Xona xizmati


MEHMONXONA XO’JALIGINI BOSHQARISHDA XORIJIY TAJRIBADAN FOYDALANISH


Download 365.82 Kb.
bet7/9
Sana13.04.2023
Hajmi365.82 Kb.
#1355593
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Usmonov Javlon ATT 71

2.2 MEHMONXONA XO’JALIGINI BOSHQARISHDA XORIJIY TAJRIBADAN FOYDALANISH
Xodimlarni boshqarishda xorijiy tajribasidan foydalanish zarurati
Turizm bozoridagi qattiq raqobat firmalarning ichki samaradorligini oshirish usullarini izlashni taqozo etadi. Xodimlarni samarali boshqarishning ilmiy asoslanmagan nazariyasi bo’lmasa, bu yo’nalishda biror harakat qilish qiyin. Xodimlarni samarali boshqarish rahbar yoki mutaxassis tomonidan ishlarni bajarishning sifat va miqdor darajasini oshirishga qaratilgan bo’lib, pirovard natijada mehnat bozorida turizm korxonasining raqobatbardoshligini ta‘minlaydi. Bu holatda raqobatbardoshlik xodimlarga beriladigan va biror firmani shunga o’xshash korxonadan ijobiy farqlaydigan shart-sharoitlarni bildiradi. Boshqaruv xodimlarining soni loyihalashtirilgan tarkib va ish hajmidan kelib chiqib, tahliliy asoslanishi yoki xodimlar soni normativlar va boshqaruv normalari bo’yicha oshirib belgilanishi mumkin. Bunda xodimlarning ma‘lum yoshdagi guruhi eng yuqori unumdorlikni ta‘minlashini va shu sababli firmaning mehnat salohiyati ma‘lum darajada xodimlarning umumiy sonida shunday guruhning salmog’i qanchaligiga bog’liqki, bu faktni unutmaslik kerak. Shu hisoblarga asoslanib, korxona yuksak mehnat unumini ta‘minlaydigan xodimlar uchun qanchalik jozibali ekani haqida gapirish mumkin. Shuni hisobga olib, xodimlarning zarur sonining aniqlanishi boshqaruv mehnati samaradorligiga bevosita ta‘sir qiladi, aslida bu boshqaruv vazifalarini amalga oshirish bo’yicha mehnat resurslarini inventarlash, ratsionallashtirish va reglamentlashdan iborat. Bundan xodimlar menejmenti borasida firma faoliyati samaradorligiga qyidagilar asosida erishiladi, deyish mumkin.
Yevropa mamlakatlarida mehmonxona majmualarini boshqarish
Rasmiy va hordiq chiqarishga mo’ljallangan mehmonxonalar mijozlarga xizmat ko’rsatishda butunlay aniq va o’ziga xos harakterli talablari borligi, shuningdek, ma‘lum xususiyatlari va tuzilishi bilan farqlanadi. Rasmiy mehmonxonalarga odatda quyidagi talablar qo’yiladi:
ma‘muriy binolar va shahar markaziga yaqin bo‗lgan joyda, lekin dam olish uchun ko’kalamzorlashtirilmagan va sport maydonlari bo’lishi shart emasligi;
nomer fondida bir kishilik xonalarning mavjudligi, xonaning kunduzi ishlashga qulayligi va kichik yig’ilishlar o’tkazishga imkoniyati borligi;
nomerda ish zonasining tashkil etilganligi, uni tashqi muhitdan ajratish.
Bunday mehmonxonalarda yashaydiganlar jamoat xonalari tashkil qilishni ham talab qilishlari mumkin. Birinchidan, yig’ilish, ko’rgazma va shunga o’xshash tadbirlarni o’tkazishga joy bo’lishi kerak. Ikkinchidan, majlislar zali yoki ko’cha tomondan qo’shimcha kirish joyi bo’lgan ko’p maqsadli xonalar bo’lishi (yig'ilish, banket va boshqa tadbirlar o’tkazish uchun) lozim. Uchinchidan, mehmonxonada telegraf, telefaks, nusxa ko’chirish va ko’paytirish apparatlari, shuningdek, moliyaviy ta‘minot xizmatlari ishlashi kerak.
Hordiq chiqarishga mo’ljallangan mehmonlarga qo’yiladigan talablar rasmiy mehmonxona tizimidan quyidagi tomonlari bilan farqlanadi:
shovqinli shahar markazlaridan uzoqdagi ko’kalamzorlashtirilgan hududlarda joylashganligi;
horgiq chiqarish va sport bilan shug`ullunish joylarining mavjudligi. Jahon amaliyotida bir tunash joyining o’lchami 150 - 250 kv. m.ni tashkil etadi.
Yevropa mamlakatlari tajribalari. Shveysariyada alohida ommaviylikka ega Yevropaning eng yuqorida turuvchi oteli tog’larda 3452 m. balandlikda joylashgan va u yil bo’yi ishlaydi. Otelning tiklanishidan keyin 1955 yilda Fridrix Shiller o’limining 150 yilligini nishonlashga Shvesariyadan kelgan ajoyib yozuvchi Tomas Mann o’z ismini alfavit kitobchasiga yozgan birinchi kishi bo’ldi. Shuningdek, Germaniyada qadimgi otellar va restoranlar soni juda ko‗pni tashkil etadi. Asosan, Veymar shahridagi ―Elefant otelini aytib o’tish lozim, chunki u 1521 yilda tashkil qilingan. Unda hamma zamon va halqlarning ko’plab mashhur kishilari to’xtagan, yozuvchilar esa o’zining qahramonlari Veymarda va albatta shu otelda istiqomat qilishlarini yozganlar.
Yevropa mamlakatlarida boy xaridorlar orasida dam olishni Fransiya, Ispaniya, Italiya, Angliyadagi aristokrat saroylarida o’tkazish moda tusiga kirdi. Saroy egalari odatdagidek juda yuqori titulli shaxslar, lekin daromadlarni ko’paytirishga muhtojlar, mehmonlarga ―mulk illyuziyasi‖ni sotishadi. Turistik biznesning bu turi ochiq holda reklama qilinadi hamda qasr ijaraga berilayotgani haqida maxsus kanallar orqali bilib olishadi. Shu bilan birga, 1533 yilda Parijda ochilgan ―Turdargent restorani eng birinchi restoran hisoblanadi. Ikki asr davomida, u nafaqat Parijda, balki butun Fransiyada ajoyib mehmonxona bo’lib kelgan. O’shanda u Bael ko’chasidagi 24 soat ishlaydigan taverniyani boshqarar edi.

Download 365.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling