«xonadon va tomorqalarda parrandachilik xamda chorvachilik texnologiyasi» kafedrasi


-Mavzu: QORIN SOHASIDAGI KASALLIKLAR


Download 228.51 Kb.
bet49/56
Sana11.03.2023
Hajmi228.51 Kb.
#1261109
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
Vet xirurgiyasi amaliy

12-Mavzu: QORIN SOHASIDAGI KASALLIKLAR


Darsning maqsadi. Qorin oblastida uchraydigan kasalliklarni, ya’ni peritonit, hayvonlarda dabba turlari, ularga diagnoz qo‘yish va davolash usullarini o‘rganishdan iborat.
Jihozlar, asbob-uskunalar va hayvonlar: dabbalar va ularni operativ usulda davolashni aks ettiruvchi jadvallar, skalpellar, xirurgik va qon to‘xtatuvchi pinsetlar, Rekord shprisi, Kuper qaychisi, xirurgik ipak iplari va ketgut (ampulada), sterilizator, jarohat ilgaklari, 1 foizli novokain, 5 foizli yodning spirtli eritmasi, nashatir spirti, yodlangan spirt, etil spirti, fiziologik eritma, rompun, azaperon, steril paxta, o‘lchov lineykasi, 4-5 ta kasal hayvon (cho‘chqa bolasi, buzoq va boshqalar), har xil turdagi dabbalar (kindik, qorin, chov) va qorin jarohatlari bilan shikastlangan hayvonlar.
Darsning o‘tilish uslubi. Agar dars o‘quv xo‘jaligida yoki boshqa fermer xo‘jaligida o‘tkaziladigan bo‘lsa, klinika ordinator-vrachi xo‘jalikka borib, kasal hayvonlarni ajratib qo‘yadi va ularni dars boshlanishiga 10-12 soat qolganda oziqlantirmaslik to‘g‘risida ogohlantiradi, ish joyini tashkil qiladi.
Darsda birinchi navbatda jadvallardan, rasmlardan foydalanib, qorin oblasti kasalliklari (gematoma, limfoekstravazat, jarohat) dabbalarning tasniflanishi, uning qismlarini, to‘g‘rilanadigan, to‘g‘rilanmaydigan va qisilgan dabbalar klinik belgilari o‘rganiladi. Shundan keyin kasal hayvon tekshiriladi. Shikastlangan (dabba) joyning anatomik topografiyasi, uning o‘lchami, shakli,tashqi ko‘rinishi va boshqa klinik belgilari aniqlanadi. Palpasiya usuli bilan mahalliy harorat, og‘riq, shish xarakteri, flyuktasiya, dabba xaltasi ichidagi organlarning harakatchanligi, to‘g‘rilanishi, dabba teshigining kattaligi, holati aniqlanadi.
Klinik belgilari yaxshilab o‘rganiladi va har qaysi hayvonga diagnoz qo‘yiladi va alohida davolash ishlari, operasiya amalga oshiriladi.
Dabbalarning tasniflanishi va klinik belgilari. Dabbalarda quyidagilar farqlanadi:
1. Dabba teshigi – anatomik bo‘shliq qorin devoridagi buzilish bo‘lib, u orqali dabba ichidagi organlar chiqadi;
2. Dabba xaltasi joylashgan joyiga qarab qorin devori fassiyasidan, plevra devoridan yoki miya qobig‘idan hosil bo‘ladi;
3. Dabba xaltasi ichidagi organlar – qorin oblasti organlari (ichak, charvi, bachadon, siydik pufagi va boshqalar), qovurg‘alararo dabbalarda – o‘pkaning bir qismi, miya dabbasida – miyaning bir qismi, dabba suyuqligi bo‘ladi.
Kelib chiqishiga qarab, dabba tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘lishiga va joylashgan joyiga qarab qorin, kindik, chov-yorg‘oq, diafragma,son kanali, qovurg‘alararo va miya dabbalariga bo‘linadi. Klinik belgilariga qarab – yuzaki, ichki, to‘g‘rilanadigan, to‘g‘rilanmaydigan va qisilib qoluvchi bo‘ladi.
To‘g‘rilanadigan dabbalarda dabba teshigi, chegaralangan yumshoq konsistensiyali, og‘riqsiz shish bo‘ladi. Qo‘l bilan shishni bosganda dabba xaltasi ichidagi organlar anatomik bo‘shliq ichiga tushadi va shish kichrayadi yoki bilinmay qoladi. Dabba xaltasi auskultasiya qilinganda ichaklar harakati, perkussiyada timpanik tovush eshitiladi.
To‘g‘rilanmaydigan dabbalarda, dabba xaltasi, uning atrofidagi to‘qimalar va xalta ichidagi organlarda spayka (kavsharlanish – to‘qimalarni o‘sib bir-biriga qo‘shilishi) hosil bo‘ladi, oqibatda xalta ichidagi organlar anatomik bo‘shliqqa tushmaydi va ichaklarning qisilib qolishiga va nekrozga uchrashiga sharoit yaratiladi.
Qisilgan dabbalar – dabba xaltasiga tushgan ichakning, dabba teshigida qisilib qolishi. To‘satdan sanchiq tutishi, ichaklarda gaz to‘planishi, tezak chiqmay qolishi, umumiy haroratning ko‘tarilishi, pulsning tezlashishi xarakterli klinik belgilaridan biri hisoblanadi. Hayvon zaharlanib, sepsisdan o‘lib qolishi mumkin. Dabba shishi taranglashgan, yallig‘langan, og‘riqli bo‘ladi. Qisilib qolgan ichaklarda nekroz kuzatiladi.
Davolash. Yosh hayvonlarda kindik va chov dabbalarida teshik katta bo‘lmasa, dabba ichidagi organlar ichkariga yuboriladi va teriga plastir, bandaj yoki qisuvchi bog‘lam qo‘yib bog‘lab tashlanadi, ammo bu davolash usuli hamma vaqt ham foyda beravermaydi.
Toychoqlarda teshigi uncha katta bo‘lmagan kindik dabbalari Malsev buyicha konservativ usullarda davolanadi. Kindik dabbasi teshigi atrofiga (4-5 nuqtaga) qo‘zg‘atuvchi suyuqliklar yuboriladi: 1-2 ml lyugol eritmasi yoki 70 foizli spirt 0,1-0,2 ml skipidar (bir yerga). Eng qulay va foydali davolash usuli operativ usul hisoblanadi.
Buning uchun hayvon fiksasiya qilinib,yotqiziladi va narkoz beriladi, so‘ngra operasiya maydoni tayyorlanadi, mahalliy og‘riqsizlantirilib operasiya o‘tkaziladi. Kesishda, teri pinset bilan ko‘tarilib kesiladi, so‘ngra dabba xaltasi teridan ajratilib, dabba xaltasi ichidagi organlar ichkariga kirgiziladi, keyin dabba xaltasi buraladi va uning pastki qismi bog‘lanadi.
Buralgan dabba xaltasi to‘g‘rilanib, yuqorigi qismidan kesiladi va ichi tekshiriladi, agar ichida organlar qolmagan bo‘lsa, to‘liq kesib tashlanadi. Dabba xaltasi kesib tashlangandan keyin, qolgan qismi dabba teshigiga mahkamlab tikiladi. Kindik dabbasi shishi natijasida terining kengaygan joyiga antibiotiklar sepilib, uning chetlari bir-biriga yaqinlashtirilib tikib tashlanadi.

Download 228.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling