Xomidov Muzaffarning "Geoaxborot texnologiyalari"


 Ma’lumotlar bankining tarkibi


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana04.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1691791
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Xomidov M compressed

6.2. Ma’lumotlar bankining tarkibi
“Yeravtobank” – bu yerdan foydalanish obyektlarida yo‘qlama qilish
ishlarini yuritish hamda ularni yer resurslari va davlat kadastri xizmatlariga
berishda natijalarini ro‘yxatga olish, saqlash, o‘zgarishlarni kiritish hamda tahlil
qilishga mo‘ljallangan va Microsoft Access – 2004 ma’lumotlari katalog bazasi
sifatida yaratilgan dasturiy mahsulotdir.
Obyektlar 
to‘g‘risida 
foydalanuvchi 
uchun 
zarur 
bo‘ladigan
ma’lumotlarning butun bir jamlanmasi asosan bir necha jadvaldan iborat bo‘lib,
ular o‘rganilayotgan hududdagi obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini
yaratish imkonini beradi. Bu tizim zaruriy jadvallar, shakllar, hisobot blankalari,
klassifikatorlar bilan to‘ldirilib, ko‘pgina makroslarni o‘z ichiga oladi.
Microsoft Access – 2010 dasturi ma’lumotlar bazasining bitta fayli bilan
barcha ma’lumotlarni boshqarish imkonini beradi. Ushbu fayl tasarrufida
ma’lumotlarni jadvallar deb yuritiladigan bir necha konteynerlarga bo‘lish:
elektron shakllar yordamida faqatgina zaruriy ma’lumotlarni tashish va ajratib
olish, shuningdek, hisobotlar yordamida berilgan shaklda ma’lumotlarni tahlil
qilish yoki chop etish mumkin.
JadvallarMa’lumotlarning katalog bazasida barcha ma’lumotlar bir necha
jadvalda saqlanadi. Bu jadvallarning har biri bir turdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi (yer uchastkasi va yerdan foydalanish obyektlari to‘g‘risida, foydalanuvchilar
hamda ularning huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hokazo).


Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
176
Ma’lumotlar katalog bazasining jadvallari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Bu hol birdaniga bir necha jadvalga ma’lumotlarni tushirish, shuningdek, bir
vaqtning o‘zida bir necha jadvallar ma’lumotlaridan foydalanish imkonini beradi.
O‘zaro bog‘liq jadvallar ma’lumotlar bazasini tashkil etishning samarali usuli
bo‘lib, disk xotirasini tejamli sarflash hamda ma’lumotlarni yangilash va tanlashni
tezlashtirish mumkin bo‘ladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling