Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


 Ma’lumotlarni tasvirlash usullari


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

2.4. Ma’lumotlarni tasvirlash usullari
Hisobot
koʻrinishida
tasvirlash.
Ma’lumotlar
qayta
ishlanib
boʻlinganidan soʻng hisobot koʻrinishida ham taqdim qilinishi mumkin. Bunda
barcha tahlil qilingan ma’lumotlar oʻquvchiga oson boʻlishi uchun sodda tilda
yoziladi hamda matnli ma’lumotlar bilan bir qatorda jadvallar ham kiritiladi.
Karta koʻrinishida tasvirlash. Geoaxborot tizimining eng ommaviy
mahsulotlaridan biri bu kartadir. Kartalar geoaxborot tizimini qoʻllagan holda
osongina tayyorlanadi va u orqali geoaxborot jarayonlari natijalarini oʻzaro
bogʻlovchi samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham geoaxborot tizimi
karta ishlab chiqarishda yetakchidir. Ushbu tizimdan foydalanuvchi ishlab
chiqarilgan kartalarning sifatiga e’tibor qaratishi lozim, chunki geoaxborot tizimi
odatda ba’zi kartografik tamoyillarni hisobga olmaydi.
Sxema (layout) – bu bosmaga tayyorlangan kartadir (5.8-rasm). Sxema
nafaqat bizning kartamiz, balki nomi, shartli belgilari, shimol yoʻnalishi, boshqa
matnli axborot, hattoki grafiklar va rasmlarni oʻzida aks ettiradi. Sxemaning eng
muhim elementlariga ramka, mavzu, shartli belgi, masshtab, shartli nomlar (labels)
va shimol yoʻnalishlari kiradi. Bunday elementlar odatda annotatsiyalar deb ham
ataladi.


Grafik tasvirlar, gridlar ham annotatsiyaga kiradi. Barcha annotatsiyalar
alohida boʻlib, ular oʻzgartirishi va katta yoki kichiklashtirishi, oʻgirishi mumkin.
5.8-rasm. Sxemaga misol (Manba: Bxatta, 2008)
Uch oʻlchamli koʻrinishda tasvirlash. GAT kartalarini yaratishdan yana
bir maqsad bu joyning haqiqiy modelini yaratishdir. Yer sathining barcha
tafsilotlarini tahlil qilish uchun biz uch oʻlchamli modellardan foydalanamiz (5.9-
rasm). Uch oʻlchamli tasvir ikki oʻlchamli tasvirdan koʻra axborotni koʻproq va
keng koʻlamda yetkazadi. Uch oʻlchamli tasvirlashning ahamiyati shundaki, biz u
orqali axborotni koʻramiz. Uch oʻlchamli tasvir orqali inson miyasi koʻproq
narsani eslab qoladi. Ma’lumotni uch oʻlchamli qilib tasvirlash GATda qoʻllanilgani
bois hozirda uning ajralmas qismi boʻlib qoldi. Bunday tasvirlash usuli bizga
geofazoviy tahlil jarayonida katta yordam berib, yer yuzasidagi relyef
oʻzgarishlarini koʻrishimiz mumkin.
Geoaxborot tizimi ma’lumotini yaratish va tasvirlash bir nechta bosqichlarni
oʻz ichiga oladi.


5.9-rasm. Berilgan oʻlchamlarni qoʻllash orqali hosil qilingan uch oʻlchamli
tasvir(Manba: Internet)
Uch oʻlchamli GATni yaratish va ishlatish uchun zarur boʻladigan
ma’lumot va axborot turkumiga ortogonal tasvirlar, DTM (Digital Terrain Model),
uch oʻlchamli (3 Dimensional) xususiyatlar (vektor chiziqlar) va fazoviy
xususiyatlar (balandlik axboroti bino uchun) bilan bogʻlangan fazoviy boʻlmagan
atribut axborotlar kiradi. Turli xil qayta ishlash bosqichlaridan foydalanib, uch
oʻlchamli ma’lumot avtomatik ravishda tasvirdan yigʻilishi yoki ajratib olinishi
mumkin. Raqamli fotogrammetrik vositalar cheklanmagan tarzda va uch oʻlchamli
ma’lumotni tartibli ravishda yigʻish uchun turli fotografiya va tasvirlarga
yoʻl ochib beradi.
5.10-rasm. Maxsus dasturlar (MATLAB) yordamida hosil qilingan uch oʻlchamli
tasvirlar (Manba: Internet)


Kompyuter monitorida uch oʻlchamli tasvir hosil qilishda turli usullardan,
turli ranglardan, yorugʻlik berish orqali relyef hosil qilishdan foydalaniladi. Bundan
tashqari, GATda uch oʻlchamli model hosil qilishda MatLab (MATLAB) dasturining
ahamiyati juda katta. Shu sababli bu dasturni oʻrganish geoaxborot tizimini
toʻliqroq tushunishga yordam beradi (5.10-rasm).

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling