UASH amaliyotida quyidagi holatlarda tor mutaxassislar ko’rigi shart
Disbakterioz – gastroenterology, infeksionist;
Reaktiv pankreatit (dispankreatizm) – gastroenterolog;
Gepatit A, B, C, E, D – gepatolog, infeksionist;
Infeksion mononukleoz – pediatr, infeksionist;
Toksoplazmoz – infeksionist;
Piyelonefrit
,
glomerulonefrit
, dismetobolik nefropatiya, kristalluriya – nefrolog, urolog;
Gastrirt
, yara kasalligi – gastroenterolog;
O‗tkir qorin (appenditsit, o‗tkir pankreatit, peritonit, yara teshilishi) og‗riq kuchli, tarqoq,
umumiy ahvol og‗ir, tana harorati ko‗tarilishi, kuchli qayt qilish, qorin mushaklari kuchli
qisqargan bo‗ladi – jarroh, tez tibbiy yordam chaqirtirish;
Ginekologik og‗riqlar (adneksit va boshqalar), urogen infeksiyalar (xlamidiya,
mikoplazma, trixomonada) – ginekolog;
Oshqozon ichak tizimida surunkali infeksiya o‗choqlari (iyerseniya, xlamidiya,
trixomonada, salmonella tashuvchisi, shigellyoz, gijjalar, (ameba, lyablya)) –
gastroenterolog, infeksionist, parazitolog;
O‗t-tosh
va
buyrak-tosh kasalliklari
– gastroenterolog, nefrolog, urolog.
Ich ketishi (diareya) — tez-tez defekatsiya (hojat chiqarish) qayd etilgan, axlat esa suyuq
bo‘lgan holatdir. Bu holat xavflidir, chunki u tananing suvsizlanishiga olib kelishi mumkin.
Diareya oshqozon-ichak trakti infektsiyalari, noto‘g‘ri ovqatlanish, stressli sharoitlar, dorilar
bilan zaharlanish oqibatida yuz berishi mumkin.
Bundan tashqari, kasallikning sababi
gijja
yoki
ichak disbakteriozi
ning mavjudligi bo‘lishi
mumkin. Defakatsiya qanchalik tez-tez kuzatilishiga, uning hidiga (nordon, o‘laksa), rangiga
(kulrang, oqimtir), qon mavjudligiga e‘tibor berish kerak.
Hojat chiqarish buzilishining bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ularni aniqlash uchun o‘ziga
xos xususiyatlar mavjud, ular ushbu alomatni me‘yoriy holatdan ajratib turadi.
Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023
Do'stlaringiz bilan baham: |