5.12-rasm. Zamonaviy plotter
(Manba: Internet)
Grafoqurilma tasvirni chizish bloki yordamida tasvirlaydi.
Qurilma kompyuterga USB, parallel yoki SCSI interfeysi orqali
bogʻlanadi.
Birinchi
plotterlarning ishlash
tamoyili
qogʻozni
roliklar yordamida siljitib,
maxsus
pero yordamida
X va
Y
koordinata boʻylab chizish va yana bir tamoyili esa
hisoblash
mashinasi orqali boshqariladigan sharli pero yordamida chizish
boʻlgan. Bunday plotterlarning kamchiligi shundan iborat ediki,
bosma uchun katta oʻlchamda joy kerak boʻlar edi. Afzalligi –
kartaga
tushiriladigan
obyektlar
koordinatalarining
aniqligi
osonlikcha tushirilar edi. Keyinchalik
bu qurilma maxsus har xil
qalinlikdagi va rangdagi chiziqlarni chizishga moʻljallangan
perolar toʻplamiga ega kasseta bilan jihozlandi.
Qulay plotterlarni Hewlett Packard va Tektronix 1970-
yillarning oxirlariga kelib ishlab chiqara boshladi. 1980- yillarning
oxirida XP 7470 modelida har
tomonlama ixcham va qulay
plotterlar ishlab chiqarila boshlandi.
Hozirgi kunda eng
koʻp
foydalaniladigan plotterlar turkumiga lazerli va xotiraga ega
boʻlgan plotterlar kiradi.
Grafoqurilmaning turlari:
rulonli
yoki planshetli;
peroli, boʻyoqli va elektrostatik;
vektor va rastr.