Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


- TEZKOR YER-AXBOROT MA’LUMOTLAR BANKINI YARATISH


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

6-
TEZKOR YER-AXBOROT MA’LUMOTLAR BANKINI YARATISH
ALGORITMI
6.1. Yer-axborot bazasining namunaviy algoritmi
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida bugunga
kelib katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng muhimi, barcha tarmoqlarda ma’lumotlar
almashinuvi, ma’lumotlar bankini yaratish, bir tizimga keltirish jadal sur’atlarda
olib borilmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishda bir qator
muammolarni yechishga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday muammolardan biri hozirgi
zamon talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan kompyuter dasturlaridan
foydalanib axborotlarni tartibga solish va ularning yagona tizimini yaratish
hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishdan maqsad davlat yer kadastrini
yuritish uchun ma’lum bir yerdan foydalanuvchi, shuningdek, yer uchastkalarida
joylashgan alohida obyektlar bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, tahlil
qilish hamda o‘zgaga berilishini ta’minlovchi dasturiy majmuani yaratishdan
iboratdir.
Dasturiy majmua quyidagilarni ta’minlaydi:
 restrlar shakllanguniga qadar yer uchastkalari va alohida obyektlar bo‘yicha
kadastr axborotlarini qayta ishlash hamda ma’lumotlarni tuman yer
resurslari va davlat kadastri xizmatiga berish;
 yer uchastkalari va alohida obyektlarning kadastr raqamlari, aloqa manzillari
yoki foydalanuvchilarning nomlari bo‘yicha axborotlarni qidirish va olish;
 foydalanish turi va funksional mohiyati bo‘yicha obyektlar guruhlari
to‘g‘risidagi axborotlarni qidirish va tanlash.
“Yerdan foydalanishning yer ma’lumotlar bazasi” dasturiy majmuasini
yaratishning vazifalariga quyidagilar kiradi:


 Microsoft Access – 2010 muhitida ma’lumotlar bazasining tarkibi
hisoblangan jadvallar, shakllar, so‘rovlar, hisobotlar (restrlar) tarkibini
ishlab chiqish;
 yerdan foydalanuvchilar obyektlari va yer uchastkalarining ma’lumotlar
bazasini ishlab chiqish;
 yo‘qlama qilish bo‘yicha ishlarni shakllantirish va tuman yer resurslari
hamda davlat kadastri xizmatiga berishda kompyuter hisobotlari shakllarini
ishlab chiqish;
 dasturiy majmuadan foydalanuvchiga qo‘llanma ishlab chiqish.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling