«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik belgilari .
Limfoekstravazat.
Limfoekstravazat – to‘qimalar qatlamlari oralig‘ida shikastlangan limfa tomirlaridan sidirilib oqqan suyuqlikka to‘lgan bo‘shliqqa aytiladi. Limfoekstravazatlar shox, tuyoqlarning siljuvchi ta’siri bilan urilishlarida, sirg‘anib yiqilganda, hayvonni yiqitib sudraganda to‘qimalarni egar-jabduq, kichik xomut va boshqa mexanik taasurotlar bilan o‘z joyidan siljitganda, to‘qima qatlamlari ochilib, limfa tomirlar va mayda qon tomirlar yoriladi. Limfoekstravazatlar – bo‘lishi mumkin; yuzaki (teri ostida) va chuqur (fassiya va mushak oralig‘i) katta hayvonlarda ko‘pincha ko‘krak va qorin devorining yonbosh tomonida, oyoqlarning yuqori qismlarida va yag‘rinida uchraydi. Klinik belgilari. Teri ostidagi hosil bo‘lgan yuzaki limfoekstravazatlarda 3-4 kunga borib, chegarlangan, flyuktuasiya beruvchi suyuqlik to‘planadi,keyinchalik kengaya boradi uning pastki qismi suyuqlikka to‘la xaltaga o‘xshab shishib qoladi (8 litr). Pastki tomonidan bosganda, suvga o‘xshab yuqori chegarasigacha ko‘tariladi. Sekin urib qo‘yilsa to‘lqinlanuvchi harakat seziladi (undulyasiya beradi). Punksiya qilinganda limfa suyuqligi chiqadi. Chukur limfoekstrvazatlar – shish bir necha vaqt o‘tgandan keyin aniqlanadi. Chegarasi noaniq, tashqi devor biroz taranglashgan. Gemolifoekstravazatlar bo‘lsa 4-6 kunga borib fibrozli g‘ijirlash sezilib, punksiyada ekssudat rangi qizg‘ishroq bo‘ladi. Limfoekstravazatlarda og‘riq reaksiyasi, mahalliy va umumiy harorat kam kuzatiladi. Davolash – kasal hayvonga to‘lig‘icha tinchlik barqaror qilish kerak, aktiv harakat limfa oqishini 5 martagacha oshirib yuboradi. Sovuq qo‘llash man etiladi – chunki limfa oqishini kamaytiradi, teri ostida nekroz chaqirilishiga olib keladi. Aksincha issiq muolajalar limfa quyulishini tezlashtiradi. Spirtli qurituvchi bog‘lamlar qo‘yish. Punksiya qilinib suyuqlik chiqarilgandan keyin, bo‘shliqqa 1-2% li yodning spirtdagi eritmasi yoki 0,25% li formalinning spirtdagi eritmasini yuborib, qisuvchi bog‘lamlar qo‘yiladi. Diffuzli limfoekstravazatlarda bu davolash yaxshi natija bermaydi. Davolashning radikal usuli operasiya o‘tkazilib, jarohatga qotiruvchi va kuydiruvchi moddalar qo‘llash zarur. Ularning ta’sirida to‘qimalar qotadi, yallig‘lanish kuchayadi, granulyasiya boshlanib, uzilgan limfa tomirlarning teshiklari yopiladi, tromboz hosil bo‘ladi. Operasiya o‘tkazish texnikasi – operasiya maydoni tayyorlangandan so‘ng, terining shikastlangan qismi (tomirlar uzilgan) vertikal yo‘nalishda 5-10 sm kesiladi. Pastidan suyuqlik to‘plangan joydan yana shu usulda kesiladi, suyuqlik oqizilib yuboriladi, fibrin laxtasi olib tashlanadi. Bo‘shliqni antiseptik eritma bilan yuvib, yuqoriga kesilgan joyidan 5-10% li yodning spirtdagi eritmasi, to‘yingan kaliy permanganat eritmasida yoki Olivkovning spirt-formalinli eritmasiga (spirt 96-1000) formalin – 1,0, yod -1, marli botirilib, jarohatga to‘liq yozib qo‘yiladi. Jarohatni tikmasdan ustidan yodoformli salfetka bilan yopib, bandaj yoki bog‘lam qo‘yiladi. Doka ikki kundan keyin olib tashlanadi. Limfa oqishi to‘xtamasa muolaja yana takrorlanadi. Kichik limfoekstravazatlarda bir joyidan kesib, bo‘shliq ichi salfetka bilan quritilib, margansovka va borat kislotasi 1:10-20 kukunlarini sepib, tikiladi va qisuvchi antiseptik bog‘lam qo‘yiladi. Klinik tuzalish jarayoni yangi boshlangan bo‘lsa 10-15 kunda, kechikkan hollarda 18-22 kundan keyin tuzaladi. Limfa oqishi operasiya qilingach, 5 kundan keyin to‘xtaydi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling