«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Terining anatomo-fiziologik xususiyatlari


Download 228.51 Kb.
bet33/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Terining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Teri boshqa to‘qimalarga qaraganda alohida elastiklikka va mustahkamlikka ega. Mexanik taasurot oqibatida teri tagida yotgan to‘qimalar va organlar uzilib yoki cho‘zilib ketganda ham, uning anatomik butunligi saqlanib qoladi. Bu birinchi navbatda terining tuzilishiga elastik va kollagen strukturalari hamda epidermis shox qavatining joylashishiga bog‘liq bo‘ladi.
Teri uch qatlamdan: tashqi epidermal – shox (epidermis), xususiy teri derma va teriosti yog‘ (gipoderma)dan iborat.
Epidermis – tashqi qatlam ko‘p qavatli yalpoq epiteliydan derma yoki xususiy teri – surg‘ichsimon qatlam va xususiy dermadan iborat. Gipoderma – yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, terini pastda joylashgan to‘qimalar bilan biriktiradi. Bu qatlamda hayvon semirganda yog‘ to‘planadi, organizm va tashqi muhit orasida issiqlik almashinuvini regulyasiya qilishda katta ahamiyatga ega. Terida jun piyozchalari, yog‘ va ter bezlari joylashgan.
Shikastlanmagan teri mikroorganizmlar, ularning toksinlari va boshqa tashqi omillar ta’siriga chidamli va yetarlicha mukammal anatomofiziologik baryer hisoblanadi. Sog‘lom teridan gaz shaklidagi moddalar, epidermal qatlamning lipoidlarini erituvchi ximiyaviy moddalargina so‘riladi. Teri antitela va boshqa himoyalovchi moddalar ishlab chiqarib, organizmga tushgan infeksiya bilan kurashishda aktiv ishtirok etadi. Terining bu xususiyatini Gofman ezofilaksiya, ya’ni «ichki himoya» (zashita vovnutr) deb atagan.
Teri epidermisi o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, ter va yog‘ bezlari ishlab chiqargan moddalar bilan yog‘lanish tufayli, organizmning ichki muhitiga kirib qolishining oldi olinadi.
Teri bezlari orqali organizmda moddalar almashinuvidan hosil bo‘lgan mahsulotlar va mikrob toksinlari tashqariga chiqariladi. Ter bilan suv va 1-2% unda erigan tuz va boshqa moddalar natriy xlorid, kaliy xlorid, kalsiy tuzlari, fosfor va oltingugurt birikmalari, kamroq oqsil va uning parchalanishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar (mochevina, siydik kislotasi, ammiak) ajraladi. Terining reaksiyasi kam achchiq (rN 6,7-6,8) yoki kamroq ishqorli (rN-8,5) bo‘ladi. Yog‘ bezlari yog‘simon moddani ishlab chiqaradi (qo‘ylarda jirapot) boshqa hayvonlarda teri yog‘i deyilib, tarkibida mineral moddalar, oqsil va xolesterin hamda triglisiridlardan tarkib topgan yog‘dan iborat. Teri yog‘i epidermisning maserasiya (ishqalanib yumshab qolishi)dan, qurib qolishdan, terini yorilishdan va tanadagi suvni bug‘lanishidan saqlaydi.
Mexanik va boshqa shikastlanishlarga terining mustahkamligi va himoya xususiyati, uning qalinligiga, jun qoplamasining zichligi va o‘siqligiga bog‘liqdir. Tananing har xil qismida teri qalinligi, junning zichligi va o‘siqligi har xildir. Eng qalin va mustahkam teri (axtalanmagan) buqalarda 13 mm.gacha, otlarda 3-5 mm, (ayg‘irlarda biroz qalin) qo‘y va echkilarda eng yupqa 0,5-3 mm.gacha. Mexanik shikastlanishlarga terining chidamliligi va qarshilik ko‘rsatish qobiliyati, teri asosining o‘ziga xos tuzilishiga ham bog‘liq. Uning kollagenli va elastikli tolalari har xil yo‘nalishlarda bir-biriga chirmashib (chalkashib) ko‘p sonli burmalar va mustahkam chalkashishlar hosil qiladi. Bu hammasi o‘z navbatida teri asosiga alohida mustahkamlik, hamma yo‘nalishda cho‘ziluvchanlik, elastiklik, buferlik va zichlik yaratadi. Tashqi muhitning barcha, ya’ni terining fiziologik qarshilik ko‘rsatish xususiyati chegarasidan chiquvchi shikastlovchi omillari uning chidamliligini pasaytirishga olib keladi. Ko‘pchilik ichki surunkali kasalliklar gepatit, gastritlar, enteritlar, buyrak kasalliklari ham terining himoya ko‘rsatkichining pasayib ketishiga sharoit yaratadi. Terida kuzatiladigan patologik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yopiq shikastlanishlar jarayonida, davolashni to‘g‘ri tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.
Biz yuqorida qayd qilganimizdek, yopiq shikastlanishlarning asosiy turlari bo‘lib: lat yeyish, qisilish, chayqalish, cho‘zilish, uzilish, chiqish va sinishlardir. Ko‘pchiliklarining oqibatida og‘ir asoratlar yuzaga keladi. Masalan: yiringli prosesslar, sepsisga olib kelishi, shok, hayvonni majburiy so‘yish, o‘limga olib kelish va hokazolar. Natijada xo‘jalikga yoki fermaga katta iqtisodiy zarar keltiradi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling