«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet39/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Termik kuyish va uni davolash. Havonlarda kuyish ko‘proq molxonalar yonib ketganda, kamroq qaynoq suyuqliklar va bug‘lar ta’sirida kuzatiladi. Kuyishning chuqurligiga qarab Kreybix 5 ta darajaga, B.M. Olivkov esa 4 ta darajaga ajratadi. Klinik va morfologik tekshirishlar natijasida 5 ta darajaga ajratish mumkin, bu esa hayvonni davolashga va kasallik kechishini aniqlashga imkon beradi.
Birinchidarajali kuyish, kuchli og‘riq, epidermisning yuqori qatlamining shikastlanishi va terida shish yaqqol namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Alanga ta’sirida hosil bo‘lgan kuyishda junlar ko‘mirsimon massaga aylanadi, uning ostiga 1-2 mm qalinlikdagi junlar terida saqlanib qoladi.
Ikkinchi – darajali kuyishda kuchli og‘riq kuzatilib, epidermisning hamma qavatlari va qisman terining so‘rg‘ichsimon qavati shikastlanadi. Bug‘, suv va boshqa suyuqliklar ta’sirida chuchqa va itlarda kuyish hosil bo‘lsa, terida har xil kattalikdagi pufakchalar oldin rangsiz yoki sariq, keyinchalik loyqasimon bo‘ladi, pufakchalar ichida seroz suyuqlik to‘planadi. Ot va yirik shoxli hayvonlarda, pufakcha ahyon-ahyonda hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan pufakchalar yoriladi, o‘rnida yarachalar hosil bo‘ladi, agar u yer mikroblar bilan ifloslansa og‘ir asoratlar keltirib chiqaradi.
Uchinchi – darajali kuyishda epidermisning hamma qatlamlari va so‘rg‘ichsimon qavat quruq nekrozga aylanadi. Alanga ta’sirida hosil bo‘lgan kuyishda jun, epidermis butunlay ko‘mirga aylanadi, so‘rg‘ichsimon qavat va jun piyozchasi epiteliysining ayrim qismlari nekrozlanadi. Kuyishdan keyin, teri kauchuksimon konsistensiyaga ega bo‘lib, teri osti kletchatkasida shish paydo bo‘ladi.
To‘rtinchi – darajali kuyishda jun ko‘mirga aylanadi, teri kuyib nekrozlanadi, teri osti kletchatkasi, fassiya, hatto yuqorida joylashgan mushaklar ham nekrozlanadi. Asta-sekin teri va chuqurda joylashgan to‘qimalarda keng shish hosil bo‘ladi.
Beshinchi – darajali kuyishda hamma yumshoq to‘qimalar, hatto suyak ham ko‘mirga aylanadi. Bu darajali kuyish ko‘pincha bosh oblastida kuzatiladi, chunki yumshoq to‘qimalar bosh oblastida suyakga yopishib turgan bo‘ladi. Qimmatli hayvonlar bo‘lsa, chegaralangan kuyish bo‘lganda davolash mumkin.
Kuyish natijasida mahalliy o‘tkir yallig‘lanish rivojlanadi. Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda seroz va sero-fibrinoz yallig‘lanish rivojlanadi.
Uchinchi darajali kuyishda yiringli demarkasion yallig‘lanish rivojlanib, o‘lgan to‘qima ostida granulyasiya juda sekin o‘sadi (100 kungacha). Birinchi darajali kuyishda ham agar kuyish maydoni 10 % yoki undan ortiq bo‘lsa organizmda kuchli intoksikasiya kuzatiladi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling