Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

Shakllar. Ma’lumotlar bazasiga axborotlarni kiritishni osonlashtirish, unda
saqlanayotgan ma’lumotlarni keyinchalik ko‘rish va tahlil qilish uchun loyihada
ekran shakllaridan foydalaniladi. Shakllardan ma’lumotlar bazasiga yozuvlar
qo‘shish uchun ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, shakllarda O‘zbekiston
Respublikasida amalda harakatda bo‘lgan va qabul qilingan me’yoriy hujjatlar,
klassifikatorlar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanilgan holda yaratilgan,
ochiladigan ro‘yxatlar, shuningdek, ma’lumotlar kiritishni osonlashtiradigan
boshqaruvning boshqa elementlari ham joylashgan. Zarurat bo‘lgan hollarda
shaklga ko‘chmas mulk obyektlarining rasmga olingan tasviri yoki ularning
vektorlashtirilgan nusxalarini ham joylashtirish mumkin.
So‘rovlarMa’lumotlar bazasida tanlashda so‘rovdan foydalanilib,
so‘rovlardan eng ko‘p ishlatiladigani shakl hisoblanadi. Bunday tipdagi so‘rovlar
ma’lumotlarni bir yoki bir necha jadvallardan qaytaradigan va ularning yozuvlarini
yangilash mumkin bo‘ladigan (bir necha chegaralar bilan) jadvallar ko‘rinishida
aks ettiradi. Tanlash uchun so‘rovni, shuningdek, yozuvlarni guruhlash, jamini
hisoblash, o‘rtacha qiymatlarini aniqlash hamda jami qiymatlarining boshqa
tiplarini topishda ham foydalanish mumkin.
Hisobotlar. “Yeravtobank” ma’lumotlar bazasidagi ishlar natijalarini
rasmiylashtirish va ma’lumotlarni qayta ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Yer fondiga rioya qilgan holda yaratilgan hisobotlar ko‘zda tutilgan. Hisobot
ma’lumotlar chop etilgan ko‘rinishda ifodalanadigan samarali usul hisoblanadi.
Hisobotning barcha elementlari o‘lchamlari va tashqi ko‘rinishini boshqarish
imkoniyatiga ega bo‘lgan holda foydalanuvchi o‘zi xohlagan holatda
ma’lumotlarni yoritishi mumkin.


Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
177
Ma’lumotlar bazasi yerdan foydalanuvchi subyektlar va ularning yer
uchastkalarining izohini o‘z ichiga olib, obyektning aniq va yagona
identifikatsiyasini hamda joylashgan o‘rnini beradi. Obyektlar, yer uchastkalari va
yer kadastri maqsadlari uchun o‘tkazilgan tasvirga olishning boshqa materiallari
kuzatuv dalolatnomalari asosida tuziladi. Shuningdek, ma’lumotlar bazasi
foydalanuvchilar, mulkdorlar to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. U
mulklarning kuzatuv dalolatnomalari asosida tuziladi. Ro‘yxatga olish tizimining
tarkibiga mos tarzda ma’lumotlar bazasiga ko‘chmas mulk obyektlarining texnik
tavsifi ham kiritiladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling