Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Xomidov M compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Kartani taqqoslash
Qayta tasniflash – bu tasniflangan mavzuli kartalarni qayta tasniflash
deganidir. Bu usul atribut yoki boshqa turdagi ma’lumot kiritilganda va foydalanuvchining soʻrovi koʻpayganda qoʻllaniladi (5.3-rasm). Qayta tasniflash ham yuqoridagi tasniflash kabi 3 usul orqali amalga oshiriladi va ular ham generalizatsiya, darajalash va qayta belgilashlardan iborat. Bu 3 usul oldingi usullarni yana bir marta bajarishga qaratilgan. 5.3-rasm. Tuman kartasini qayta tasniflash orqali viloyat kartasini hosil qilish (Manba: Bxatta, 2008) Tasniflash va qayta tasniflash orasidagi farq shundan iboratki, tasniflashda kartadagi xususiyatlar ularning tasnifiga qarab tasvirlansa, qayta tasniflashda esa yangi ma’lumot qatlami karta xususiyatlari tasnifiga asoslangan holda yaratiladi. Bunda yangi qatlamda bir xil sinfdagi maydonlar chegaralari birlashtiriladi (5.4- rasm). Bizga berilgan asl kartaning tasniflash va qayta tasniflashdan keyingi koʻrinishiga nazar soladigan boʻlsak, u holda asl kartaning umumiylashib borishini kuzatishimiz mumkin bo’ladi (5.5- rasm). 2.3. Kartani taqqoslash Kartani taqqoslash usuli kartada tasvirlangan turli mavzuli ma’lumot yoki doimiy ma’lumot oʻrtasidagi bogʻliqlikni ajratishga yordam beradi. Fazoviy ma’lumotlarning taxminiy vositalarini rivojlantirishda asosiy vazifa kartani taqqoslash zimmasidadir. Kartani taqqoslash ikki yoki undan ortiq kartalar orasidagi oʻxshashlik yoki farqni topish uchun qoʻllaniladi. Kartalar inson tarafidan vizual yoki kompyuter tomonidan raqamli tarzda koʻrinishi mumkin. Inson tarafidan vizual taqqoslaganda inson intuitsiyasiga tayangan holda turli farq yoki oʻxshashliklarni topishi mumkin. 5.4-rasm. Qayta tasniflashga misollar (Manba: Bxatta, 2008) 5.5-rasm. Asl kartaning tasniflash va qayta tasniflashdan keyingi koʻrinishi (Маnbа: Bxatta, 2008) Lekin farqni ajrata olish turli insonlarda turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun ham bu usul orqali aniq oʻxshashlik yoki farqni topish qiyin. Dastur orqali matematik tarzda kartani taqqoslash ba’zi oʻxshashlik mezonlarini baholay olishi, lekin qolgan oʻxshashliklarni aniqlay olmasligi ham mumkin. Umuman olganda, dastur orqali taqqoslash oʻzi mustaqil ish olib bormay, balki berilgan mezonlar orqali ish bajaradi. Inson tarafidan kuzatish orqali adashish mumkin (5.6-rasm), lekin dasturga mos mezonlar kiritilib qoʻyilsa va ma’lum bir usul yaratilsa, u holda dastur kartani avtomatik tarzda taqqoslaydi va bu usul eng ma’quli hisoblanadi. Geoaxborot tizimida atribut ma’lumotni tasvirlash va statistik tahlil uchun keng qoʻllaniladigan usullardan biri bu grafik orqali tasvirlashdir. Koʻpincha statistik grafiklar turli xil grafiklar, jumladan qator, ustun, boʻlaklar, chiziqlar orqali tasvirlanishi mumkin boʻlgan sinf va miqdorga bogʻliq boʻladi (5.7-rasm). Agar ma’lumot oʻzida hozirgi prognoz qilingan qiymatlarni saqlasa, radar axborotni tasvirlash uchun grafik va diagrammalar qoʻllaniladi. 5.6-rasm. Yonma-yon qo yilgan ayni bir joining ikki xil kartasini vizual qiyoslash (Manba: Bxatta, 2008) 5.7-rasm. Ikki rastrli kartani katakchalar orqali avtomatik qiyoslash (Manba: Bxatta, 2008) Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling