«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


Download 228.51 Kb.
bet48/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

Singan suyakni fiksasiya qilish.
Suyaklar o‘z joyiga qo‘yilgandan so‘ng shinali yoki gipsli bog‘lam bilan fiksasiya qilinadi. Yordamchi singan joyni harakatlantirmasdan ushlab turadi, gipsli bint pastdan yuqoriga qaratib spiral shaklida o‘raladi, 4-5 qavat gipsli bint qo‘yilgandan so‘ng ustidan gips aralashmasi bilan surtib chiqiladi. Gipsli bint o‘ralishidan oldin iliq suvga botiriladi, so‘ngra suvi ozroq siqib tashlanadi va shu hollatda singan joyga o‘raladi yoki suyak sinishlarida tayyor gipsli bog‘lamdan foydalaniladi.
Ochiq suyak sinishlari bo‘lganda jarohatga – birlamchi xirurgik ishlov beriladi. Jarohatni reviziya qilib, singan suyak siniqlari olib tashlanadi, o‘lgan to‘qimalardan tozalanadi, cho‘ntaklar bo‘lsa kesib ochiladi. jarohatga oq streptosid sepiladi yoki Vishnevskiy emulsiyasi qo‘yiladi. So‘ngra yopiq gipsli bog‘lam qo‘yiladi. Gipsli bintni steril holatda saqlash maqsadida xlorli ohak (40-50 g ohak 4 l suvga) yoki 2 % xloramin eritmasiga ivitiladi. Infeksiyaning oldini olish uchun mushak orasiga penisillin, venaga sulfanilamid preparatlari yuboriladi.
Bitishni stimulyasiya qilish uchun gemoterapiya, to‘qimali terapiya, venaga 10 % li kalsiy xlor, vitamin S, D, keyinchalik me’yorli yurgizish, massaj, ultrabinafsha nurlari qo‘llaniladi. Katta hayvonlarda 5-6 haftadan, mayda hayvonlarda 3-4 haftadan so‘ng gipsli bog‘lam olib tashlanadi.
Dars davomida iloji bo‘lsa osteosintezni, metall sterjen qo‘yishni, sim yoki suyak transplantant usullarini bajarishni namoyish qilish maqsadga muvofiqdir.

722. Rp.: Spirirus aethylici 30% - 20.0 (30.0)


Novocaini 0.2 (0.3)
M.D.S. Singan suyaklar orasiga va atrof to‘qima-lariga, intramedulyar osteosintezida suyak bo‘shlig‘iga yuborish uchun 2-3 kundan keyin ikki marta takrorlanadi (M.V. Plaxotin, A.D. Belov, R.G. Mustakimov).
#
723. Rp.: Travertini 200.0-300.0
D.S. Ot, sigirga 15-20 kun davomida har kuni bir marta beriladi.Qo‘y, cho‘chqa
va itga 0.5 kg (M.V. Plaxotin, A.D. Belov, R.G. Mustakimov).
#
724. Rp.: Radioaktivli fosfor 32 0.15 mk (mikrokyuri)
D.S. Singan joyga inyeksiya qilish uchun.
Qo‘y va buzoqlarga 10-15 kun davomida 0.01 mk/kg.
#
725. Rp.: Pyrogenali 150 MPD
D.S. Itga. Osteosintez qilingan kundan boshlab mushak orasiga
20-30 kun. Qo‘y, it, sigir va buqaga 10-15 MPD/kg.
#
726. Rp.: Methandrostenoloni 0.005
D. t. d. N 10 in tabulettis
S. Itga (10-15 kg). Sinishning beshinchi kunidan boshlab yarim
tabletkadan 20 kun davomida har kuni bir marta beriladi.
#
727. Rp.: Methylandrostendioloni 0.025
D. t. d. N 5 in tabulettis
S. Itga (10-15 kg). Sinishning beshinchi kunidan boshlab 0.25
tabletkadan 20 kun davomida har kuni bir marta beriladi.
#
728. Rp.: Calcii glycerophosphatis 1.0 (1.5)
D. t. d. N 20
S. Ot, sigirga bittadan poroshok kuniga ikki marta kichik hayvonlarga 0.1-0.3
dan kuniga ikki marta.
#
729. Rp.: Calcii phosphatis 10.0 (30.0)
D.S. Ot, sigirga. Sinishning beshinchi kunidan boshlab kuniga
bir marta beriladi.


Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling