Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Xomidov M compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
3. Vertikal datum
Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz sathiga nisbatan qoʻllaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan geodezik datumlarga boʻlinadi. Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq “dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi. Shuning uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona oʻlchamga kelish va hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qoʻllaniladi. Shunday datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz oʻrta sathi – Mean Sea Level (MSL) qoʻllaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish balandliklarining oʻrtacha arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion ta’siri va boshqa ta’sirlarning oʻrtachasi olinadi. Nazorat savollari 1. Datumni tushuntirib bering. 2. Gorizontal datum nima? 3. Vertikal datum nima? 4. Datum siljishi nima? 5. Geografik va proyeksiya koordinata sistemalari orasidagi farq nimada? 6. WGS-84 va SK-42 orasida qanday farq mavjud? 7. Oʻzbekistonda qaysi koordinata sistemasi qoʻllaniladi? 8. Geomarkazlashgan datum tushunchasiga ta’rif bering. 9. Oʻzbekiston uchun WGS-84 va SK-42 ning taqqoslash parametrlari qanday? 10.Koordinatalarni transformatsiyalash nima? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling