Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada differentsial diagnostikasi


Download 161.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana14.08.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1667058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
qorindagi og`riqlar

Og’riqlar lokalizasiyas 
Kasallik diagnostikasida og‗riq lokalizatsiyasi ahamiyatli bo‗ladi. 
-Qorinning yuqori qismlarida paydo bo‗ladigan og‗riq odatda qizilo‗ngach, oshqozon, o‗n 
ikki barmoq ichak, o‗t yo‗llari, jigar va oshqozon osti bezi kasalliklarida kuzatiladi. 
- O‗t yo‗llari tosh kasalligi va jigar kasalliklarida og‗riq o‗ng qovurg‗a ostida bo‗lib, orqa o‗ng 
kurak sohasiga ko‗chishi mumkin. 
-Pankreatit va oshqozon yarasi kasalliklarida og‗riq orqa umurtqa sohasiga ham tarqalishi 
mumkin. 
-Kindik tarofida va qorinning o‗rta sohalarida paydo bo‗ladigan og‗riqlar ingichka ichak va 
yo‗gon ichakning ayrim kasalliklarida uchraydi. 
- Chanoq sohasidagi og‗riqlar esa to‗g‗ri ichak bilan bog‗liq bo‗lgan patologiyalarda kelib 
chiqadi. 
Og‗riq davomiyligi bir necha daqiqalardan bir necha soatlargacha davom etib, to‗mtoq, 
o‗tkir, sanchuvchi-kesuvchi, takroriy xarakterlarga ega bo‗ladi. 70 % holatlarda ichaklar 
motorikasi buzilishi bilan bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlarda og‗riq paydo bo‗ladi (ich ketishi yoki 
qotishi). 
Qorindagi og‗riqlarga, asosan, iste‘mol qilinayotgan ovqat sabab bo‗ladi. Qizilo‗ngachning 
ta‘sirlanishiga sho‗r mahsulotlar, juda issiq yoki sovuq ovqat sabab bo‗ladi. Ayrim yog‗li, 
xolesteringa boy mahsulotlar o‗t tosh kasalliklarida xurujli og‗riqlarga sabab bo‗ladi. Ba‘zi 
insonlar sut, sut mahsulotlari, shakar yoki laktozani hazm qila olmaydilar va ularda qorinda 
og‗riq, dam bo‗lish va ich ketishlar kuzatiladi. 
Epigastral sohadagi og‘riqlar 

Xarakteri: to‗mtoq yoki o‗tkir, simillovchi; 

Qayerga tarqaladi: oshqozon bo‗ylab to‗sh orqasiga

Nima bilan keladi: og‗riq kuchayishi cho‗qqiga yetganda qayt qilish bilan keladi
qusgandan keyin og‗riq o‗tib ketadi; 

Nimadan keyin boshlanadi: jismoniy harakat bilan bog‗liq emas, ko‗pincha ovqat turiga 
bog‗liq bo‗ladi, achchiq, nordon, o‗tkir kofe, kuchli stress bo‗lganda; 

Qanday kasallik bo‗lishi mumkin: gastrit yoki oshqozon yara kasalligi. 

Nima qilish kerak: gastroenterolog tavsiyani olish, agar daignoz tasdiqlansa, yara 
kasalligini 7-14 kunda davolasa bo‗ladi. Og‗riq xuruj qilgan paytda bemor ahvolini 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
yaxshilash uchun, uni yotqizgan holda iliq grelka qo‗yish kerak, iliq suv yoki yumshoq 
choy ichirish kerak. Agar qayd qilganda qon ham bo‗lsa (bu ―kofe quyqasi‖ rangida 
bo‗ladi) darhol jarroh ko‘rigi zarur 

Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling