«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
-Mavzu: TERMIK VA KIMYOVIY SHIKASTLANISHLARNI DAVOLASH
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning o‘tilish uslubi.
10-Mavzu: TERMIK VA KIMYOVIY SHIKASTLANISHLARNI DAVOLASH.
Darsning maqsadi. Talabalarga kuyishning har xil darajalarini differensasiya (qiyosiy diagnoz) qilish, kerakli davolash usullarini belgilash va uni amalga oshirishni o‘rgatish. Jihozlar, asbob-uskunalar, hayvonlar. Kuyish klassifikasiyasi (tasniflanishi) sxemasi, kuygan hayvonlar rasmi va surati diafilmlar. Termometr, skalpellar, pinsetlar, qaychilar, igna ushlagich, igna, shprislar, bog‘lovchi jihozlar, kley, chizg‘ich, sellofan, 5 % li yod eritmasi, 1 % li novokain, 0,5 % li nashatir spirti, 1:1000 rivanol, 5 % li brilliant ko‘ki, 5 % li kaliy permanganat, 960 spirt, streptosid kukuni, antibiotiklar, Vishnevskiy malhami, kuyish kasalligini oldini olishda ishlatiladigan zardoblar: poliglyukin, reopoliglyukin va boshqalar, kasal hayvonlar ot, qoramol va it. Darsning o‘tilish uslubi. Darsni stasionar yoki ambulator davolashda saqlanayotgan hayvonda o‘tkazish tavsiya qilinadi. Dars boshida o‘qituvchi talabalardan o‘tgan mavzuni so‘raydi. So‘ngra yangi mavzuni boshlab, kuyishni keltirib chiqaruvchi sabablarni, uning darajasini klinik belgilarini va davolash tadbirlarini tushuntiradi. Talabalar kasal hayvonlarning anamnez ma’lumotlarini to‘playdi va patologik jarayonni to‘liq o‘rganadi. So‘ngra klinik belgilarini, maydonini, to‘qimalarning shikastlanish darajasini, kuygan joylardagi o‘zaro tafovutlarni solishtirib, kuyish darajalarini aniqlaydilar. Ot va qoramollarda ikkinchi darajali kuyishda o‘ziga xos bo‘lgan belgilar to‘lig‘icha uchramaydi. Itlarda esa pufakchalar hosil bo‘lganligi to‘liq ko‘rinib turadi. Termik va kimyoviy kuyishlarning klinik belgilarini solishtirib, hayvon organizmiga kuyish shikastlanishining umumiy ta’siri aniqlanadi, kuyish darajasi va maydoniga qarab uning oqibati belgilanadi. Hayvonning harorati, pulsi va nafas olishi o‘lchanadi. Klinik tekshirishlar asosida kasallik dignozi va oqibati aniqlanib, davolash belgilanadi. Zarur bo‘lganda nekrozlangan (o‘lgan) to‘qimalar olib tashlanadi (nekrektomiya) va teri transplantasiyasi (terini ko‘chirish) o‘tkaziladi. Yuqori harorat va kimyoviy moddalar ta’sirida teri va chuqurda joylashgan to‘qimalarning shikastlanishiga kuyish deb aytiladi. Kuyish qo‘yidagilarga bo‘linadi: 1. Termik 2. Kimyoviy 3. Termo-kimyoviy 4. Nur ta’sirida Termik kuyish to‘qimalarning quruq nekrozlanishi bilan xarakterlanadi. Kimyoviy kuyish to‘qimalarning ho‘l (kollikvasion) yoki quruq (koagulyasion) nekrozlanishi bilan xarakterlanadi. Kuyish mahalliy ta’sir etishi bilan birga organizmda umumiy o‘zgarishlarni,ya’ni kuyish kasaligini keltirib chiqaradi. Termik kuyishning og‘irligi, ta’sir etuvchi faktorning davomliligiga va shikastlangan maydonning kattaligiga, shu bilan birga to‘qimalarning buzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Qancha katta maydon shikastlansa, mahalliy va umumiy o‘zgarishlar shuncha kuchli namoyon bo‘ladi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling