Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Nazorat savollari
1. GAT tushunchasiga ta’rif bering.
2. GATning paydo boʻlish tarixi xaqida soʻzlab bering.
3. Geoinformatika va kartografiyaning bogʻliqligi nimada?
4. GATning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
5. Raqamli karta deganda nimani tushunasiz?
6. Geoinformatika deb nimaga aytiladi?
7. Vektor format nima?
8. Rastr format nima?
9. Elektron karta deganda nimani tushunasiz?
10.Stereoskopni ishlatishdan maqsad nima?
11.Raqamlashtirish qanday amalga oshiriladi?


12.Relyefning va joyning raqamli modellari qanday farqlanadi?
13.GAT ni asosan qanday sohalarda qoʻllash mumkin?
14.Atribut toʻgʻrisida tushuncha bering.
15.Atributlar qanday koʻrinishlarda boʻladi?
16.Atributlar asosan qanday turlarga boʻlinadi?
17.Geomatika toʻgʻrisida tushuncha bering.


GEOAXBOROT TIZIMIDA GEOREFERENSLASH VA
TRANSFORMATSIYALASH
1. Geoaxborot tizimida datum tushunchasi
Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan Datum sferoidning joylashuvini Yerning
markaziga nisbatan aniqlaydi, ya’ni sferoid va datum bir-biri bilan bogʻliq
tushunchalardir.
Yer shaklining shardan farqlanishini birinchi boʻlib Nyuton e’tirof etdi. 1682-
yili u e’lon qilgan nazariya – Butun dunyo tortish qonuniga binoan, Yer oʻz oʻqi
atrofida ma’lum tezlikda aylanishi tufayli u shar shaklida boʻlmay, balki ikki
qutblari boʻyicha siqilgan sferoid (ellipsoid) shaklida ekanligi ma’lum qilindi.
Yerning shakli juda murakkab va oʻziga xos xususiyatga ega. Yerning tabiiy
yuzasi balandlik va chuqurlik, togʻlik va tekislik, tizma togʻ va vodiylardan iborat.
Yerning tabiiy shaklini aniqlash juda qiyin. Yerning shakli deganda uning tabiiy
shakli e’tiborga olinmaydi, faqat matematik shakli tushuniladi. Ana shu matematik
shakllardan Yerning tabiiy shakliga eng yaqini geoiddir. Geoid – okean suvi tinch
turgan paytda uning sathi boʻyicha okean quruqligi ostidan sathiy yuza
oʻtkazilganda hosil boʻladigan yumaloq shakldir.
Yer yuzasidagi har bir nuqtadan sathiy yuza oʻtkazish mumkin. Sathiy yuza
oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, uning barcha nuqtalarida shovun chizigʻi
perpendikular yoʻnalgan boʻladi. Bu shakl Yer shakli deb qabul qilingan. Yerning
shakli deyilganda quruqlikdagi past-balandliklar e’tiborga olinmaydi, chunki yer
yuzining koʻp qismi (71%) okean va dengizlar, oz qismi (29%) quruqlikni tashkil
etadi. Yerning geoid shakli tortish kuchi ta’siriga, tortish kuchi esa yer bagʻridagi
jinslarning joylashishi va zichligiga bogʻliq. Yerning ichki tuzilishi bir xil boʻlsa,
yer yuzasi silliq boʻlardi. Yerning ichki qismi har xil jinslardan tashkil topganligi
uchun geoid yuzasi toʻlqinsimon boʻladi.
Hozirgacha geoid shakli matematik formula bilan ifodalangan emas, lekin olib
borilgan geodezik ishlar geoidning aylanma ellipsoidga yaqinligini koʻrsatdi. Geoid
bilan ellipsoidning bir-biridan farqi (yer yuzining ba’zi nuqtalarida) 150 m dan
oshmaydi. Bu farq Yerning umumiy kattaligiga nisbatan juda kichikdir. Shuning
uchun geodeziyada Yer aylanma ellipsoid shaklida deb qabul qilingan. Geodeziya
kursidan ma’lumki, yerning asosiy sathiy yuzasi boshlangʻich yuza deb qabul
qilingan va u okean suvlarining tinch turgandagi sathidan boshlanadi. Tinch
holatdagi okean va dengiz suvlari sathining fikran qit’alar ostidan shovun chizigʻiga
perpendikular qilib davom ettirishdan hosil boʻlgan shakl geoid deb ataladi.


2.1-rasm. Geoid shakl
Datum (Burkard, 1984) – Yerning matematik modeli boʻlib, joyning
geografik koordinatasini hisoblash uchun asos yoki referens boʻlib xizmat qiladi.
Datum tushunchasi Yerning haqiqiy shakli va ellipsoid orasidagi farqni ajratish
uchun qoʻllaniladigan hisoblashlar yigʻindisi sifatida qaraladi. Koʻpgina davlatlar va
hududlar uchun mahalliy datumlar ishlab chiqilgan. Masalan, NAD 27 (North
American Datum, 1927) – bu Klark 1866 ellipsoidiga asoslangan boʻlib, u AQSH
ning Kanzas hududidan boshlanadi. Keyinchalik paydo boʻlgan NAD 83 (North
American Datum, 1983) – Yerning markaziga yaqinlashtirilgan (boshqa nomi
geomarkazlashgan) GRS 80 (Geodetic Reference System, 1980) ellipsoidiga
asoslangan.
Geoaxborot tizimida datum uch xil turda boʻladi: gorizontal, vertikal va
geometrik. Gorizontal datumni adabiyotlarda boshqacha, ya’ni referens datum deb
ham yuritiladi va u koordinata bilan bogʻliq boʻlsa, vertikal datum balandliklar bilan
bogʻliq boʻladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling