Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

3. Vertikal datum
Vertikal datum berilgan nuqtaning balandlik koordinatasini dengiz sathiga
nisbatan oʻlchashda qoʻllaniladi. Vertikal datumlar qoʻllanilish turiga qarab dengiz
sathiga nisbatan qoʻllaniladigan suv sathi, geoidga asoslangan gravimetrik va
gorizontal datumlarni hisoblashda qoʻllaniladigan ellipsoidlarga asoslangan
geodezik datumlarga boʻlinadi.
Umuman, balandliklar asosan dengiz sathlariga nisbatan olinadi, biroq
“dengiz sathi” tushunchasi bir qator omillardan tashkil topgan. Bu omillar jumlasiga
dengizning toʻlqinlanib turishi, shamol va oqimlar, atmosfera bosimi, suvning
quyilishi, topografiyasi va uning yonidagi togʻlarning gravitatsiyasi kiradi. Shuning
uchun ham yuqoridagi omillarning barchasini jamlab, yagona oʻlchamga kelish va
hisoblashlarni amalga oshirish uchun datum tushunchasi qoʻllaniladi. Shunday
datumlardan biri, ya’ni yerdagi obyektning balandligini hisoblashda dengiz oʻrta
sathi – Mean Sea Level (MSL) qoʻllaniladi. MSL datumi parametlarini topishda suv
sathining oxirgi 19 yildagi suv koʻtarilishi va oʻzgarish balandliklarining oʻrtacha


arifmetigi olinadi. Ushbu hisoblashda yana Quyosh va Oyning gravitatsion ta’siri va
boshqa ta’sirlarning oʻrtachasi olinadi.
Nazorat savollari
1. Datumni tushuntirib bering.
2. Gorizontal datum nima?
3. Vertikal datum nima?
4. Datum siljishi nima?
5. Geografik va proyeksiya koordinata sistemalari orasidagi farq nimada?
6. WGS-84 va SK-42 orasida qanday farq mavjud?
7. Oʻzbekistonda qaysi koordinata sistemasi qoʻllaniladi?
8. Geomarkazlashgan datum tushunchasiga ta’rif bering.
9. Oʻzbekiston uchun WGS-84 va SK-42 ning taqqoslash parametrlari
qanday?
10.Koordinatalarni transformatsiyalash nima?



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling