Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"
Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Xomidov M compressed
Fazoviy fanlarda masshtab va tiniqlikning ahamiyati
Boshlangʻich geodeziya va kartografiya kurslaridan ma’lumki, masshtab bu yer yuzasidagi masofalarning gorizontal proyeksiyalardagi kichraytirilgan darajasidir. Masshtablar turli, jumladan sonli, matnli, chiziqli boʻladi va GAT da kartalarni ishlab chiqarayotgan foydalanuvchi talabga qarab legendadan mosini tanlab olishi mumkin. Ma’lumotlarning batafsil yoki umumlashgan holda yoritib berilishiga koʻra katta, oʻrta va kichik masshtabli kartalar boʻladi. Katta masshtabli kartalarda obyektlar katta boʻladi va odatda tuman miqyosida, shahar masshtabida va undan past darajada olinadi (1:100 dan 1:10000 gacha). Koʻpincha bunday kartalar ishchi kartalar hisoblanadi. Kichik miqyosdagi kartalarda obyektlar kichikroq koʻrinishda boʻlib, odatda davlatlar, viloyatlar yoki global masshtabda boʻladi (1:100000 dan 1:5000000 gacha). Koʻpincha siyosiy kartalar yoki global miqyosdagi oʻzgarishlar, yoki biron-bir hodisani tasvirlashda kichik masshtabli kartalar qoʻllaniladi. Katta va kichik masshtabli kartalarning sonlari turlicha koʻrsatilgan. Bundan tashqari, odatda 1:500000 masshtabli kartadan ajratib olingan 1:25000 li karta kichik masshtabli kartadan ajratilgan katta masshtabli karta deb ham yuritiladi. Geoaxborot tizimida ma’lumotlarni toʻplashda va kelgusida ularni foydalanuvchiga yetkazib berishda sifatli ko’rsatib bera olish muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻrsatib bera olish xususiyatlari jumlasiga kiruvchi aniqlik (accuracy), GATga koʻra tiniqlik (inglizcha resolution, ruscha разрешение soʽzidan olingan) muhim xususiyatdir. Bu sifat, oʻz navbatida, fazoviy, spektral va vaqtli boʻlimlarga boʻlinadi. Masofadan zondlashda qoʻllaniladigan barcha sensorlar mana shu uch sifat koʻrsatkichlari doirasida ish olib boradi va ma’lumot saqlanish hajmi, qayta ishlash jarayoni hamda toʻlqin uzunligiga qarab bu uch boʻlimda sensorlar ishlatilishi ham oʻzgarib turadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling