Fibrozli periostit (Periostitis fibrosa). Kasallik fibroz biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi bilan xarakterlanib, asosan oyoqlarning distal qismida rivojlanadi, (tushov, yumaloq va kaft suyaklarida). Bir necha bor qaytariladigan ta’surotlar, atrof to‘qimalarning surunkali yallig‘lanishi va boshqa omillar bu kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik qizarishdan boshlanadi, leykositlar emigrasiyasi va suyuqlik ajralishi bilan boshlanib, fibrinogen to‘planadi, suyak qobig‘ida og‘riq seziladigan shish paydo bo‘ladi. Qon tomirlar o‘tkazuvchanligi juda oshib ketadi. Ekssudat suyak qobig‘i to‘qimalarini to‘yintiradi, suyak po‘stlog‘i o‘sib fibrin ichiga o‘sa boshlaydi, shu tufayli shish va qattiq og‘riq paydo bo‘ladi.
Klinik belgilari.Chuqur palpasiya bilan teri ostiga yumshoq to‘qimalarda qattiq chegaralangan shish seziladi, mahalliy harorat bo‘lmaydi. U ayniqsa katta qon va nerv tomirlari, pay va bo‘g‘inlar atrofida joylashsa funksiya buziladi.
Davolash.Qayta ta’sirlanishdan asrash kerak va ekssudatni qayta so‘rilishini ta’minlash zarur. Shuning uchun kasallik boshlanishida issiq muolajalar va o‘tkir qo‘zg‘atuvchi malhamlar qo‘llaniladi, yod preparatlari bilan ionofarez qilinadi va termokauterlar yordamida nuqtali kuydiriladi.
Suyaklashuvchi periostit – suyak o‘sishi bilan xarakterlanadi, suyak asosan suyak qobig‘idan o‘sadi. Suyak yallig‘lanishi suyak qobig‘idan va suyak ichidan boshlanadi.
Suyaklashuvchi periostitlar mexanik ta’surotlar, lat yeyishlar, suyak sinishlari, suyak yorilishlari, suyak bog‘lamlari uzilishlari va atrof to‘qimalarida abssess va flegmonalardan kelib chiqadi.
Suyaklashuvchi periostit suyakning qobig‘i yallig‘lanishi va suyakning ostoplastik yallig‘lanishidan kelib chiqadi va avval fibroz, so‘ngra esa tog‘ayga va keyinchalik suyakka aylanib borishi bilan xarakterlanadi.
Suyakka aylanish darajasiga qarab, giperostoz – keng suyak o‘sishi bo‘lib bunda suyak ustiga o‘sadi, bundan tashqari – ekzostoz va osteofitlarga o‘xshagan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |