali ma’lum bir sohaga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarni olib borish
mumkin. Bu sohalarga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarning texnik vositalari ishlab
chiqilgan
va ular asosan oʻsimlikshunoslik, hayvonot olami, ekologiya,
geostatistika, landshaftshunoslik, geografiya, amaliy statistika va boshqa sohalarga
moʻljallangan.
Yuqoridagi tahliliy sohalar quyidagi umumiy oltita kategoriya (toifa)ga
boʻlinadi:
1. Ma’lumotlar bazasi soʻrovi.
2. Geofazoviy oʻlchov.
3. Overley operatsiyasi.
4. Tarmoq tahlili.
5. Yer yuzasi tahlili.
6. Geotasvirlash.
Shuni aytib oʻtish joizki, geofazoviy tahlil usullari turli nuqtayi nazardan turli
kategoriyalarga boʻlib oʻrganilishi mumkin. Shuning uchun ham boshqa manbalarda
geofazoviy tahlil toifalari boshqacha oʻrganilishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq


GATni boshlangʻich bosqichda oʻrganayotgan mutaxassis uchun yuqoridagi kabi
boʻlish turi juda qulay hisoblanadi. Quyidagi rasmda geofazoviy tahlil kategoriya va
kategoriya osti boʻlimlariga boʻlinganligini koʻrishimiz mumkin (1-rasm).
1-rasm.Geofazoviy tahlil tasnifi (*- ma’lumot)
Demak, yuqoridagi rasmda fazoviy tahlilni tushunish oson boʻlishi uchun bir
necha boʻlimlarga ajratib, diagramma shaklida koʻrib chiqdik. Lekin har bir atama
ostida qanday ma’no yotishini ham oʻrganib chiqish lozim, aks holda bunday
diagrammalarga boʻlib oʻrganish bizga hech qanday natija bermaydi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling