Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


 Plotter va kartani nashrga chiqarish


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

2.5. Plotter va kartani nashrga chiqarish
Plotter soʻzi xalqaro miqyosda qoʻllaniladi. Plotter katta formatdagi
tasvirlarni bosmaga chiqarish uchun qoʻllaniladigan katta printerdir. Uning
boshqa katta printerlardan farqi shundaki, u asosan kartadagi tafsilotlarni bosmaga
chiqarish uchun maxsus moʻljallanadi (5.12-rasm). Grafoqurilma (grekcha
γράφω — chizaman, yozaman) yoki plotter – katta aniqlikda tasvirlarni, qiyin
chizmalarni, kartalarni va boshqa grafik axborotlarni qogʻozda yoki kalkada (A0
oʻlchamgacha) avtomatik ravishda chizishga moʻljallangan grafik qurilmadir.


5.12-rasm. Zamonaviy plotter (Manba: Internet)
Grafoqurilma tasvirni chizish bloki yordamida tasvirlaydi.
Qurilma kompyuterga USB, parallel yoki SCSI interfeysi orqali
bogʻlanadi.
Birinchi plotterlarning ishlash
tamoyili
qogʻozni
roliklar yordamida siljitib,
maxsus
pero yordamida va Y
koordinata boʻylab chizish va yana bir tamoyili esa
hisoblash
mashinasi orqali boshqariladigan sharli pero yordamida chizish
boʻlgan. Bunday plotterlarning kamchiligi shundan iborat ediki,
bosma uchun katta oʻlchamda joy kerak boʻlar edi. Afzalligi –
kartaga
tushiriladigan
obyektlar
koordinatalarining aniqligi
osonlikcha tushirilar edi. Keyinchalik bu qurilma maxsus har xil
qalinlikdagi va rangdagi chiziqlarni chizishga moʻljallangan
perolar toʻplamiga ega kasseta bilan jihozlandi.
Qulay plotterlarni Hewlett Packard va Tektronix 1970-
yillarning oxirlariga kelib ishlab chiqara boshladi. 1980- yillarning
oxirida XP 7470 modelida har tomonlama ixcham va qulay
plotterlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi kunda eng
koʻp
foydalaniladigan plotterlar turkumiga lazerli va xotiraga ega
boʻlgan plotterlar kiradi.
Grafoqurilmaning turlari:
 rulonli yoki planshetli;
 peroli, boʻyoqli va elektrostatik;
 vektor va rastr.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling