Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada differentsial diagnostikasi


Download 161.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana14.08.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1667058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
qorindagi og`riqlar

O‘ng qovurg‘a ostida og‘riqlar 

Xarakteri: siquvchi, o‗tkir birdan boshlanuvchi

Qayerga tarqaladi: o‗ng tomondan belga, ko‗krak qafasining o‗ng tomoniga, o‗ng 
yelkaga, o‗ng kurak ostiga; 

Nima bilan keladi: og‗izda yoqimsiz ta‘m, o‗t safroli qayt qilish, qayt qilgandan keyin 
yengillik sezish, tana harorati ko‗tarilishi; 

Nimadan keyin boshlanadi: yog‗li ovqatlar iste‘mol qilgandan keyin yoki transportda 
tebrangan vaqtida; 

Qanday kasallik bo‗lishi mumkin: xolesistit. 

Nima qilish kerak: spazmolitiklar va hazm qilishda yordam beruvchi fermentlar ichish 
kerak. UTT tekshiruvida o‗t qopida tosh bor yoki yo‗qligini aniqlash. Agar tosh yo‗q 
bo‗lsa, og‗riqni yengillashtirish uchun o‗t qopini yengil harakatlar bilan bo‗shashtiring va 
o‗t safro haydovchi preparatlardan iching, kam-kamdan 2-3 daqiqa davomida. Shundan 
so‗ng iliq grelka bilan shu sohani isiting, 40-60 daqiqa davomida. Muolajadan keyin 
yengillik sezasiz. Agar sizda hech qanday o‗zgarish sezilmasa, muolajani darhol 
to‗xtating. O‗t qopida tosh bo‗lsa, jarroh bilan maslahatlashing, o‗z boshimchalik bilan ish 
tutmang! 
Qorinning hamma joyida og‘riq sezish 

Xarakteri: qorin yuqori sohasidagi og‗riqlar kabi; 

Qayerga tarqaladi: orqa bel sohasiga; 

Nima bilan keladi: og‗izda quruqlik va yoqimsiz ta‘m sezish, bir necha marotaba qusish, 
qusgandan keyin yengillik sezmaslik
arterial bosimning oshishi


Nimadan keyin boshlanadi: spirtli ichimliklar ichgandan keyin, achchiq va yog‗li 
ovqatlar yegandan keyin; 

Qanday kasallik bo‗lishi mumkin: o‗tkir pankreatit; 

Davo muolajasini tezda olib boorish kerak. 

Chunki uning oqibatida oshqozon osti bezi hujayralari o‗limi – pankreonekroz kelib 
chiqishi mumkin, bu esa hayot uchun xavflidir. 

Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling