Qorin sohasida og‘riq bilan kechuvchi kasalliklar profilaktikasi. Diareya. Infeksion va noinfeksion etiologiyali diareyada differentsial diagnostikasi


Download 161.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana14.08.2023
Hajmi161.7 Kb.
#1667058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
qorindagi og`riqlar

Qorindagi doimiy og‘riqlar 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
Qorindagi doimiy og‗riqlar – qorin sohasida doimiy og‗riqlar bo‗lishi bilan xarakterlanadi. 
Bemorlar ko‗pincha og‗riqni ―qorning yonayapti, kuyayapti‖ deb ta‘riflashadi, o‗tkir, 
kesuvchi yoki ―och qolgandagi og‗riq‖ kabi yuzaga keladi. Bunday og‗riqlar oshqozon ichak 
tizimidagi jiddiy yallig‗lanish kasalliklarida kelib chiqadi, yara kasalligi, 
o‗t-tosh 
kasalligi
 xuruji, absess yoki 
pankreatit
 kabi. 
Qorindagi surunkali og‘riqlar 
Surunkali og‗riqlar – vaqti vaqti bilan paydo bo‗lib yo‗qolib turadigan og‗riqlar. Bunday 
og‗riqlar turli xil surunkali kasalliklar natijasida kelib chiqadi. Agar shunday og‗riqlar 
kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat qilish va ayrim savollarga tayyor turish kerak: og‗riq 
ovqat yeyish bilan bog‗liqmi yo‗qmi (ovqatdan oldin yoki keyin paydo bo‗ladimi, ayrim 
ovqatlardan keyin paydo bo‗ladimi kabi), qanchalik darajada kuchli, tez-tez paydo bo‗ladimi, 
voyaga yetgan qizlarda hayz ko‗rishi bilan bog‗liqmi, odatda qorinning qaysi sohasida paydo 
bo‗ladi va qayerga tarqaladi, qanday choralar foyda beradi (dori preparat qabul qilganda
klizmada, massaj qilganda, tinchlanganda, issiq yoki sovuq qilganda va shu kabilar). 
Nevrotik og‗riqlar. 
Yuqoridagilardan tashqari qorin og‘rishi qorin bo‗shlig‗ida joylashgan a‘zolarga bog‗liq 
bo‗lmagan holda ham kelib chiqadi. Bunday og‗riq – nevrotik og‗riq deyiladi. Og‗riq inson 
nimadandir qo‗rqganda, psixoemotsional stresslarda paydo bo‗ladi. Bemor og‗riq darajasini 
o‗ta kuchli ta‘riflasa ham tekshirib ko‗rilganda a‘zolarda hech qanday patologiya topilmaydi. 
Psixolog yoki nevropotolog tavsiyalari kerak bo‗ladi. 
Ko‗pincha og‗riq qo‗shimcha simptomlar bilan keladi, terlash, ko‗ngil aynishi, qusish, qorin 
g‗uldirashi (ayniqsa yotganda). Bu simptomlar ichaklar tizimi buzilganida, oshqozondagi 
o‗zgarishlarda, o‗t yo‗llaridagi ba‘zi patologiyalarda yoki oshqozon osti bezida yallig‗lanish 
jarayonlarida kelib chiqadi. 
Tana harorati ko‗tarilishi
 odatda infeksion yallig‗lanishlarda 
kuzatiladi. Siydik va najas rangi o‗zgarishi o‗t yo‗llari kasalliklarida, tosh tiqilib qolganda 
paydo bo‗ladi. Siydik rangi to‗qlashadi, najas rangi oqaradi. To‗q qora rangli najas yoki qon 
bilan kelgan najas ichaklarda qon ketayotganidan dalolat beradi va zudlik bilan shifokorga 
murojaat qilishga belgi bo‗ladi. 
Odatda bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadigan og‗riqlar unchalik xavf 
tug‗dirmaydi. Agar og‗riq soatlab, hattoki kunlab davom etsa, shifokor tavsiyasi zarur 
bo‗ladi. 
Og‘riqlarning paydo bo‘lishi. 
To‗satdan yuzaga chiquvchi, tunda uyqudan uyg‗otuvchi og‗riq ovqat yegandan keyin paydo 
bo‗lishi mumkin. Sanchuvchi, kesuvchi og‗riq ichaklar yara kasalligida bo‗ladi, ovqat 
yeyishdan oldin paydo bo‗ladi. 
O‗t tosh kasalligida va oshqozon osti bezi kasalliklarida odatda ovqatdan keyin og‗riqlar 
boshlanadi. 


Sardor Yaxshiboyev Akram o`g`li 2023 
Ichaklar disfunksiyasida og‗riq ovqatlangandan keyin 
qorin dam bo‗lish
i, gaz yig‗ilishi, 
peristaltikaning kuchayishi, 
diareya
 yoki 
ich qotishi
 bilan yuzaga chiqadi. Og‗riq odatda ich 
kelgandan keyin o‗tib ketadi. Ichaklar yallig‗lanish kasalliklarida diareya, spazm va og‗riq ich 
kelgandan keyin yoki oldin paydo bo‗ladi. Psixogen kasalliklar ichida 30 %ida qorin og‘rishi 
kuzatilishi mumkin. 

Download 161.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling