«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi
Download 228.51 Kb.
|
Vet xirurgiyasi amaliy
Oyoqlarning erkin holatdagi oqsashi. Harakatlantiruvchi mushaklarning kuchli og‘rishi oqibatida yuzaga keladi. Oyoqni ko‘taruvchi va oldinga o‘tkazuvchi mushaklar kasallanganda; kasal oyoqning joyini sekinlik bilan o‘zgartiradi, yerdan yetarlicha ko‘tarib ololmaydi, hayvon kasal oyog‘ini oldinga o‘tkazmasdan, suyanib turgan sog‘lom oyoq yaqiniga qo‘yadi va qadamning oldingi kesigi kichrayadi.
Oyoqlarning tayanch holatdagi oqsashi. Oyoqqa og‘irlik tushgan davrda og‘riq kuchayib, oyoqni yerdan ko‘tarib olguncha davom etadi. Bu oqsash ko‘pincha tuyoqning barcha kasalliklarida, barmoq suyaklari singanda (kunjutsimon), muvozanatni (tayanchni) saqlovchi apparatlarning paylari uzilganda, mushaklar ishini boshqaruvchi nervlar falajlanganda kuzatiladi. Bu turdagi oqsashda hayvon qadamining orqangi kesigi kichraygan bo‘ladi. Og‘riq kuzatilishi natijasida og‘riyotgan oyoqqa suyanganda hayvon shu fazani qisqartirishga harakat qiladi, sog‘lom oyoqni oldinga, uni kasal oyoqqa yaqin qo‘yadi, shu sababli qadamning orqangi kesigi qisqaradi. Yelkaning uch boshli va sonning to‘rt boshli mushaklarini boshqaruvchi nervlar falajlanganda ham kuzatiladi. (8-rasm) Aralash oqsash – oyoqlar funksiyasi harakatning ikki fazasida (tayanish va ko‘tarilishi) ham kuzatiladi. Ko‘pincha proksimal bo‘g‘imlar – yelka-kurak va tos-son bo‘g‘imlarida kasallik uchraganda kuzatiladi. Bu turdagi oqsash yelkaning ikki boshli mushaki yallig‘langanda ham uchraydi, chunki bu mushak oyoqlar tayanganda va harakatlanganda ham katta rol o‘ynaydi. Abduksiyada oqsash – oyoqlarni yonboshga uzaytirganda, bo‘g‘imlarning yonbosh paylari, kurak o‘q orqa va deltasimon mushaklar, tuyoqning tashqi qismi hamda juft tuyoqli hayvonlarda 4-barmoqlar shikastlanganda kuzatiladi. Adduksiyadp oqsash – oyoqlarni tanasiga tortib oqsash. Oyoqlarning ichki tomonlari – otlarda tuyoqning ichki tomoni, juft tuyoqlarda 3-barmoq, bo‘g‘imlarning ichki yonbosh paylari, kurak osti mushaklar jarohatlanganda, oyoqlarni oldinga yoki orqaga o‘tkazganda seziladi. (9-rasm) Vaqt-vaqti bilan oqsash. Arteriya qon tomirlarining tromboz va emboliyasi, masalan, oldingi oyoqda mushak osti va yelka arteriyasi, orqa oyoqda tashqi yonbosh yoki qorin aortasida oraliq va son arteriyalarining o‘tkazuvchanligi buzilganda – hayvonni choptirgandan keyin 3-4 minutdan so‘ng yuzaga chiqadi. (10-rasm) Kasal oyoqlar funksiyasi buzilishining ko‘rinishiga qarab amalda oqsash 3 darajaga bo‘linadi: 1-darajali oqsashda – hayvonda kasal oyoq harakatida aritmiya kuzatilib, kasal oyog‘iga sog‘ oyog‘iga qaraganda kam vaqt davomida tayanadi; 2-darajali oqsashda – kasal oyog‘iga to‘lig‘icha og‘irlik qo‘ymaydi, ko‘tarib chegaralaydi; 3-darajali oqsashda – kasal oyog‘ini yerga butunlay bosmaydi, juda ehtiyotkorlik bilan uni harakatlantiradi. Oqsash to‘g‘risidagi barcha tushunchalarni talaba, har xil turdagi oqsashlari bo‘lgan kasal hayvonlarda o‘rganadi. Oqsash turlarini aniqlash uchun, kasal hayvonni qattiq yerda, yumshoq tuproqda, kasal oyoqni tashqariga, ichkariga va orqaga qaratib hayvonni aylantirish, yurgizish, hayvonni oldindan, orqasidan va yonboshidan kuzatish, hayvonni yurgizganda bo‘yni va boshining harakatini kuzatish zarur. Hayvonni sekin va yo‘rttirib, ustiga minib yurgizib oqsashning o‘zgarishlarini kuzatish lozim. Dars oxirida tekshirish natijalari muhokama qilinadi va o‘qituvchi talabalarga yangi tema bo‘yicha vazifa beradi. Download 228.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling