Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada differentsial diagnostikasi


Shakllanishiga ko’ra ich ketishi turi


Download 161.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana14.08.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1667058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
qorindagi og`riqlar

 Shakllanishiga ko’ra ich ketishi turi
Qachon kuzatiladi
Sekretor — ichak hujayralari tomonidan shilliq 
va suyuqlik ajralishining oshishi
Ichakning yallig‘lanishli 
kasalliklarida va saratonida
Motorik yoki giperkinetik — ichak 
qisqarishining tezlashuvi
Og‘ir zaharlanishlardan 
tashqari ich ketishning barcha 
holatlarida
Osmotik — ichakda so‘rilish buzilishi 
natijasida suyuqliklarning ushlanib qolishi
Fermentativ yetishmovchilik
Invaziv — ichak hujayralarining patogen 
mikroorganizmlar bilan shikastlanishi
Infektsion ich ketishlarda, 
antibiotiklar qabuli fonidagi 
disbakteriozda
Odatda ich ketishida uni amalga oshiradigan faqat bitta mexanizm bo‘lmaydi. Ulardan 
kombinativ bo‘lib, birining ustunligi kuzatiladi. 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
ICH KETISHI TURLARI

Infektsion ich ketishi dizenteriya, salmonellyoz, oziq-ovqat infektsiyalari, virusli 
kasalliklar (virusli diareya), amyobiyaz va boshqalar. 

Alimentar ich ketishi noto‘g‘ri ovqatlanish, ayrim mahsulotlarga allergiya bo‘lishi bilan 
kechadi. 

Dispepsik ich ketishi oshqozon, oshqozon osti bezi, jigar, ingichka ichakdagi 
fermentlarning ajralishi yetishmovchiligi bilan oziq-ovqatni hazm qilish buzilganligi 
tufayli yuzaga keladi. 

Toksik ich ketishi uremiya bilan birga, simob va margimush bilan zaharlanish natijasida 
yuzaga keladi. 

Medikamentoz ich ketishi — ichak fiziologik florasi buzilganda, disbioz rivojlanishida 
paydo bo‘ladi. 

Neyrogenli ich ketishi — ichakning motor faolligini asab tomonidan boshqaruvi 
buzilishining natijasi (masalan, hayajonlanish yoki qo‘rquv ta‘siri ostida sodir bo‘lgan ich 
ketishi). 
Qisqa va yengil ich ketishi insonning umumiy holatiga deyarli ta‘sir qilmaydi. Jiddiy yoki 
surunkali — tanani ishdan chiqaradi, suvsizlanish, gipovitaminozga olib keladi, organlarda 
sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. 
ICH KETISHI ALOMATLARI VA BELGILARI
Ich ketishining klinik ko‘rinishlari odatda standart shikoyatlar va obyektiv tekshiruv 
ma‘lumotlari bilan tavsiflanadi. Uning ba‘zi turlarining kasallikning tabiatini va kelib chiqish 
sababini aniqlash imkonini beradigan o‘ziga xos va farqlovchi xususiyatlari mavjud. Ammo, 
shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qo‘shimcha laboratoriya-instrumental tadqiqotlar ham hamisha 
informativ bo‘lmaydi. Hech narsani o‘tkazib yubormaslik uchun, ich ketishi bilan birga 
kuzatiladigan boshqa alomatlarga ham e‘tiborli bo‘lish kerak 
ICH KETISHIDA ISITMA 
Ko‘plab bemorlarda qo‘shimcha simptom sifatida qayd etiladi. Uning rivojlanishi ko‘plab 
diareya turlari uchun xosdir. Avvalo, bu mikrob (virusli va bakterial) turlarga tegishlidir. 
Chunki immunitet hujayralariga har qanday begona oqsilning kirishi antitanalar ishlab 
chiqarishga sabab bo‘ladi, bu yallig‘lanish mediatorlari ajralishi va harorat reaktsiyasi bilan 
birga kechadi. 
Ichak eng kuchli immunitetli organlaridan biri ekanligini hisobga olib, haroratning 
ko‘tarilishidan ajablanmasligi kerak. Aksincha, odamda yuqumli ichak kasalligi belgilari 
bo‘lsa, ammo harorat ko‘tarilmasa, bu immunitet tanqisligi mavjudligini ko‘rsatadi. Uning 
o‘ziga xos qiymatiga kelsak, ular mikrobning patogenligi va organizmning reaktivligiga 
bog‘liq va 37.1 °C — 39 °C va undan yuqori bo‘lishi mumkin. 
ICH KETISHI BILAN BIRGA KO‘NGIL AYNISHI VA QAYT QILISH 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
Ko‘ngil aynishi
 — albatta, har qanday kelib chiqishli ich ketishida eng ko‘p uchraydigan 
alomat. Buning mantiqiy izohi bor. Oziq-ovqat massasi ichakda normal harakatlanish 
buzilganidan keyin mutlaqo teskari yo‘nalishda noto‘g‘ri harakatlanishi yuz beradi. 
Bundan tashqari, har qanday ichak falokati fonida yuzaga keladigan zaharlanish bu toksik 
moddalarni qon oqimiga so‘rilishiga va barcha organlar va to‘qimalarga tarqalishiga olib 
keladi. Birinchi bo‘lib bunga miyaning qusish markazi javob beradi, natijada klinik tasvirda 
ko‘ngil aynishi va keyinchalik qayt qilish ko‘rinadi. Aytgancha, qayt qilish refleksi 
organizmni har qanday kelib chiqishli zaharlardan tozalash uchun eng muhim fiziologik 
mexanizmlardan biridir. 
QORINDAGI OG‘RIQ 
Bu har doim ichak motorikasining tezlashishi natijasidir. Odatda, kuchli va intensiv bo‘ladi. 
Paroksizmal kechadi, og‘riqning o‘tkir xuruj olishi va bosqichma-bosqich pasayishi va 
tugallanishi bilan ta‘riflanadi. Odatda og‘riqdan keyin yoki og‘riq paytida hojat chiqarishga 
undash mavjud bo‘ladi, bu og‘ir ich ketishi bilan namoyon bo‘ladi. 
Og‘riqning ko‘rinishi diareyaning deyarli barcha turlariga xosdir, lekin ko‘pincha uning 
mikrobli shakllari va oziq-ovqatdan zaharlanish tufayli yuz beradi. Qolgan barcha turdagi 
ich ketishlar qorinda bezovtalik va og‘irlik bilan kechadi. 
O‘LAKSA HIDLI KEKIRISH 
Bu asosiy simptom sifatida yoki ich ketish fonida asta-sekin rivojlanadi. Birinchi holda, ich 
ketishdan oldin uning ko‘rinishi oshqozon osti bezi, oshqozon va o‘t yo‘llarining fermentativ 
yetishmovchiligini ko‘rsatadi. 
Tana ichiga tushadigan oziq-ovqat hazm bo‘lmasa, uning chirishi sodir bo‘ladi. Bu oxir-
oqibat qorin bo‘shlig‘ida badbo‘y gazlar hosil bo‘lishiga va ularning kekirik orqali chiqib 
ketishiga olib keladi. Tabiiyki, ichakka hazm bo‘lmagan ovqat tushishi ichakni ta‘sirlantiradi 
va ich ketishiga sabab bo‘ladi. 
ICH KETISHINING RANGI
Suyuq axlatning rangi va odatdagi xususiyatlariga ko‘ra tajribali shifokor diareyaning kelib 
chiqishini aniqlashi mumkin. Bunday holda, qolgan alomatlar ham inobatga olinishi kerak. 
Bu diareyaning haqiqiy sababchisini va kelib chiqishining ba‘zi tafsilotlarini tushunish va 
aniqlash imkonini beradi. 
YASHIL RANGLI ICH KETISHI 
Faqat bakterial va virusli ichak shikastlanishlari uchun xarakterlidir. Yashil rang paydo 
bo‘lishi axlatda leykositlar to‘planishi va mahalliy immunitetning zaiflashuvi fonida 
chirituvchi stafilokokklarning rivojlanishi bilan bo‘gliq. 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
Klinik ko‘rinishi — bu bir jinsli bo‘lmagan, bir oz yashil birikmalar aralashgan yoki qalin 
yashil shilliq bilan qoplangan va aralashgan suyuq najasdir. Odatda, bunday ich ketishi 
kuchli 
isitma
, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi. Qattiq 
zaharlanish va qon tahlilida yallig‘lanish jarayoni ko‘rsatkichlari mavjudligi kuzatiladi. 
SARIQ RANGLI ICH KETISHI 
Ichakning peristaltikasi (qisqarishi) ning tezlashuvi tufayli yuz beradi va turlari ichida eng 
maqbuli hisoblanadi. Ichak harakatlanishining tezlashishi natijasida axlat normal shakllana 
olmaydi va quyuqlashishga ulgurmaydi. Shu bilan birga, ularning deyarli to‘liq fermentativ 
qayta ishlanishi va faol tarkibiy qismlarning qisman so‘rilishi kuzatiladi. Natija — axlat 
odatiy rangda, ammo suyuq. Qorin bo‘shlig‘idagi biroz bezovtalik va og‘irlikdan tashqari 
qo‘shimcha alomatlar bo‘lmaydi. 
QORA RANGLI ICH KETISHI (QORA AXLAT) 
Juda xavfli yoki aksincha, odatiy alomatlarini bildiradi. Avvalo, bu xavfli belgi ekanligi 
sifatida qaraladi. Qora, smola kabi axlat faqatgina bitta narsani — oshqozondan qon ketishini 
anglatishi mumkin. Aynan shunday rangning shakllanishi qorin bo‘shlig‘idagi xlorid 
kislotaning ta‘siri ostida eritrositar gemoglobining parchalanishi bilan bog‘liq. Bunday 
holatda gemin hosil bo‘ladi, bu esa xarakterli rangni beradi. Bunday hollarda siz bir daqiqa 
ham yo‘qotmasdan, shoshilinch tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak. 
Qora axlat paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan ikkinchi vaziyat — hayvonlar qoni asosidagi 
(krovyanka) mahsulotlar iste‘moli, lavlagi, smorodina yoki muayyan dori-darmonlarni 
(faollashtirilgan ko‘mir, vismut preparatlari — vikalin, de-Nol) katta miqdorda qabul 
qilishdir. Aynan shu holat odamlarni ko‘pincha tibbiy yordamga murojaat qilishga undaydi. 
Qora axlat kelib chiqishida differentsial-diagnostik (farqlovchi) mezon anamnezga, ya‘ni 
yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlar is‘temol qilinganligi yoki gemodinamika 
ko‘rsatkichlarining kamayishi (gipotoniya, 
taxikardiya
) mavjudligidir. 
OQ DIAREYA (OQIMTIR RANG) 
Qora axlatdagi kabi, oqimtir axalat sababini ifodalovchi yagona o‘ziga xos xususiyati mavjud. 
Bu holda ichaklarda oziq-ovqat massasini safro (o‘t) bilan qayta ishlashning yetarli 
emasligidir. Bu umumiy o‘t kanali shish yoki tosh tomonidan tiqilgan yoki bloklangan 
holatda bo‘lishi mumkin. 
Odatda, bunday ich ketishida terining sariqligi va siydikning to‘q rangga kirishi kuzatiladi. 
Og‘riq, isitma va suvsizlanish ko‘pincha kuzatilmaydi. 
QON BILAN ICH KETISHI 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
Ich ketishi turlari ichida eng xavflisi, chunki bu ichak trakti bo‘shlig‘iga faol qon ketishini 
ko‘rsatadi. Odatda, ichak devorining shilliq qavatini butunlay parchalanishiga olib keladigan 
ichakning yirik o‘stimtalarini buzilishi, kuchli ichak infektsiyalarida ro‘y beradi. 
Ba‘zida qonli diareyaning ko‘rinishi turli xil kimyoviy birikmalar va zaharlarning ichaklarda 
toksik ta‘siri natijasi bo‘lishi mumkin. Qonli diareya toza qon bilan emas, balki suyuq to‘q 
qizil rangli axlat bilan ifodalanadi. Bunday holda qon ketish manbai yo‘g‘on ichakning o‘ng 
yarmida joylashganligini aniq aytishimiz mumkin. 
SHILLIQ BILAN ICH KETISHI 
Ushbu bir xususiyat bilan diareyaning haqiqiy kelib chiqishini aniqlab bo‘lmaydi. Axir shilliq 
butunlay boshqacha bo‘lishi va har xil miqdorda ajralishi mumkin. Shilliqning shaffof shakli 
oziq-ovqatdan zaharlanish va yengil zaharlanish belgisidir. Shilliq qavat yashil, jigarrang 
yoki qonli tusga ega bo‘lganda, u har doim og‘ir ich ketishi yoki davolanishning samarasi 
yo‘qligini ko‘rsatadi. 
SUVLI DIAREYA 
Har qanday ilmiy qo‘llanma yoki oddiy ayollar salomatligi jurnalida suvli ich ketishi savoliga 
bitta javob topish mumkin. Bu albatta vabo. Kasallikning qo‘zg‘atuvchi agenti shunday 
tuzilganki, ichakka tushib, ich ketishining barcha mumkin bo‘lgan mexanizmlarini 
faollashtiradi, natijada qattiq axlat emas, balki tinimsiz suvli ich ketishi bilan namoyon 
bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, bunday hollarda isitma juda kam uchraydi. Ammo hojat chiqarish 
miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladiki, bemorlar uni sanay ham olishmaydi. Natijada, kuchli 
suvsizlanish rivojlanadi, bu darhol va massiv infuziyon davolashni talab qiladi. 
ICH KETISHINI DAVOLASH
Ich ketishini to‘g‘ri va samarali davolash faqat uning tabiati va kelib chiqishi mexanizmini 
aniq bo‘lganida erishiladi. Bu masalalarga bir oz aniqlik kiritishga quyidagi jadval yordam 
berishi kerak. 
Esda tuting! Ich ketishni davolash bir komponentli bo‘lmasligi kerak. Turli xil vositalarni 
to‘g‘ri shaklda birlashtirib, diareya sababchisiga ta‘sir qiluvchi dori guruhiga alohida e‘tibor 
berish kerak. 
diareyani davolash usullari

Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling