«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


-Mavzu:YUMSHOQ TO‘QIMALARNING YOPIQ SHIKASTLANISHLARINI DAVOLASH


Download 228.51 Kb.
bet32/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

9-Mavzu:YUMSHOQ TO‘QIMALARNING YOPIQ SHIKASTLANISHLARINI DAVOLASH.


Darsning maqsadi. Talabalarga har xil darajadagi yopiq shikastlanishlar oqibatida kelib chiqadigan asoratlar gematoma va limfoekstravazatlarni aniqlash va davolash usullarini o‘rgatish.
Jihozlar asbob-uskunalar va hayvonlar. Jadvallar, har xil yopiq shikastlanish jadvallari, sterilizator, har xil kerakli xirurgik asboblar, shpris va ignalar, bog‘lovchi va tikuvchi jihozlar, 0,5%li nashatir spirti eritmasi, yod eritmasi, 1:1000 yodlangan spirt, rezinali xalta (muz, qor, sovuq suv) har xil so‘rib oluvchi malhamlar, lat yegan, gematoma va limfoekstravazat bilan kasallangan hayvonlar.
Darsning o‘tilish uslubi. O‘qituvchi birinchi soatda yopiq mexanik shikastlanishlar, lat yeyishlar gematoma va limfoekstravazatlar to‘g‘risida tushuncha beradi. Ikkinchi soatda talabalar gematoma va limfoekstravazat bilan shikastlangan hayvonlarni tekshiradi, klinikasini o‘rganadi va davolash muolajalari o‘tkazadi. Dars oxirida o‘qituvchi xulosa qilib savollarga javob beradi.
Organ va to‘qimalarning yopiq mexanik shikastlanishlari juda xilma-xildir. Ular hamma turdagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida uchrab, ayniqsa hayvonlarni zich saqlaganda, bog‘lamasdan boqish usulini qo‘llaganda, chakalakli yaylovlarda boqqanda va avtoulovlarda tashilganda uchraydi.
Yopiq mexanik shikastlarning joylashishiga va og‘irligiga qaramasdan terining anatomik butunligi va uzluksizligi, uning elastikligi hisobiga saqlanib qoladi. To‘qima va organlarning shikastlanishi birgina tashqaridan ta’sir qilgan mexanik omillar manbaida uchrabgina qolmay, balki bu manbadan uzoq joylarda ham kuzatiladi. Bunday hollarda mexanik kuch organ yoki uzoqda yotgan to‘qimalarga ta’sir qilib o‘zgarishlarga olib keladi.
Yopiq shikastlanishlar 2 turga bo‘linadi:
1. Yumshoq to‘qima va organlarning yopiq shikastlanishlari.
2. Suyak va bo‘g‘imlarning yopiq shikastlanishlari.
Yumshoq to‘qimalarning yopiq shikastlari – lat yeyish, cho‘zilish, uzilish, chayqalish va qisilishga bo‘linadi, suyak va bo‘g‘imlarda sinish va chiqishlar kuzatiladi.
Yopiq shikastlanishlar darajasi mexanik taasurotning kuchi va tezligiga hamda to‘qimalar anatomik strukturasi (tuzilishi) xususiyatlariga ya’ni elastikligiga, buferligiga, funksional holatiga va boshqalarig bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p hollarda mexanik va boshqa shikastlovchi faktorlar hayvon organizmiga uning terisi orqali ta’sir qiladi. Teri organizmning tashqi va ichki muhiti oralig‘ida o‘ziga xos baryer hisoblanadi. Terining anatomo-fiziologik tuzilishi va o‘ziga xos himoya xususiyati, shikastlanish xarakteri va jarayonning kelgusi kechishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling