Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab chiqish


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab chiqish
Hozirgi an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi kartalarda joyning relyefi,
joylashgan oʻrni va yuzasi kabi ma’lumotlar bilan birga qoʻshimcha diagrammalar,
jadvallar kiritilgan. Lekin qogʻoz kartaga koʻp miqdor va oʻlchamda jadvallar,
diagrammalar va boshqa ma’lumotlarni kiritib boʻlmaydi, chunki bunday ulkan
masshtabdagi ma’lumotlar tushunmovchilikka olib kelishi mumkin. GAT paydo
boʻlganidan keyin geografik ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar, diagrammalar
va boshqa iqtisodiy, huquqiy ma’lumotlar kiritish imkoniyati ham paydo boʻldi.
Bunda eng asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasida qaysi turdagi ma’lumotlarni qaysi
usul bilan tasvirlashga qaratilgan. Bunday ma’lumot turi esa qisqacha atribut
ma’lumotlar deb ataladi.


Atribut ma’lumotlarni tizimga kiritish xuddi qogʻoz kartani raqamlashtirishga
oʻxshaydi. Ushbu jarayon jadvallarda joy ajratishni talab qiladi. Atribut ma’lumotlar
asosida axborot yaratishning birinchi bosqichi jadvalda ajratilgan qatorlarni (joy)
aniqlab olishdan iborat. Aniqlab olish deganimizda quyidagi muhim parametrlarni
tushunishimiz zarur boʻladi:
 qator yoki joy nomi;
 ma’lumot koʻlami;
 ma’lumot turi;
 kiritiladigan raqamli ma’lumotlar soni.
Ma’lumot koʻlami deganda ma’lumotni kiritish uchun zarur boʻladigan
qatorlar soni yoki hajmini tushunish kerak. Bunda qisqa yoki uzun turdagi
ma’lumotlar oʻsha ajratilgan joyga sigʻishi kerak. Ma’lumot turi deganda bizga
berilgan geoaxborot dasturi oʻqiy oladigan yoki ruxsat bera oladigan formatlar
tushuniladi. Jadvalga atribut ma’lumot kiritayotgan paytda undagi ma’lumot turi
degan joyga matnli, sonli turlarini belgilab olishimiz zarur, aks holda dastur tahliliy
ishlarni bajarayotganda oʻqimay ketishi mumkin. Masalan, siz matnli turini tanlab,
u yerga sonli ma’lumot kiritsangiz, dastur matnli ma’lumot sifatida qabul qilib, uni
hisoblashda tashlab ketadi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling