«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet45/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Klinik belgilari.Palpasiya bilan qattiq chegaralangan g‘adir-budir yoki silliq suyak seziladi. Funksional buzilishlari suyaklashish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Davolash. Hayvon ishdan ozod qilinadi, mahalliy parafin, ozokerit applikasiyasi qullaniladi. O‘tkir qo‘zg‘atuvchi va kuydiruvchi dorilar surtiladi, ekzostozlar ichiga yodning spirtli eritmasi yoki sulema yuboriladi, qoramollarga ikki xromli kaliy malhami 2 kunga bir marta surtiladi va chuqur kuydirish usullaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda periostomiya(suyak ustki pardasini ekzastoz bilan birga olib tashlash) o‘tkaziladi.
Suyak nekrozi (necrosis ossis) – suyaklarning o‘lishi. Suyak to‘qimalarining turli qavatlarida yiringli yallig‘lanishlardan kelib chiqadi (yiringli periostit, ostit, osteomiyelit), fizik faktorlardan: sovuq qotish, kuyishlar chaqiradi.
Kasallik rivojlanishiga qarab: to‘liq nekroz va qisman nekrozga uchrashi mumkin, yuza joylashgan yoki chuqur bo‘lishi mumkin.
Suyakda chuqur qon aylanishining buzilishi, ya’ni qon tomirlar trombozi yoki suyak qobig‘i va introostol tomirlarini buzilishi natijasida suyakda modda almashinuvi buziladi. Suyak nekrozining darajasi qon tomir kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Yallig‘lanish darajasiga qarab: kortikal, markaziy va total bo‘lishi mumkin.
Davolash.Nekrozga uchragan suyak kesib olib tashlanadi.
Kariyes – chegaralangan mayda donador parchalanib boruvchi va suyak ustida yara hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Suyak atrofida o‘tkir va surunkali kechadigan yiringli yallig‘lanishlar natijasida va ayrim hollarda infeksion kasalliklar asorati, (tuberkulyoz, aktinomikoz)oqibatida paydo bo‘lishi mumkin. Otlarda bursit, kurak usti payining nekrozi kasallikni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kariyes nekrozi xususiy turi, qaysikim yumshoq to‘qimalarning yiringli yallig‘lanishi suyak atrofida bo‘ladi, ayniqsa infeksion kasalliklarda (tuberkulyoz, aktinomikoz). U uzoq muddat yallig‘lanib, suyakka o‘tadi va butun suyakni shikastlaydi, ayrim hollarda qo‘shni suyaklarga ham o‘tadi. Shuning uchun ham kariyesni suyak yarasi yoki suyak yeyilishi deb aytiladi.
Davolash.Oqma yo‘llar ochilib, o‘lgan to‘qimalar olib tashlanadi va yiring chiqib ketishi uchun yo‘l ochiladi. Kariyesga uchragan tishlar sug‘urib tashlanadi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling