Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

MapInfo maxsus tizimi. Mapping (kartografik) tizimlari – bu kartalarni
professional ishlab chiqishga moʻljallangan maxsus dastur mahsulotidir. Mapping
hamma kerakli elementlarni tasvirlaydigan standart topokartalarni ishlab
chiqarishda yaxshi samara berib kelmoqda. Mappingda CAD da boʻlmagan
koʻpgina qoʻshimcha imkoniyatlar mavjud. Obyektlarni kartalarda tasvirlash
belgilangan tartibda shartli belgilarga asoslangan holda olib boriladi. Bu, oʻz
navbatida, qisqa vaqt ichida yuqori sifatli standart kartalarni tuzishni ta’minlaydi.
Mapping modellashtirish va tahlil qilish imkoniyatini bersa, mavzuli
kartografiyalash va monitoring qilishni chegaralaydi. Bunday imkoniyatni faqatgina
ArcGIS orqali bajarish mumkin.
MapInfo dasturi fazoviy jihatdan bogʻlangan turli xil ma’lumotlarni tasvirlash
imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur) sinfiga kiradi. 80-
yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi dastur bozorini
boʻlishib olgan boʻlsa, Windows operativ dasturiga moslashtirilgandan soʻng
raqibini yengib oʻtdi.
MapInfoning eng muhim xususiyati bu uning universalligidir. Tizim boshqa
dasturlar – DOS, Windows, Windows NT, UNIX bilan va geoaxborot tizimi


dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma’lumotlar bazasini yaratish va
ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir.
Tizim doirasiga quyidagi imkoniyatlar kiritilgan:
 ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari;
 geografik obyektlarni izlash;
 kartalarga mavzuli sayqal berish usullari;
 shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari;
 keng qamrovli ma’lumotlar formatining mavjudligi;
 masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda
qayta ishlash.
MapInfo dasturi yordamida joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning manzili va
nomi orqali topish, shuningdek, koʻchalarning kesishuvini, chegarasini, interaktiv
yoki avtomatik ravishda geokodlashni amalga oshirish va ma’lumotlar bazasidan
obyektlarni kartaga koʻchirish mumkin. Ma’lumotlarni tizimda tasvirlash jadval,
karta, diagramma va matn koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tizim orqali maxsus
geografik tahlil va grafik tahrir qilish mumkin. Tizimda turli geodezik masalalarni
hal qilish, kartalarni arxivlash va vektorlash, kartografik proyeksiyalash, fazoviy
ma’lumotlarni birlashtirish mumkin. Dasturdagi maxsus MapBasic dasturlash tili
orqali interfeysni oʻzgartirish va Excel, Lotus 1-2-3, dBase dasturlariga toʻgʻridan
toʻgʻri bogʻlanib, ma’lumotlar almashinish mumkin.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling