Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada differentsial diagnostikasi


Download 161.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana14.08.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1667058
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
qorindagi og`riqlar



Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
 
Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. 
Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada 
differentsial diagnostikasi 
Qorin og‘rishi, qorindagi og‗riqlar – bemorlar tomonidan eng ko‗p aytiladigan shikoyati 
hisoblanadi. Og‗riq har xil ko‗rinishda kelishi mumkin, chunki qorin bo‗shlig‗ida turli a‘zolar 
bor: oshqozon, jigar, o‗t qopi, oshqozon osti bezi, ichaklar va ularga yaqin joylashgan 
tuxumdon hamda buyraklar. Ularning har biri uchun og‗riq turi o‗ziga xos va davosi ham 
farqlanadi. Ba‘zi hollarda uy sharoititda, ba‘zi hollarda tez tibbiy yordamga ehtiyoj seziladi. 
Qorindagi og‘riqlarning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: 
Qorinning spastik og‘rishi 
Spastik (sudorgi) – to‗lqinsimon ko‗rinishda yuzaga keladi, birdan og‗riq kuchayib ketadi 
yoki og‗riq birdan kamayadi. Og‗riq ichaklarning deformatsiyasi bilan (kengayishi yoki 
siqilishi), ichaklarning giperpersitaltikasi bilan asoslanadi. Bunday og‗riqlarni ichaklarda 
ortiqcha gazlar to‗planishida, stress vaqtida va ichaklarning infeksion yallig‗lanish 
kasalliklarida uchratsa bo‗ladi. U turdagi og‗riq ichida eng xavfli va yoqimsizi ―o‗tkir qorin‖ 
degan termin bilan tushuntiriluvchi jarayon hisoblanadi (
o‗tkir pankreatit

peritonit
). Bunda 
og‗riq kuchli, to‗satdan paydo bo‗lgan, tarqoq, umumiy ahvol og‗irlashgan, tana harorati 
oshgan, kuchli ko‗ngil aynashi va eng asosiysi qorin old devorlari kuchli qisqargan ya‘ni 
qattiq bo‗ladi. Bemorga har qanday og‗riqsizlantiruvchi preparatlar berish ta‘qiqlanadi, 
shifokor kelishini kutish kerak yoki jarrohlik bo‗limiga olib borish lozim. 
 
Appenditsit
 boshlanish davrida kuchli og‗riqlar bilan kelmaydi, og‗riq sekin-asta, davomli 
bo‗ladi, qorin o‗ng qovurg‗a osti sohasida yoki chap tomondan boshlanishi ham mumkin, 
tana harorarti biroz ko‗tarilishi, qayt qilish ham mumkin. Umumiy ahvol vaqt o‗tishi bilan 
og‗irlashadi va oxir-oqibat ―o‗tkir qorin‖ simptomini beradi. 

Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling