«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
Davolash.
Lat yeyishlarni davolash qo‘yidagi prinsiplarga asoslanadi: 1. Hayvonga tinchlik barqaror qilish; 2. Infeksiya asoratining oldini olish; 3. Shish hosil bo‘lish, qon va limfa qo‘yilishining oldini olish. Hamma hollarda shikastlangan manbadagi teriga yodning spirtdagi eritmasi, septoneks yoki 5%li kaliy permanganat eritmasi bilan ishlov berish. Ikkinchi darajali lat yeyishda, birinchi kuni qisuvchi bog‘lam, sovuq va qotiruvchi moddalar surtish bilan olib boriladi. (Burov suyuqligi). So‘ngra spirtli qurituvchi bog‘lamlar, issiq muolajalar, so‘rib oluvchi malhamlar, shish va infiltratlarda massaj tavsiya etiladi. Gematoma va limfoekstravazatlarni davolashda operativ usuldan foydalaniladi. Uchinchi darajali lat yeyishlarda spirtli qurituvchi bog‘lamlar, kompresslar va boshqa issiq muolajalar, antiseptiklar, antibiotikli-novokain qamallari qullaniladi. Shok xavfi bo‘lganda – shokka qarshi preparatlar, Asratyan suyuqligi ishlatiladi. To‘rtinchi darajali lat yeyishda hayvonni majburiy so‘yish yoki o‘lgan to‘qima va organni kesib tashlash tafsiya qilinadi. Gematoma. Gematoma – ko‘proq yumshoq biriktiruvchi to‘qimalar orasiga yopiq qon quyyulish bo‘lib, qonga to‘lgan patologik bo‘shliqlar hosil bo‘lishiga aytiladi. Gematomalar lat yeyishning ikkinchi darajasida, suyaklar singanda otilgan jarohatlarda, arteriya va katta qon tomirlarining butunligi buzilganda, tomirlarni katta diametrli ignalar bilan teshib qon olganda qon oqishlar to‘liq to‘xtatilmaganda kuzatiladi. Gematoma kelib chiqishiga qarab – arterial, venozli, aralash va pulsasiya beruvchilarga bo‘linadi. Joylashishiga qarab – teri osti, fassiya osti, mushak oralig‘i, organlar ichida, bosh suyagi bo‘shliqlarida, qorin bo‘shlig‘ida va bo‘g‘im ichida bo‘lishi mumkin. Tarqalishiga qarab chegaralangan, diffuzli va har xil kattalikda bo‘ladi. Patogenezi. Tomirdan oqib chiqayotgan qon atrof to‘qimalarga so‘rilishi bilan bir qatorda shikastlanish oqibatida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldiradi. Qon to‘planish jarayonida, to‘qimalar qatlamlarini bir-biridan ajrata boshlaydi. Qonning tomirdan chiqishi, qon to‘planayotgan bo‘shliqdagi qonning bosimi, qon tomir bosimiga teng bo‘lgandan keyin to‘xtaydi. Shu sababli arteriya qon tomiridan hosil bo‘lgan gematomalar, vena gematomasiga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Shunday qilib, gematomaning kattaligi va hosil bo‘lish tezligi qon oqayotgan tomirning kattaligiga, qon bosimiga, qonning ivish tezligiga, to‘qimalar va organizmning funksional holatiga bog‘liq bo‘ladi. Qon oqishning o‘zidan-o‘zi to‘xtashi shikastlanish oqibatida uzilgan tomirlar cho‘zilib, buralib qalin to‘qimalar orasiga kirib qoladi. Ularning bo‘shliqlari tomirlarning intimasi chiqishi oqibatida tiqilib qoladi va tromb hosil bo‘ladi. Agarda tomirning uzilgan joyidan yuqoriroq qismida yorilgan bo‘lsa pulsasiyalanuvchi gematoma hosil bo‘ladi. Keyinchalik bo‘shliqda qon ivib, fibrin tagiga cho‘kadi va biriktiruvchi to‘qimalar o‘sib ketadi. Infeksiya asorat bersa abssess yoki flegmona rivojlanadi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling