«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
Lat yeyishlar.
Lat yeyishlar – to‘qima va organlarning yopiq mexanik shikastlanishlari bo‘lib, terining anatomik butunligi saqlanib, uning qon tomirlari va ayrim elementlari strukturasi buzilishiga aytiladi. Lat yeyishlar tananing barcha qismlarida uchrab, ko‘proq oyoqlarda, yelkada ko‘krak va qorin devorlarida uchraydi. O‘tmas jismlar bilan har xil kuchda ta’sir qilish: shox, tuyoqlar, harakatdagi mexanizmlar ta’sirida, yiqilish, qisilish, vagon va avtoulovlarda tashilganda, sigirlar va yosh hayvonlarni shoxsizlantirmasdan, bog‘lamasdan boqqanda, ayniqsa yangi tashkil qilingan guruhlarda ko‘p sonli lat yeyishlar uchraydi. Lat yeyishlar yoki shikastlanishlarning og‘irligi va chuqurligi, ta’sir qilayotgan mexanik omillarning kuchiga, tezligiga, yo‘nalishiga, ta’sirlanayotgan tana maydonining kengligiga, organ va to‘qimalarning xarakteriga, funksional holatiga, hamda hayvonning oriq-semizligiga bog‘liqdir. Yumshoq to‘qimalar suyak va ta’sir qilayotgan predmetlar oralig‘ida qolib qattiq lat yeyishi mumkin. Lat yeyishlar organizmning mahalliy va umumiy reaksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Ta’sir qiluvchi kuch, to‘qima va organlarda yuzaga kelgan shikastlanishlarga bog‘liq holda lat yeyishlar 4- ta darajaga bo‘linadi. Birinchi darajali lat yeyishlar. Strukturasining shikastlanishi bilan kuzatilib, teri va teri osti kletchatkasidagi kichik qon va limfa tomirlarining uzilishi. Teri va teri osti kletchatkasida mayda chegaralangan yoki tarqalgan qon quyulishlar yoki to‘lig‘icha gemorragik infiltrasiya, keyinchalik travmatik shish hosil bo‘lib, aseptik yallig‘lanish boshlanadi, asta-sekin ekssudat so‘rilib ketadi. Tashqi ko‘rinishdan lat yegan joyda uncha katta bo‘lmagan kam og‘riqli shish, epidermisning tirnalishi. Terining pigmentsiz joyida nuqtasimon qon quyulishlar, dastlab qizil rangda, 1-2 kundan so‘ng ko‘kimtir qizg‘ich, 3-kunda mala, keyin sarg‘imtir ranga o‘tib, 10-20 kundan keyin yo‘qoladi. Ikkinchi darjali lat yeyishlar. Kuchliroq mexanik shikastlovchilar ta’sirida yuzaga keladi. Teri va teri osti to‘qimalarida sezilarli darajada o‘zgarishlar kuzatiladi. To‘qimalarning bir-biridan ajralishi, uzilishi, katta qon tomirlar butunligining buzilishi kuzatilib, to‘qimalar orasiga qon va limfa quyiladi, gematoma va limfoekstravazatlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Lat yegan joyda travmatik shish paydo bo‘ladi, aseptik yallig‘lanishga atrofdagi sog‘lom to‘qimalar ham jalb qilinadi. Infeksiya tushish xavfi tug‘iladi. Regenerasiya sekin boradi, to‘plangan qon va limfa sekin so‘riladi. To‘qimalar parchalanishidan hosil bo‘lgan moddalar so‘rilib, autointoksikasiya boshlanadi. Bo‘g‘imlarda bo‘lsa gemartroz, qorin bo‘shlig‘ida-dabbalar paydo bo‘ladi. Har xil kattalikdagi og‘riqli shishlar, flyuktuasiya beradi, terida tirnalish, qon qo‘yilishlar, oyoqlarda oqsashlar, chiqish, oyoqlar cho‘zilishi, funksiya buzilishi, qisqa vaqt tana haroratining ko‘tarilishi 4-6 kunga borib, bu belgilar kuchayib borsa, infeksiya asoratidan darak beradi. Aseptik holarda gematoma va limfoekstravazat belgilarigina qoladi. Uchinchi darajali lat yeyishlar. Kuchli urilishlar oqibatida yuzaga kelib, birgina to‘qimalarda ajralishlar, uzilishlar, qon, limfa tomirlar va nerv tolalarida uzilishlardan tashqari, qisman va to‘liq ezilishlar yuzaga keladi. Bunda teri shikastlanishidan tashqari, suyaklar sinishi, bo‘g‘imlar chiqishi, chayqalish va ichki organlarda uzilishlar kuzatiladi. Bu darajali lat yeyishlarda manba atrofidagi to‘qimalarda ham shikastlanish kuzatiladi. Ezilgan to‘qimalar nekrozga uchraydi. Teri orqali tushgan patogen mikroblar og‘ir asoratlarga olib keladi. Organlar funksiyasi buziladi, chiqish, sinishlar, terida qon quyyulishlar kuchli og‘riqli reaksiya, shok yoki falajlanishlar kuzatiladi. Infeksiya tushsa abssess, flegmona, gazli gangrena, intoksikasiya va sepsisga asorat beradi. Boshdagi suyaklar yorilishi, miya chayqalishi va nervlar falajlanishi, kuzatiladi. To‘rtinchi darajali lat yeyishlar. Mexanik kuch ta’sirida manbadagi yumshoq to‘qimalar to‘lig‘icha ezilgan, suyaklar maydalanib singan, teri butunligi saqlanib qolgan bo‘lib, tananing ezilgan joyidan periferiyadagi arim to‘qimalar o‘ladi, og‘ir asoratlarga olib keladi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling