Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada differentsial diagnostikasi
Download 161.7 Kb. Pdf ko'rish
|
qorindagi og`riqlar
Axlat ko’rsatkichi
Me’yorda Ich ketganda Hojat chiqarishtezligi Kuniga 1-2 marta Kuniga 3-4martadan ko‘proq Axlatning konsistentsiyasi Bo‘tqasimon Suyuq yoki bo‘tqasimon Axlatning ranggi To‘q sariqdan to‘q jigarranggacha Oqimtir, sariq, yashil, qon aralash, qora, to‘q qizil, jigarrang Axlat tabiati Bir jinsli, shakllangan Tuli jinsli, shakllanmagan, suvli, ko‘pikli Hidi O‘ziga xos yoqimsiz, lekin juda ham badbo‘y emas Badbo‘y yoki umuman hidsiz, nordon hidli Aralashmalar mavjudligi Oz miqdorda shaffof shilliq mavjud bo‘lishi mumkin yoki aralashmalarsiz Shilliq ko‘p bo‘ladi, hazm bo‘lmay qolgan ovqat bo‘lakchalari Jadvalda keltirilgan ma‘lumotlar biroz aniqlikni talab qiladi, chunki norma va patologiya chegaralari har bir kishi uchun turlicha bo‘ladi. Barcha an‘anaviy fiziologik ko‘rsatkichlar o‘rtacha belgi bo‘lib, ular juda keng doirali ko‘rsatkichlarni birlashtiradi. Avvalo, kunlik defektsiyalarning ko‘rsatkichini aniqlashtirish kerak. Ba‘zi kishilarda u 2-3 kunda bir marta bo‘lsa, boshqalarda kuniga 3-4 marta bo‘ladi. Xuddi shunday, axlat konsistentsiyasi ham qattiq, shakllangan bo‘lishi, ba‘zilarda esa suyuq-bo‘tqasimon bo‘lishi mumkin. Axlatning ushbu xususiyatlarini baholashda eng muhimi ularning muddati hisoblanadi. Agar ular uzoq vaqt (uzoq oylar va yillar) bir xil bo‘lib, odamda salbiy alomatlar namoyon bo‘lishiga olib kelmasa, unda xavotirlanmaslik kerak, chunki bunday xususiyatlar odamning shaxsiy me‘yoridir. Bu ich ketishi emas. Biroq, badbo‘y hid va aralashmalarning mavjudligi kabi axlatning xususiyatlarining holati boshqacha bo‘ladi. Ularning o‘zgarishi har doim ich ketishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, muntazam ravishda ularning xususiyatlarini tahlil qilib, kelib chiqish sababini aniqlash mumkin. Shuning uchun doimo axlatga e‘tibor berish juda muhim, chunki ular hazm qilish holati va butun tananing salomatligi haqida gapirishadi. Bilish muhim! Ich ketishi — ma‘lum bir vaqtga qadar qayd qilinmagan axlatning suyuqlashishi, tez-tez defakatsiya, axlatda aralashmalar mavjudligi bilan tavsiflangan patologik belgidir. Bu deyarli har doim najasdagi har xil aralashmalarning mavjudligi bilan kechadi. ICH KETISHI SABABLARI Ich ketishi ichak traktining noto‘g‘ri ishlashi natijasidir: hazm qilish jarayoni tezlashadi va bu axlatning suyuqlashishiga va tez-tez defeksatsiyaga olib keladi. Odatda ich ketish sababi virusli yoki bakterial infeksiya yoki oziq-ovqatdan zaharlanish hisoblanadi. Odatda ich ketishining qo‘zg‘atuvchilari ichak tayoqchasi va salmonella bakteriyalari bo‘lib, ular oziq-ovqat yoki suvda bo‘lishi mumkin. Bakterial Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 infeksiya keltirib chiqaradigan ich ketishidan ko‘pincha sayyohlar azob chekadi, asosan ekzotik mamlakatlarga sayohat qilganda. Bunday kasallikni ba‘zan «sayyoh ich ketishi» deb atashadi. Ich ketishining sabablari oddiy gerpes yoki gepatit viruslari , shuningdek, antibiotiklardan foydalanish bo‘lishi mumkin. Diareyaning yana bir sababi yarali kolit bo‘lishi mumkin. U ham og‘ir ich ketishga olib keladi, ammo kolit juda kech tashxislanadi, odatda, ichakning ichki tekshiruvi natijasida. Ovqat hazm qilish tizimining tashqi muhit va tananing ichki a‘zolari bilan yaqin aloqasini hisobga olgan holda, u doimiy ravishda ushbu ikki taraf bilan bog‘liq ekanligini ta‘kidlash mumkin. Shuning uchun hazm qilish tizimi tez-tez kasalliklarga duchor bo‘ladi. Odatda normal faoliyatda har qanday ta‘sirlanish yoki normal faoliyatdagi buzilishlar motorikaning tezlashishi, shilliq ajralishi va oxir-oqibat ich ketishi bilan namoyon bo‘ladi. Download 161.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling